Ey Alloh, bizlarni toʻg‘ri yoʻlga boshlagin.
От искомого вами масдар-узак ص ر ط образовано 45 аятов.
yo'lga, yo'liga, yo'l, yo'l, bir yo'lga, yo'li, mening yo'lim, sening yo'lingning ustiga, yo'lning, bir yo'l
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Ey Alloh, bizlarni toʻg‘ri yoʻlga boshlagin.
U shunday yoʻldirki, uni solih bandalaringga inʼom etgansan. Bu toʻg‘ri yoʻl haddan oshganlari uchun g‘azabga duchor boʻlganlarning va shirk keltirib adashganlarniki ham emas.
Odamlar orasidan baʼzi nodonlari musulmonlarga qarata: “Ularni oldin, unga yuzlanib ibodat qilgan qiblalaridan voz kechishlariga nima sabab boʻldi ekan?” – deydilar. Ey Rasulim, siz ularga: “Yer yuzining sharqi ham g‘arbi ham Alloh taolonikidir. U Oʻzi xohlagan kimsalarni toʻg‘ri yoʻlga yetaklaydi”, – deb ayting.
Odamlar oldin bir ummat edilar, keyin ixtilofga tushib ayrilib ketdilar. Shundan soʻng Alloh jannat bilan xushxabar beruvchi va oxirat azobidan ogohlantiruvchi payg‘ambarlarni yubordi. Ular bilan birga insonlar ixtilofga tushgan hollarida oralarida adolat bilan hukm qilishi uchun haq boʻlgan kitobni nozil qildi. Ochiq-oydin dalillar kelganidan keyin esa, kitob berilgan qavmlar oʻzaro hasad qilib u haqida tortishdilar. Alloh iymon keltirganlarni esa Oʻz izni bilan ular tortishgan va erisha olmagan haq yoʻlga hidoyat qildi. Alloh Oʻzi istagan kimsani toʻg‘ri yoʻlga hidoyat qiladi.
Shubhasiz, Alloh mening ham Robbim, sizning ham Robbingizdir. Shunday ekan, Unga ibodat qilinglar. Toʻg‘ri yoʻl mana shudir.
Sizlarga Allohning oyatlari oʻqib turilgan va orangizda Uning Rasuli boʻlgani holda qanday qilib kufr keltirasizlar?! Kimki Allohning dinini mahkam tutsa, darhaqiqat, u toʻg‘ri yoʻlga hidoyat qilinibdi.
Hamda ularni toʻg‘ri yoʻlga hidoyat qilgan boʻlar edik.
Allohga iymon keltirgan va Uning Oʻziga bog‘langan kimsalarni esa, Oʻz tomonidan boʻlgan rahmat va fazilatga sazovor qiladi. Hamda ularni toʻg‘ri yoʻlga boshlaydi.
U tufayli Oʻzining rizosiga ergashgan kishilarni omonlik yoʻliga yetaklaydi. Hamda Oʻz izni irodasi bilan ularni zulmatlardan nurga chiqaradi va toʻg‘ri yoʻlga boshlaydi.
Oyatlarimizni yolg‘onga chiqargan kimsalar zulmatlar tubida maʼnan kardirlar – eshitmaydilar, soqovdirlar – gapira olmaydilar. Alloh xohlagan kishini adashtiradi va xohlagan kishini toʻg‘ri yoʻlda barqaror qilib qoʻyadi.
Shuningdek, ularning ota-bobolaridan, zurriyotlaridan va aka-ukalaridan koʻplarini afzal qildik. Ularni odamlar orasidan tanlab olib, toʻg‘ri yoʻlga yetakladik.
Mana shu Robbingizning toʻg‘ri yoʻlidir. Eslatma oluvchi qavmlar uchun oyatlarni batafsil bayon qildik.
Shubhasiz, mana shu Mening toʻg‘ri yoʻlimdir, bas, unga ergashinglar. Boshqa yoʻllarga ergashmanglar, aks holda, ular sizlarni Uning haq yoʻlidan ayiradilar.
Ey Muhammad, ularga: “Shubhasiz, Robbim meni toʻg‘ri yoʻlga, haq dinga, haq yoʻldan toymagan Ibrohimning hanif diniga yoʻllab qoʻygan, u mushriklardan emas edi”, – deb ayting.
Iblis: “Ont ichamanki, meni Odam tufayli adashtirganing uchun men ham ularni yoʻldan ozdirish uchun toʻg‘ri yoʻlingga toʻg‘anoq boʻlib oʻtirib olaman”, – dedi.
Iymon keltirganlarni qoʻrqitib, ularni Allohning yoʻlidan toʻsish va haq yoʻldan qing‘irlik axtarish uchun koʻcha boshlarida oʻtirib olmanglar. Oldin ozchilik boʻlgan paytingizda sizlarni koʻpaytirgan Zotni yodga olinglar. Buzg‘unchilarning oqibati qanday boʻlganiga bir nazar solinglar.
Alloh odamlarni salomatlik diyori boʻlgan jannatga chaqiradi va xohlagan kishini toʻg‘ri yoʻlga hidoyat qiladi.
Shubhasiz, men Robbim va Robbingiz boʻlgan Allohga suyandim. Yer yuzida oʻrmalab yuruvchi har bir jonivor borki, Alloh uning peshonasidan tutib turib tasarruf qilmoqda. Albatta, Robbim toʻg‘ri yoʻldadir.
Alif, Lom, Ro. Ey Muhammad, bu Qurʼon Robbilarining izni bilan odamlarni zulmatlardan nurga – izzatli va maqtalgan Zotning yoʻliga olib chiqishingiz uchun sizga nozil qilgan Kitobimizdir.
Keyin Alloh: “Mana bu Menga yetib boruvchi toʻg‘ri yoʻldir”, – dedi.