Shuningdek, Biz uni arabiy Qurʼon qilib nozil qildik va unda ogohlatirishga doir vaʼdalarni bayon qildik. Balki, ular bu shirk va kufrdan saqlanadilar yoki bu Qurʼon ular uchun eslatma paydo qiladi.
От искомого вами масдар-узак ص ر ف образовано 30 аятов.
va ag'darib o'girishida, (Alloh) qaytardi, burilib ketsa, turli-tuman tushuntiramiz, tushuntiramiz, qayta-qayta tushuntiramiz, burilgani, ag'darib tushuntiramiz, uzoqlashtirarman, sirg'alib ketadilar
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Shuningdek, Biz uni arabiy Qurʼon qilib nozil qildik va unda ogohlatirishga doir vaʼdalarni bayon qildik. Balki, ular bu shirk va kufrdan saqlanadilar yoki bu Qurʼon ular uchun eslatma paydo qiladi.
Allohning bulutlarni haydashini, soʻngra ularning orasini birlashtirishini, soʻngra uni ustma-ust qilib qoʻyishini koʻrmadingizmi? Soʻngra bulut orasidan yomg‘ir chiqayotganini koʻrasiz. Alloh osmondan va undagi bulutlar tog‘idan doʻl yog‘dirib, uni Oʻzi xohlagan kishilarga yetkazadi va Oʻzi xohlagan kishilardan nari ketkazadi. Chaqmog‘ining yorug‘ligi esa koʻzlarni ketkazib yuborgudek boʻladi.
Mana, sizlar uni “iloh” deb sig‘ingan butlaringiz aytayotgan gaplaringizni yolg‘onga chiqardilar. Endi, azobdan qutulishga ham, bir-biringizga yordam qilishga ham qodir emassiz. Sizlardan kim zulm qilsa, unga katta azobni tottiramiz.
Biz bu Qurʼonni odamlar eslatma olishlari uchun oralarida taqsimlab qoʻydik. Biroq odamlarning koʻplari faqat noshukrlikni xohladilar.
Ular: “Ey Robbimiz, bizlardan jahannam azobini uzoqlashtirgin. Albatta, uning azobi doimiydir.
U sizlarni bir jondan yaratdi, soʻngra undan jufti Havvoni paydo qildi. Sizlar uchun chorva hayvonlaridan sakkiz juftni yaratib tushirdi. U sizlarni onalaringizning qornida uch tabaqa zulmat ichida asta-sekin yaratadi. Ana shu Alloh – Robbingizdir. Barcha mulk faqat Unikidir. Undan oʻzga iloh yoʻq. Bas, Unga ibodat qilmay qay tomonga burilib ketyapsizlar?!
Allohning oyatlari haqida tortishadigan kimsalarni koʻrmadingizmi? Ular qayoqqa burilib ketmoqdalar?!
Yana kecha va kunduzning almashib turishida va Alloh osmondan rizq tushirib, u sababli suvsizlikdan qaqrab yotgan yerning oʻlimidan keyin tiriltirishida va shamollarning yoʻnalishida aql yuritadigan qavmlar uchun alomatlar bor.
Ey Makka ahli, Biz sizlarning atrofingizdagi qishloq va shaharlarni halok qildik. Biz ularga shoyad toʻg‘ri yoʻlga qaytsalar, deb oyatlarni batafsil bayon qilgan edik.
Ey Muhammad, huzuringizga bir guruh jinlarni Qurʼon tinglasinlar, deb yuborganimizni eslang. Bas, qachonki, ular Qurʼon tilovatiga hozir boʻlishgach, bir-birlariga: “Jim boʻlinglar”, – dedilar. Bas, qachonki, tilovat tugatilgach, ular oʻz qavmlari oldiga ogohlantiruvchi boʻlgan hollarida qaytib ketdilar.