Oʻz qadrini pastga urgan kishigina Ibrohimning dinidan yuz oʻgiradi. Albatta, Biz dunyoda Ibrohimni payg‘ambar qilib tanlab oldik hamda, shubhasiz, u oxiratda solih bandalardandir.
От искомого вами масдар-узак ص ف و образовано 17 аятов.
biz uni tanlagan edik, tanladi, uni (hukmdor) tanladi, shu qoyaga, tanlab ustun qildi, seni tanladi, va seni ustun qildi, seni tanladim, sizga tanladi, (shunday)mi?, tanlaydi
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Oʻz qadrini pastga urgan kishigina Ibrohimning dinidan yuz oʻgiradi. Albatta, Biz dunyoda Ibrohimni payg‘ambar qilib tanlab oldik hamda, shubhasiz, u oxiratda solih bandalardandir.
Ibrohim payg‘ambar oʻg‘illariga, undan keyin kelgan Yaʼqub payg‘ambar ham farzandlariga bu dinni vasiyat qilib: “Ey oʻg‘illarim, shubhasiz, Alloh sizlar uchun bu dinni tanladi. Shunday ekan, sizlar dunyodan, faqat musulmon boʻlgan holda oʻtinglar!” – degan edi.
Shundan soʻng payg‘ambarlari ularga: “Alloh sizlarga Tolut ismli kishini podshoh tayin qilib yubordi”, – dedi. Ular esa: “U bizning ustimizga qanday qilib hukmron boʻla oladi? Vaholanki, podshohlikka undan koʻra biz haqliroqmiz. Uning ustiga Tolutga mol-davlatdan moʻl-koʻl berilmagan boʻlsa?!” – deb aytdilar. Payg‘ambar ularga: “Shubhasiz, Alloh uni sizlarning ustingizga podshoh qilib tanladi hamda uning ilmiy va jismoniy tomondan quvvatini orttirdi”, – deb javob qaytardi. Alloh mulkini Oʻzi istagan kimsaga beradi. Shuningdek, Alloh fazlu karami keng boʻlgan – Vosiʼ va barcha narsani bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
Ey iymon keltirganlar, ehson qiladigan molini odamlar koʻrsin deb beradigan, aslida Allohga va oxirat kuniga ishonmaydigan kimsalarga oʻxshab, sadaqalaringizni minnat va ozor berish bilan yoʻqqa chiqarmanglar. Ana shunday kishilarning misoli xuddi, ustida tuproq boʻlgan qoyatoshga kuchli jala kelib yuvib ketgan, natijada, yana uni sip-silliq tosh holatiga tashlab qoʻyganga oʻxshaydi. Ular ishlab topgan va riyokorlik qilib bergan boyliklaridan hech narsaga ega boʻlmaydilar. Alloh kofir qavmlarni hidoyatga boshlamaydi.
Haqiqatan, Alloh Odamni, Nuhni hamda Ibrohim payg‘ambarlarni va Imronning oilasini olamlar uzra tanlab oldi.
Vaqtiki farishtalar: “Ey Maryam, darhaqiqat, Alloh seni ayollar orasidan tanlab oldi, seni pokiza qildi va olamlardagi ayollar ustidan saralab oldi”, – deganini yodga oling.
Vaqtiki farishtalar: “Ey Maryam, darhaqiqat, Alloh seni ayollar orasidan tanlab oldi, seni pokiza qildi va olamlardagi ayollar ustidan saralab oldi”, – deganini yodga oling.
Alloh taolo: “Ey Muso, albatta, Men senga bergan elchiligim va kalomim bilan odamlar uzra xos qilib seni tanlab oldim. Senga bergan bu hukmlarni qabul qilib ol hamda shukr qiluvchilardan boʻlgin”, – dedi.
Ey mushriklar, nima Robbingiz oʻg‘illarni sizlarga xos qilib berib, farishtalarni esa Oʻziga qiz qilib oldimi? Albatta, sizlar og‘ir gapni aytmoqdasiz.
Alloh farishtalardan va odamlardan elchilar tanlab oladi. Albatta, Alloh hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va boʻlayotgan ishlarni koʻrib turuvchi – Basir Zotdir.
Ey Muhammad: “Allohga hamd va payg‘ambarlik uchun tanlagan bandalariga salom boʻlsin! Alloh yaxshiroqmi yoki ular sherik qilayotgan narsalarimi?!” – deb ayting.
Soʻngra Biz bu kitobni Oʻz bandalarimizdan tanlab olganlarimizga meros qildik. Bas, ularning orasida unga amal qilmay oʻz nafsiga zulm qiluvchi ham bor, ularning orasida oʻrtacha amal qiluvchi ham bor va ularning orasida Allohning izni bilan yaxshiliklarda oʻzib ketuvchilar ham bor. Qurʼonga voris boʻlish bu – Allohning ulug‘ marhamatidir.
Alloh oʻg‘illarni qoʻyib, qizlarni tanlab olgan ekanmi?!
Shubhasiz, ular Bizning huzurimizda tanlangan, yaxshi kishilardandir.
Agar Alloh farzand tutishni istasa, albatta, Oʻzi yaratgan narsalaridan xohlaganini tanlab olgan boʻlar edi. U bunday aybdan pokdir. U Alloh, yagona boʻlgan – Vohid va hamma narsada g‘olib – Qahhor Zotdir.
Yoki Alloh Oʻzi yaratadigan narsalardan qizlarni olib, sizlarga oʻg‘illarni tanlab berdimi?!
Allohdan qoʻrqadigan taqvodorlar uchun vaʼda qilingan jannatning misoli shuki, unda mazasi aynimas suvdan iborat daryolar, taʼmi oʻzgarmaydigan sutdan iborat anhorlar, ichuvchilar uchun lazzatli maydan boʻlgan daryolar va musaffo asaldan iborat anhorlar bordir. Ular uchun u yerda barcha mevalardan va Robbilari tomonidan mag‘firat bordir. Ana shunday kimsalar doʻzaxda mangu qoladigan va qaynoq suv bilan sug‘orilganda ichaklarini tilka-pora qilib tashlaydigan kofirlar kabi boʻladimilar?!