Allohning iznisiz hech bir jon egasi iymon keltira olmaydi. Alloh azobni aql yuritmaydigan kimsalarga duchor qiladi.
От искомого вами масдар-узак إِلَّا образовано 663 аятов.
boshqasini, boshqa, tashqari, boshqasiga, tashqarida, faqat, boshqasi, boshqa (bir shaklda), faqat (qildik), boshqasining
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Allohning iznisiz hech bir jon egasi iymon keltira olmaydi. Alloh azobni aql yuritmaydigan kimsalarga duchor qiladi.
Ular faqat oʻzlaridan oldingi kofir holda oʻtgan kimsalarning kunlariga oʻxshash bir kunni kutib turibdilar, xolos. Ey Rasulim, ularga: “Bas, kutib turaveringlar, men ham sizlar bilan birga kutib turuvchilardanman”, – deb ayting.
Agar Alloh sizga biror zarar yetkazsa, bas, Oʻzidan boshqa uni ketkaza oladigan kuch yoʻqdir. Agar sizga biror yaxshilik yetkazishni istasa, Uning fazlini qaytaruvchi hech qanday kuch ham yoʻqdir. Alloh Oʻzi xohlagan bandalariga yaxshilikni yetkazadi. U gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Uning bayoni “Aslo Allohdan Oʻzgaga sig‘inmanglar!” – degan xitobidan iboratdir. Albatta, men Muhammad Uning nomidan sizlar uchun ogohlantiruvchi va xushxabar beruvchiman.
Yerda oʻrmalab yuruvchi narsa borki, barchasining rizqi Allohning zimmasida. U har bir jonzotning doimiy va vaqtinchalik joylashgan makonlarini, qoʻnadigan va xavfsiz boʻlgan joyini biladi. Bularning hammasi bayon qilingan kitob boʻlmish Lavh ul-Mahfuzda yozilgan.
U Zot osmonlar va Yerni olti kunda yaratdi. Butun koinot yaratilishidan oldin Uning Arshi suv ustida edi. Alloh bularni sizlarning qaysilaringiz amal qilishda yaxshiroq ekan deb, sinash uchun qildi. Agar ularga: “Oʻlimdan keyin sizlar, albatta, qayta tiriluvchisizlar”, – desangiz, kufr keltirgan kimsalar: “Bu faqat ochiq-oydin sehrdir”, – deydilar.
Lekin og‘ir kunlarda sabr qilgan va yaxshi amallarni, qiladigan zotlar borki, ana ular uchun mag‘firat va ulkan mukofot bordir.
Bas, agar chaqirganlaringiz sizlarga javob qilmasalar, unda bilingki, albatta, nozil qilingan Qurʼon Allohning ilmi bilan vahiy qilingandir. Hamda Undan oʻzga iloh yoʻqdir. Bas, endi sizlar musulmonlardan boʻlasizlarmi?!
Ana unday kimsalar uchun oxiratda doʻzax oʻtidan boshqa hech qanday nasiba yoʻq. Ularning bu dunyoda qilgan barcha yaxshiliklari behuda ketadi va qilib oʻtgan amallari behudadir.
Hamda “Allohdan oʻzgaga ibodat qilmang! Aks holda, men ustingizga alamli azob kunining kelishidan qoʻrqaman”, – deb aytdi.
Shunda qavmi orasidagi kufr keltirgan zodagonlari: “Seni biz xuddi oʻzimizdek oddiy inson deb bilamiz va senga faqat quyi tabaqadagi odamlarimiz oʻylamay bir koʻrishda ergashganini ham koʻryapmiz. Sizlarni bizdan afzal joyingizni koʻrmayapmiz. Aksincha, sizlarni yolg‘onchi deb oʻylayapmiz”, – dedilar.
Shunda qavmi orasidagi kufr keltirgan zodagonlari: “Seni biz xuddi oʻzimizdek oddiy inson deb bilamiz va senga faqat quyi tabaqadagi odamlarimiz oʻylamay bir koʻrishda ergashganini ham koʻryapmiz. Sizlarni bizdan afzal joyingizni koʻrmayapmiz. Aksincha, sizlarni yolg‘onchi deb oʻylayapmiz”, – dedilar.
Ey qavmim, sizlardan bu payg‘ambarlik daʼvati uchun mol-dunyo soʻramayman. Mening mukofotim faqat Allohning zimmasidadir. Men sizning talabingiz bilan Allohga iymon keltirganlarni yonimdan quvib haydovchi emasman. Shubhasiz, ular Robbilari bilan yuzma-yuz boʻluvchilardir. Lekin sizlarni johillik qilayotgan qavm ekaningizni koʻrib turibman.
Nuh payg‘ambarga: “Qavmingdan shu paytgacha iymon keltirganlaridan boshqa endi hech kim aslo iymon keltirmaydi. Shunday ekan, ularning qilayotgan ishlari tufayli tashvish chekma”, – deb vahiy qilindi.
Nihoyat, azob haqidagi amrimiz kelib, tandir favvora otib qizidi. Biz Nuhga: “Har bir jonivordan bir juftdan va g‘arq boʻlishi haqidagi amrimiz kechganlardan tashqari ahli oilang hamda iymon keltirganlarni kemaga yuklab chiqar”, – dedik. Vaholanki, u bilan birga iymon keltirganlar ozchilik edi.
Nihoyat, azob haqidagi amrimiz kelib, tandir favvora otib qizidi. Biz Nuhga: “Har bir jonivordan bir juftdan va g‘arq boʻlishi haqidagi amrimiz kechganlardan tashqari ahli oilang hamda iymon keltirganlarni kemaga yuklab chiqar”, – dedik. Vaholanki, u bilan birga iymon keltirganlar ozchilik edi.
Oʻg‘li otasiga: “Meni suvdan saqlab qoladigan biror toqqa chiqib panoh topaman”, – dedi. Shunda Nuh: “Bugun Uning Oʻzi rahm qilganidan boshqa Allohning amridan saqlab qoluvchi hech qanday kuch yoʻqdir”, – dedi. Shu payt ikkisining oʻrtasiga toʻlqin kirib toʻsdi va oʻg‘li g‘arq qilinganlardan boʻldi.
Nuh Robbisiga: “Ey Robbim, men Sendan oʻzimda u haqda ilm boʻlmagan narsalarni soʻrashimdan panoh tilayman. Agar meni mag‘firat qilmasang va menga rahm qilmasang, albatta, ziyon koʻruvchilardan boʻlib qolaman”, – dedi.
Keyin Od qabilasiga birodarlari Hudni payg‘ambar qilib yubordik. Hud payg‘ambar: “Ey qavmim, faqat Allohga ibodat qilinglar. Sizlarga Undan boshqa iloh yoʻq. Sizlar faqat turli ilohlarni oʻzingiz toʻqib oluvchilarsiz”, – dedi.
Ey qavmim, payg‘ambarlik vazifam uchun unga sizlardan biror-bir haq soʻramayman. Mening ajru mukofotim faqat meni yoʻqdan bor qilib yaratgan Zot zimmasidadir. Axir aql ishlatmaysizmi?!