Allohga shirk keltirgan kimsalar: “Agar Alloh xohlaganida, biz ham, ota-bobolarimiz ham Undan oʻzga biror narsaga ibodat qilmagan va Uning hukmisiz biror narsani harom qilmagan boʻlar edik”, – deydilar. Ulardan oldin oʻtgan kofirlar ham shunday qilgan edilar. Payg‘ambarlar zimmasida faqat Allohning vahiysini odamlarga ochiq-oydin yetkazish vazifasi bordir.

