Ularning qalblari esa g‘ofildir. Zolimlar: “Axir bu Muhammad oʻzingizga oʻxshagan bir odam-ku! Koʻrib turib, aldanish uchun bu sehrga quloq tutib kelaverasizlarmi?!” – deya pinhona pichirlashadilar.
От искомого вами масдар-узак إِلَّا образовано 663 аятов.
boshqasini, boshqa, tashqari, boshqasiga, tashqarida, faqat, boshqasi, boshqa (bir shaklda), faqat (qildik), boshqasining
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Ularning qalblari esa g‘ofildir. Zolimlar: “Axir bu Muhammad oʻzingizga oʻxshagan bir odam-ku! Koʻrib turib, aldanish uchun bu sehrga quloq tutib kelaverasizlarmi?!” – deya pinhona pichirlashadilar.
Ey Muhammad, Biz sizdan ilgari ham faqat erkaklarni oʻzimiz vahiy qilgan holda payg‘ambar qilib yuborganmiz. Bas, ey Makka ahli, agar bilmaydigan boʻlsangizlar, Tavrot va Injilni biladigan zikr ahlidan soʻranglar.
Agar Yer va osmonning ikkisida Allohdan oʻzga ilohlar boʻlganida edi, ixtiloflar tufayli ikkalasi ham buzilib ketgan boʻlar edi. Subhanalloh, Arsh Robbisi boʻlgan Alloh ular sifatlayotgan sheriklardan pokdir.
Ey Muhammad, sizdan oldin Biz yuborgan payg‘ambarlarga ham: “Mendan boshqa iloh yoʻq, bas, faqat Menga ibodat qilinglar”, – deb vahiy qilar edik.
Ey Muhammad, sizdan oldin Biz yuborgan payg‘ambarlarga ham: “Mendan boshqa iloh yoʻq, bas, faqat Menga ibodat qilinglar”, – deb vahiy qilar edik.
Alloh bandalarining oldilaridagi va orqalaridagi barcha ishlarini biladi. Ular qiyomat kunida faqat Alloh Oʻzi rozi boʻlgan kishilarga shafoat qiladilar. Unday zotlar Uning qoʻrquvidan titrab turuvchilardir.
Ey Muhammad, qachonki kufr keltirganlar sizni koʻrib qolsalar bir-birlariga: “Ilohlaringizni ayblab tilga oladigan odam shumi?” – deb masxara qiladilar. Vaholanki, ular Rahmonning zikrini inkor qiluvchilardir.
Odamlar ketishgach, Ibrohim butlarni parcha-parcha qilib tashladi. Faqat ularning eng kattasini sindirmay, balki unga murojaat qiladilar deb oʻz holida qoldirdi.
Zunnun, yaʼni Yunus payg‘ambarning oʻz qavmidan g‘azablangan holda Bizning iznimiz boʻlmasdan qishlog‘idan chiqib ketgan paytida unga qarshi hech narsa qilolmaymiz deb oʻyladi. Biz uni dengizda baliq qorniga tashlaganimizdan keyin qorong‘i zulmatlar ichida: “Sendan oʻzga iloh yoʻqdir. Sen barcha nuqsonlardan poksan. Darhaqiqat, men oʻzimga zulm qiluvchilardan boʻldim”, – deb nido qildi.
Ey Muhammad, Biz sizni barcha olamlarga rahmat qilib yubordik.
Ana shunday, kimki Alloh harom qilgan narsalarni rioya qilgan holda uni eʼzozlasa bas, bu Robbisi nazdida oʻzi uchun yaxshidir. Sizlar uchun harom ekanligi tilovat qilinadigan narsalardan boshqa barcha chorva hayvonlari halol qilindi. Bas, butlardan iborat ifloslikdan uzoqlashing va yolg‘on soʻzdan ham chetda boʻlinglar.
Ular oʻz yurtlaridan faqatgina “Robbimiz Alloh”, deganlari uchun haydab chiqarilgan edilar. Agar Alloh odamlarning baʼzilarini baʼzilari bilan daf qilib turmas ekan, albatta, Allohning nomi koʻplab zikr qilinadigan rohiblarning uzlatgohlari, nasroniylarning kanisalari, yahudiylarning ibodatxonalari va musulmonlarning masjidlari vayron qilingan boʻlar edi. Albatta, Alloh oʻz diniga yordam beradiganlarga yordam beradi. Shubhasiz, Alloh kuchli va izzatlidir.
Ey Muhammad, Biz sizdan oldin yuborgan har bir rasul va payg‘ambar qachon oʻziga nozil boʻlgan oyatlarni qiroat qilsa, shayton uning qiroatiga boshqa narsalarni tashlagan. Bas, Alloh shayton tashlaydigan narsalarni oʻchiradi soʻngra, Alloh oʻz oyatlarini mustahkam qiladi. Albatta, Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Alloh sizlarga yerdagi narsalarni va dengizda Uning amri bilan suzib ketayotgan kemalarni boʻysundirib qoʻyganini hamda osmonni Uning iznisiz yerga qulab tushishdan tutib turishini koʻrmadingizmi?! Shubhasiz, Alloh odamlarga shafqatli – Raʼuf va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Faqat oʻz jufti halollari va qoʻl ostidagi choʻrilari bundan mustasnodir. Chunki ular bundan malomat qilinuvchi emaslar.
Shunda uning qavmidan kofir boʻlgan zodagonlar: “Bu ham xuddi sizlarga oʻxshagan odam. Lekin sizlardan ustun boʻlmoqchi. Agar Alloh payg‘ambar yuborishni istasa edi, ularni farishtalar qilib tushirgan boʻlar edi. Nuhning bu soʻzlarini avvalgi ota-bobolarimizdan eshitmaganmiz”, – dedilar.
U faqat bir telba odamdir. Bas, uni bir oz vaqtgacha kuzatib turinglar.
Keyin, Biz unga vahiy qilib: “Bizning himoyamiz va vahiyimiz bilan bir kema yasagin. Bas, qachonki, Bizning amrimiz kelib, tannurdan olov oʻrniga favvoralar otilgan payt, u kemaga bir juft har bir jonivordan va oilangni olgin. Lekin kofirlardan kim haqida Bizni g‘arq boʻlishi xususida soʻzimiz oʻtgan boʻlsa, ulardan voz kech. Hamda zulm qilganlar haqida yordam soʻrab Menga xitob qilma. Ular, albatta, g‘arq qilinuvchilardir”, – deb vahiy qildik.
Uning qavmidan kufr keltirgan kimsalar, oxiratga duch kelishni inkor qilganlar va Biz dunyo hayotida badavlat qilib qoʻygan kimsalar: “Bu ham xuddi sizlarga oʻxshagan odam. U ham sizlar yeydigan narsadan yeydi, sizlar ichadigan narsadan ichadi”,– dedilar.
Bu hayotimiz faqat shu dunyodagi yashashimizdir. Ayrimlarimiz oʻlsak, boshqalarimiz yashayveramiz. Biz qayta tiriluvchilar emasmiz.