Ey Rasulum ularga: “Men daʼvatim uchun sizlardan unga hech qanday haq soʻramayman, faqat kim xohlasa, Robbisi tomon yoʻl olishini soʻrayman”, – deb ayting.
От искомого вами масдар-узак إِلَّا образовано 663 аятов.
boshqasini, boshqa, tashqari, boshqasiga, tashqarida, faqat, boshqasi, boshqa (bir shaklda), faqat (qildik), boshqasining
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Ey Rasulum ularga: “Men daʼvatim uchun sizlardan unga hech qanday haq soʻramayman, faqat kim xohlasa, Robbisi tomon yoʻl olishini soʻrayman”, – deb ayting.
Ular Alloh bilan birga boshqa soxta ilohga iltijo qilmaydilar. Alloh oʻldirishni harom qilgan jonni nohaq oʻldirmaydilar. Hamda zino qilmaydilar. Kimki mana shu gunohlardan birontasini qilsa, uqubatga duchor boʻladi.
Faqat kim tavba qilib iymon keltirsa va yaxshi amallarni qilsa, bas, Alloh ana ularning yomonliklarini yaxshiliklarga aylantirib qoʻyadi. Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Ularga Rahmon tomonidan yangi eslatma kelsa, albatta, ular undan yuz oʻgiruvchi boʻldilar.
Albatta, mana shu butlar menga dushmandir. Menga faqat olamlar Robbisi dushman emas.
Faqat Alloh huzuriga toza qalb bilan kelgan kishilar foyda koʻradi.
Bizlarni aynan isyonkorlar yoʻldan ozdirgan edilar.
Men bu daʼvatim uchun sizlardan haq soʻramayman. Mening mukofotim faqat olamlarning Robbisi zimmasidadir.
Agar his qila olsangiz, ularning hisob-kitobi yolg‘iz Robbimning zimmasidadir.
Men faqatgina sizlarni Allohning azobidan aniq ogohlantiruvchiman.
Men bu daʼvatim uchun sizlardan haq soʻramayman. Mening mukofotim faqat olamlarning Robbisi zimmasidadir.
Bu aysh-ishratga berilishimiz avvalgilardan qolgan odatdir.
Men bu daʼvatim uchun sizlardan hech qanday haq soʻramayman. Mening mukofotim faqat olamlarning Robbisi zimmasidadir.
Sen ham xuddi bizlarga oʻxshagan odamsan. Bas, agar gapingda rostgoʻylardan boʻlsang, biror moʻʼjiza keltir.
Men bu daʼvatim uchun sizlardan biror bir haq soʻramayman. Mening mukofotim faqat olamlarning Robbisi zimmasidadir.
Lekin azobda qoluvchilardan boʻlgan bir kampirga najot bermadik.
Men bu daʼvatim uchun sizlardan hech qanday haq soʻramayman. Mening mukofotim faqat olamlarning Robbisi zimmasidadir.
Sen ham xuddi bizlarga oʻxshagan odamsan. Biz seni yolg‘onchilardan deb oʻylaymiz.
Biz birorta ham ogohlantiruvchi payg‘ambari boʻlmagan qishloq va shahar ahlini halok qilmadik.
Ammo iymon keltirgan, solih amallarni qilgan hamda doim Allohni koʻp zikr qilgan va oldin mazlum boʻlib, keyin g‘olib boʻlgan kimsalar bundan mustasnodirlar. Zulm qilgan kimsalar esa yaqinda qanday oqibat sari ketayotganlarini bilib oladilar.