Lekin kim zulm qilsa-yu, soʻngra bu yomonliklardan keyin uni chiroyli ishga almashtirsa, bas, albatta, Men gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotman.
От искомого вами масдар-узак إِلَّا образовано 663 аятов.
boshqasini, boshqa, tashqari, boshqasiga, tashqarida, faqat, boshqasi, boshqa (bir shaklda), faqat (qildik), boshqasining
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Lekin kim zulm qilsa-yu, soʻngra bu yomonliklardan keyin uni chiroyli ishga almashtirsa, bas, albatta, Men gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotman.
Allohdan boshqa iloh yoʻq, faqat Uning Oʻzi bordir U ulkan Arsh egasidir.
Lut qavmining javobi esa faqat: “Lutning oilasini qishlog‘ingizdan haydab chiqaringlar. Darhaqiqat, ular juda poklanib ketayotgan kishilardir, – deb masxaralab gapirishlari boʻldi.
Keyin Biz Lutga va uning oilasiga najot berdik. Ammo uning xotini najot topmadi, chunki uni azobda qoluvchilardan deb taqdir qildik.
Yana ularga: “Allohdan oʻzga osmonlar va Yerdagi biror kimsa g‘ayb xabarlarini bilmaydi. Shuningdek, ular qachon qayta tirilishlarini ham sezmaydilar”, – deb ayting.
Darhaqiqat, bizlarga ham, ota-bobolarimizga ham oldin mana shu narsa vaʼda qilingan edi. Bu faqat avvalgilarning afsonalari, , xolos!
Osmon va Yerdagi har bir sir-asror aniq kitobda yozib qoʻyilgandir.
Shuningdek, siz qalb koʻzi koʻrlarni ham zalolatlaridan chiqarib, haq yoʻlga boshlovchi emassiz. Siz faqat oyatlarimizga iymon keltiradigan va musulmon boʻladigan kishilargagina daʼvatingizni eshittira olasiz.
Surga puflangan kunda Alloh Oʻzi xohlagan zotlardan boshqa osmonlar va Yerdagi barcha kimsalar dahshatga tushib qoladi. Hamma Uning huzuriga boʻyin ekkan hollarida keladi.
Bordi-yu kimki yomonlik bilan kelsa, bas, yuztuban hollarida doʻzaxga tashlanadilar. Sizlarga faqat qilib oʻtgan amallaringizning jazosi beriladi.
Shunda ham Muso ikkoviga dushman boʻlgan u qibtiy kimsani ajratib olmoqchi boʻlganida bani Isroillik odam baqirib: “Ey Muso, kecha bir jonni oʻldirganing kabi bugun meni ham oʻldirmoqchimisan?! Sen faqat yer yuzida jabr qiluvchi boʻlmoqchisan. Sen isloh qiluvchilardan boʻlishni xohlamaysan”, – dedi.
Bas, qachonki, Muso ularga aniq moʻʼjizalarimiz bilan kelgach, ular: “Bu toʻqima sehrdan boshqa narsa emas. Bu narsani avvalgi ota-bobolarimiz zamonida roʻy berganini eshitgan emasmiz”, – dedilar.
Biz maishatlarida haddan oshgan qanchadan-qancha oʻlkalarni halok qildik. Ulardan keyin oʻsha maskanlarida juda ozchilik istiqomat qildi. Ularning yurtlariga Biz voris boʻldik.
Robbingiz shahar va qishloqlarning ona markazlariga ularga oyatlarimizni tilovat qiladigan bir payg‘ambar yubormagunicha, ularni halok qiluvchi boʻlmadi. Lekin yurtlarning aholisi zolimlardan boʻlganda halok qiluvchi boʻldik.
U yagona Allohdir. Undan oʻzga iloh yoʻqdir! Dunyoda ham oxiratda ham hamd, faqat Unga xosdir. Hukm qilish ham yolg‘iz Ungadir va barchangiz Uning huzuriga qaytarilasizlar.
Ilm berilgan kishilar esa: “Sizlarning holingizga voy boʻlsin! Iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan kishi uchun Allohning savobi yaxshiroqdir. Unga faqat sabrli kishilar erishadilar”, – dedilar.
Kim Uning huzuriga yaxshilik bilan kelsa, bas, unga undan yaxshiroq mukofot beriladi. Kim bir yomonlik bilan kelsa, yomonlik qilganlar faqat qilganlariga yarasha jazo oladilar.
Siz oʻzingizga kitob tushirilishidan umidvor ham emasdingiz. Faqat Robbingiz tomonidan rahmat boʻlib u nozil qilindi. Bas, aslo kofirlarga yordamchi boʻlmang.
Alloh bilan birga boshqa soxta ilohga iltijo qilmang. Undan oʻzga iloh yoʻqdir. Uning Zotidan boshqa har bir narsa halok boʻluvchidir. Hukm qilish, faqat Unga xosdir va Uning huzuriga qaytarilasizlar.
Alloh bilan birga boshqa soxta ilohga iltijo qilmang. Undan oʻzga iloh yoʻqdir. Uning Zotidan boshqa har bir narsa halok boʻluvchidir. Hukm qilish, faqat Unga xosdir va Uning huzuriga qaytarilasizlar.