Agar munofiqlarning ustiga Madinaning turli tomonlaridan bostirib kirilsa, soʻngra ulardan musulmonlarga xiyonat qilish uchun fitna talab qilinsa, aniqki, ular koʻp oʻylanib turmasdan xiyonatga rozilik bergan boʻlar edilar.
От искомого вами масдар-узак إِلَّا образовано 663 аятов.
boshqasini, boshqa, tashqari, boshqasiga, tashqarida, faqat, boshqasi, boshqa (bir shaklda), faqat (qildik), boshqasining
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Agar munofiqlarning ustiga Madinaning turli tomonlaridan bostirib kirilsa, soʻngra ulardan musulmonlarga xiyonat qilish uchun fitna talab qilinsa, aniqki, ular koʻp oʻylanib turmasdan xiyonatga rozilik bergan boʻlar edilar.
Ey Muhammad, ularga: “Agar sizlar oʻlishdan yo oʻldirilishdan qochsangizlar, bu qochish sizlarga aslo foyda bermaydi, shunday ekan, sizlar bu oʻtkinchi dunyoda faqat juda kam foydalanib qolasizlar”, – deb ayting.
Alloh sizlarning orangizdagi jihodga toʻsqinlik qiladigan va oʻz doʻstlariga: “Biz tomonga kelinglar”, – deydigan kimsalarni aniq biladi. Ular jangga juda oz keladilar.
Munofiqlar qoʻrqoqliklari sababli dushman firqalarni ketmagan deb oʻylaydilar. Agarda u firqalar qaytib kelib qolsalar, munofiqlar koʻchmanchi badaviylar orasida boʻlib, sizlarning mag‘lubiyatingiz haqida xabar soʻrab turishni istaydilar. Agarda ular orangizda boʻlganlarida ham kamdan-kam jang qilgan boʻlar edilar.
Moʻminlar dushman guruhlarini koʻrgan paytlarida: “Bu Alloh va Uning Payg‘ambari bizlarga vaʼda qilgan narsadir. Alloh va Uning Payg‘ambari rost aytadi”, – dedilar. Bu ularning iymon va itoatlarini yanada orttirdi.
Oʻtgan payg‘ambarlar Allohning farmonlarini bandalarga yetkazadigan, faqat Undan qoʻrqadigan va Allohdan oʻzgadan qoʻrqmaydigan zotlardir. Allohning Oʻzi hisob qiluvchilikka kifoyadir.
Ey Muhammad, sizga bundan boshqa ayollar halol boʻlmaydi. Garchi boshqa ayollarning husni sizni qiziqtirsa ham ularni oʻz ayollaringizga almashtirish ham halol boʻlmaydi. Faqat qoʻlingizda mulk boʻlgan choʻrilar haloldir. Alloh barcha narsaning ustidan kuzatib turuvchi Zotdir.
Ey iymon keltirganlar, Payg‘ambarning uylariga faqat sizlarni biror taomga chaqirilsagina ruxsat bilan kiringlar. Oʻshanda ham uning pishishiga muntazir boʻlmaydigan holda kiringlar. Lekin chaqirilganingizda kiring va taomdan soʻng gapga berilib ketmay, darhol tarqalinglar. Chunki bu Payg‘ambarga ozor beradi, u esa sizlardan tortinadi. Alloh esa haq gapdan tortinmaydi. Agarda sizlar Payg‘ambarning ayollaridan biror narsa soʻrasangiz, parda ortidan soʻranglar. Mana shu sizlarning qalblaringiz va ularning qalblari uchun ham eng toza ishdir. Sizlar uchun Allohning Payg‘ambariga ozor berish va undan keyin ayollariga uylanishingiz umuman mumkin emasdir. Chunki bu ish Alloh nazdida ulkan gunohdir.
Qasamki, agar munofiqlar, dillarida illat boʻlgan kimsalar va Madinada ig‘vo tarqatib yuruvchilar oʻz qilmishlaridan tiyilmasalar, albatta, Biz sizni ularga qarshi qoʻzg‘atamiz, soʻngra Madinada siz bilan juda oz vaqt yonma-yon tura oladilar.
Kufr keltirgan kimsalar: “Bizlarga qiyomat kelmaydi”, – dedilar. Ey Muhammad, ularga: “Yoʻq, g‘aybni biluvchi Robbimga qasamki, albatta, u sizlarga keladi. Osmonlar va Yerdagi bir zarra vaznicha, hatto undan ham kichik yoki katta biror narsa Allohdan maxfiy qolmaydi, barchasi aniq kitobda mavjuddir”, – deb ayting.
Bas, qachonki, Biz Sulaymonga oʻlimni hukm qilganimizda, uning oʻlimiga faqat hassasini yeyayotgan yog‘och kemiruvchi qurtgina dalolat qildi. Vaqtiki, Sulaymon joyidan qulab tushgach, jinlarga ayon boʻldiki, agar ular g‘aybni bilganlarida bu xor qiluvchi mehnat azobida qolmagan boʻlar edilar.
Kufr ketirganlari sababli ularni mana shu falokat bilan jazoladik. Biz faqat kofir kimsagagina mana shunday jazo beramiz.
Darhaqiqat, iblis ularning ustidagi “Men ularni yoʻldan ozdiraman”, – degan gumonini tasdiqladi. Bas, Sabaʼ qabilasi iblisga ergashdilar. Faqat bir guruh moʻminlargina unga boʻysunmadilar.
Holbuki, iblisning ular ustidan hech qanday bir hukmronligi yoʻq edi. Faqat oxiratga iymon keltiradigan kishilarni undan shubhada boʻlgan kimsalardan ajratib, bilib olishimiz uchun shunday qildik. Robbingiz barcha narsani kuzatib turuvchidir.
Alloh huzurida faqat Oʻzi izn bergan kishilarning shafoatigina foyda beradi. Qachonki, ularga izn berilib, qalblaridan qoʻrquv ketkazilgach, bir-birlariga: “Robbingiz izn uchun nima dedi?” – deydilar. Ularga: “Haqni aytdi va shafoatga izn berdi. U barchadan oliy va ulug‘ Zotdir”, – deb javob aytadilar.
Ey Muhammad, Biz sizni, barcha odamlarga jannatdan xushxabar beruvchi va jahannamdan ogohlantiruvchi qilib yubordik! Lekin odamlarning koʻpchiligi bu haqiqatni bilmaydilar.
Zaif sanalganlar mutakabbir kimsalarga: “Yoʻq, kecha-yu kunduz bizga qilgan makrlaringizchi?! Oʻshanda sizlar bizlarni Allohga kufr keltirishga va Unga teng sheriklar qilishga buyurar edingiz”, – deydilar. Ular azobni koʻzlari bilan koʻrgan vaqtlarida nadomatni ichlarida tutadilar. Biz kufr keltirgan kimsalarning boʻyinlariga kishanlar solamiz. Ular faqat dunyoda qilib oʻtgan amallariga yarasha jazolanadilar.
Biz qaysi bir qishloqqa biror ogohlantiruvchi payg‘ambar yuborsak, albatta, u yerning maishatparastlari: “Biz sizlar elchi qilib yuborilgan dinni inkor qiluvchilarmiz!” – dedilar.
Na mol-dunyolaringiz va na farzandlaringiz sizlarni Bizning dargohimizga yaqin qila olmaydi. Lekin kim iymon keltirgan va solih amal qilgan boʻlsa, ana oʻshalargagina qilgan amallari tufayli koʻpaytirilgan mukofot bordir. Ular jannatdagi koʻshklarda omonlikda boʻladilar.
Qachonki, ularga oyatlarimiz ravshan holda tilovat qilinsa, ular: “Bu Muhammad faqat sizlarni ota-bobolaringiz ibodat qilib oʻtgan narsalardan toʻsishni xohlaydigan kimsadir”, – deydilar. Buning ustiga yana: “Bu Qurʼon faqat toʻqilgan bir uydirmadir”, – deydilar. Kufr keltirgan kimsalar oʻzlariga haq boʻlgan Qurʼon kelgan paytda: “Bu kitob aniq bir sehrdan iboratdir”, – deydilar.