Albatta, yaxshilar jannatda aralashmasi kafur boʻlgan qadahdan may ichadilar.
От искомого вами масдар-узак إِنَّ образовано 2380 аятов.
agar, yo'q agar, , va agar, chindan, va albatta, lekin agar, va, agar (bo'lsa), agar (qarzdor)
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Albatta, yaxshilar jannatda aralashmasi kafur boʻlgan qadahdan may ichadilar.
Ular: “Bizlar sizlarni faqat Allohning roziligi uchun taomlantiramiz. Sizlardan bu ish uchun biror mukofot va minnatdorchilik kutmaymiz”, – dedilar.
Bizlar Robbimiz tomonidan boʻladigan, azobdan yuzlar burishib qoluvchi shiddatli bir kundan qoʻrqamiz, – deydilar.
Albatta, bu sizlar uchun mukofotdir. Hamda sizlarning saʼy-harakatlaringiz Alloh nazdida maqbuldir.
Ey Muhammad, albatta, Biz sizga bu Qurʼonni boʻlib-boʻlib nozil qildik.
Albatta, ana u kofirlar naqd dunyoni yaxshi koʻradilar va og‘ir kunni esa ortlariga tashlaydilar.
Albatta, bu bir eslatmadir. Bas, kim xohlasa uni qabul qilib, Robbisi tomonga yoʻl oladi.
Ey insonlar, xohishlaringiz faqat Alloh xohlasagina boʻladi. Albatta, Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Albatta, sizlarga vaʼda qilinayotgan qiyomat kuni voqe boʻluvchidir!
Darvoqe, u jahannam qasrdek ulkan alangalarni otadi.
Bas, agar sizlarda doʻzaxdan qutqaradigan biror hiyla boʻlsa, Menga oʻsha hiylangizni koʻrsatingizlar!
Taqvodor zotlar esa u kunda, albatta, soya-salqinlar va buloqlarda boʻladilar.
Albatta, Biz yaxshi amal qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz.
Ey kofirlar, ozgina vaqt yeb, foydalanib qolinglar! Zero, sizlar jinoyatchidirsizlar.
Albatta, ajrim kuni hisob-kitob uchun belgilangan vaqtdir.
Albatta, jahannam kofirlarni poylab turuvchidir.
Chunki, ular qiyomat kunidagi hisob-kitobdan umid qilmas edilar.
Albatta, taqvodor zotlar uchun jannatda yutuq bordir.
Darhaqiqat, Biz sizlarni yaqin kelajakda boʻladigan azobdan ogohlantirdik. U kunda har bir kishi oʻzi qilib oʻtgan narsani koʻradi. Kofir kimsa esa: “Eh, koshki edi, tuproq boʻlib ketsam”, – deydi.
Ular bu dunyoda: “Haqiqatan ham bizlar oʻlgach avvalgi holatimizga qaytariluvchimizmi?” – der edilar.