Yoʻq, axir, Biz ularni oʻzlari biladigan narsadan yaratganmiz!
От искомого вами масдар-узак إِنَّ образовано 2380 аятов.
agar, yo'q agar, , va agar, chindan, va albatta, lekin agar, va, agar (bo'lsa), agar (qarzdor)
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Yoʻq, axir, Biz ularni oʻzlari biladigan narsadan yaratganmiz!
Bas, mashriqlar va mag‘riblarning Robbisiga qasam boʻlsinki, albatta, Biz barcha ishga qodirmiz.
Haqiqatan, Biz Nuhni: “Qavmingni ularga alamli azob kelmasdan oldin ogohlantirgin”, – deb oʻz qavmiga payg‘ambar qilib yubordik.
Nuh qavmiga: “Ey qavmim, albatta, men sizlarga yuborilgan aniq ogohlantiruvchi payg‘ambarman”, – dedi.
Shunda Alloh sizlarni gunohlaringizni mag‘firat qiladi va sizlarni belgilangan muddatgacha hayotda qoldiradi. Agar bilsangiz edi, Allohning muddati kelganda, aslo ortga surdirilmaydi.
Nuh iltijo qilib: “Ey Robbim, men qavmimni kecha-yu kunduz iymonga daʼvat qildim”, – dedi.
Darvoqe, har gal men ularni Sening mag‘firatingga chaqirsam, ular eshitmaslik uchun barmoqlarini quloqlariga tiqib, kiyimlariga oʻralib oladilar va oʻz kufrlarida qattiq turib oladilar hamda menga itoat qilishga kibr qiladilar.
Soʻngra men ularni baland ovozda oshkora daʼvat qildim.
Soʻngra men ularga daʼvatimni ochiq eʼlon ham qildim, pinhona qilib ham aytdim.
Bas, ularga: “Robbingizdan mag‘firat soʻranglar, albatta, U oʻta kechirimli – G‘affor Zotdir”, – dedim.
Nuh yana ularga: “Ey Robbim, darhaqiqat, ular menga itoatsizlik qildilar hamda topgan mol-dunyosi va farzandlari oʻziga faqat ziyonni orttiradigan kimsalarga ergashib ketdilar”, – dedi.
Chunki, Sen agar ularni tirik qoldirsang, bandalaringni yoʻldan ozdiradilar va faqat fojiru kofirlarni tug‘adilar.
Chunki, Sen agar ularni tirik qoldirsang, bandalaringni yoʻldan ozdiradilar va faqat fojiru kofirlarni tug‘adilar.
Ey Muhammad: “Menga vahiy qilindiki, jinlardan bir necha nafari Qurʼon tilovat qilganimni eshitib, oʻz qavmlariga borib, “Darhaqiqat, bizlar ajoyib bir Qurʼonni eshitdik”, deganlarini ayting.
Ey Muhammad kofirlarga: “Men faqat yolg‘iz Robbimga ibodat qilaman va Unga hech kimni sherik qilmayman”, – deb ayting.
Yana ularga: “Men sizlarga zarar va yoki toʻg‘ri yoʻl berishga ham ega emasman”, – deb ayting.
Ey Muhammad kofirlarga: “Albatta meni Allohning azobidan aslo biror kimsa himoya qila olmaydi va men hargiz Undan oʻzga panoh ham topa olmayman”, – deb ayting.
Men faqat Alloh tomonidan yetkazishga va Uning elchilik vazifalariga egaman. Kimki Alloh va Uning payg‘amabariga osiylik qilsa, bas, albatta, unga jahannam olovi bordirki, ular oʻsha joyda mangu qoladilar.
Ey Muhammad, kofirlarga: “Sizlarga vaʼda qilinayotgan azob yaqinmi yoki Robbim unga uzoq muhlat qilganmi, bilmayman”, – deb ayting.
Faqat Oʻzi rozi boʻlgan payg‘amabarnigina Oʻzining baʼzi g‘aybidan ogoh qiladi. Bas, albatta, U har bir payg‘ambarning oldidan ham, ortidan ham kuzatuvchi farishta yoʻllaydi.