Ular: “Ha, haqiqatan ham, bizlarga ogohlantiruvchi kelgan edi, lekin bizlar uni yolg‘onchiga chiqarganmiz”, – deydilar. Hamda: “Alloh hech kimga hech narsa nozil qilgan emas, sizlar faqat katta adashuvdasizlar”, – deganmiz.
От искомого вами масдар-узак إِنَّ образовано 2380 аятов.
agar, yo'q agar, , va agar, chindan, va albatta, lekin agar, va, agar (bo'lsa), agar (qarzdor)
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Ular: “Ha, haqiqatan ham, bizlarga ogohlantiruvchi kelgan edi, lekin bizlar uni yolg‘onchiga chiqarganmiz”, – deydilar. Hamda: “Alloh hech kimga hech narsa nozil qilgan emas, sizlar faqat katta adashuvdasizlar”, – deganmiz.
Robbilaridan g‘oyibona qoʻrqadigan kimsalar uchun mag‘firat va katta mukofot bordir.
Ey insonlar, sizlar soʻzlaringizni yashiringlar yoki uni oshkora qilinglar, baribir, U dillardagi sirlarni ham biluvchidir.
Ular ustilarida qanotlarini yoyib va yig‘ib uchib yurgan qushlarni koʻrmadilarmi?! U qushlarni yolg‘iz Rahmon havoda tutib turadi. Albatta, U barcha narsani koʻrib turuvchidir.
Rahmondan boshqa sizlarga yordam beradigan lashkarlaringiz kim oʻzi?! Kofirlar esa faqat aldanishdalar.
Yoki Rahmon Oʻz rizqini tortib qoʻysa, sizlarga rizq beradigan oʻsha kim oʻzi?! Yoʻq, kofirlar qaysarlikda va haqdan qochishda bardavom boʻldilar.
Ular: “Agar rostgoʻy boʻlsangizlar, qani aytinglar-chi shu vaʼda qilingan qiyomat qachon boʻladi?” – deydilar.
Ey Muhammad, ularga: “Qiyomat haqidagi bilim, faqatgina, Allohning huzuridadir. Men faqat aniq ogohlantiruvchiman, xolos”, – deb ayting.
Ey Muhammad, ularga: “Qiyomat haqidagi bilim, faqatgina, Allohning huzuridadir. Men faqat aniq ogohlantiruvchiman, xolos”, – deb ayting.
Ey Rasulim, kofirlarga: “Qani, aytinglar-chi, agar Alloh meni va men bilan birga boʻlgan kishilarni halok qilsa yoki halok qilmay bizlarga rahm qilsa Oʻzining ixtiyoridadir, lekin kofirlarni alamli azobdan kim qutqarib qoladi?!
Ey Muhammad yana ularga: “Qani, aytinglar-chi, agar suvingiz yer tagiga singib ketsa, bas, endi kim sizlarga oqar suvni keltira oladi?!” – deb ayting.
Albatta, sizga sabr qilganingiz uchun bitmas-tuganmas mukofot bordir.
Albatta, siz buyuk xulq ustidasiz!
Albatta, Robbingiz Uning yoʻlidan ozgan kimsalarni yaxshi biluvchidir va U hidoyat topuvchilarni ham yaxshi biluvchidir.
Albatta, Biz Makka ahlini avval bog‘ egalarini sinaganimizdek sinab koʻrdik. Oʻshanda ular, albatta, bu bog‘ hosilini erta tongda uzib olamiz deb qasam ichgan edilar.
“Agar hosilni termoqchi boʻlsangiz, ekinzoringizga bora qolinglar”, – dedilar.
Bas, qachonki, u bog‘ni kulga aylangan holda koʻrgan paytlarida, avval: “Chindan ham, bizlar boshqa boqqa kelib, yoʻldan adashib qoldik, – dedilar.
Ular kech boʻlsa-da: “Robbimizga tasbeh aytamiz. Haqiqatan, bizlar oʻzimizga zulm qiluvchilar boʻldik”, – dedilar.
Ular: “Holimizga voy boʻlsin! Darhaqiqat, bizlar haddan oshuvchi boʻlgan ekanmiz”, – dedilar.
Shoyadki, Robbimiz bizlarga bu bog‘dan ham yaxshirog‘ini almashtirib bersa. Bizlar, albatta, Robbimiz tomon intiluvchidirmiz.