Albatta, Robbingiz osmonlar va Yerni olti kunda yaratib, soʻngra Arshga istivo qilgan Allohdir. U ish tadbirini mustahkam koʻradi. Uning iznisiz hech kim shafoat qiluvchi emasdir. Ana oʻsha Alloh sizning Robbingizdir, shunday ekan, Unga ibodat qilinglar. Hali ham bundan eslatma olmaysizlarmi?!

