Lekin biz Lutning iymon keltirgan barcha oilasini qutqaruvchimiz.
От искомого вами масдар-узак إِنَّ образовано 2380 аятов.
agar, yo'q agar, , va agar, chindan, va albatta, lekin agar, va, agar (bo'lsa), agar (qarzdor)
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Lekin biz Lutning iymon keltirgan barcha oilasini qutqaruvchimiz.
Biroq uning xotiniga qutulish yoʻqdir. Chunki Biz, shubhasiz, unga azobda qoluvchilardan boʻlishini taqdir qilib qoʻyganmiz.
Lut payg‘ambar ularga: “Sizlar notanish qavmsiz, kimsizlar oʻzi?” – dedi.
Biz senga azobni chindan ham keltirdik. Biz, albatta, rostgoʻylarmiz.
Shunda Lut payg‘ambar ularga: “Axir bu yigitlar mening mehmonlarim-ku! Meni ular oldida axloqsizlik qilib sharmanda qilmanglar”, – dedi.
Lut oʻz qavmiga: “Agar shu ishni qiluvchi boʻlsangizlar, ana qizlarimiz bor-ku axir, ularni nikohlaringizga olaveringlar”, – dedi.
Ey Muhammad, umringizga qasamki, ular oʻzlarining shahvoniy mastliklarida gangib yurar edilar.
Albatta, bunday hodisalarda farosatli kishilar uchun ibratli belgilar bordir.
Darvoqe, oʻtmishda vayron boʻlgan bu shaharlar doimiy yoʻl ustidadir.
Albatta, bunday hodisalarda moʻminlar uchun ibratli belgi bordir.
Shubhasiz, daraxtzor egalari boʻlgan Shuʼayb qavmi ham zolimlardan boʻlgan edi.
Bas, Biz ulardan zulmlari sababli intiqom oldik. Darvoqe, Lut va Shuʼayb qavmidan qolgan xaroba shaharlarning ikkisi ham ibrat olishingiz uchun hanuzgacha aniq yoʻl ustidadir.
Biz osmonlar va Yerni hamda ularning oʻrtasidagi barcha narsani faqat haq hikmat bilan yaratdik. Qiyomat soati ham, albatta, keluvchidir. Bas, shunday ekan, siz johillarning ozorlariga sabr qiling va ularga chiroyli muomalada boʻlib turing.
Albatta, Robbing U koʻplab yaratuvchi – Xalloq va hamma narsani biluvchi – Aʼlim Zotdir.
Ularga: “Chindan ham, men sizlarni Allohning azobidan ochiqchasiga ogohlantiruvchiman”, – deb ayting.
Albatta, Biz sizni masxara qiluvchilarga jazo berish uchun kifoya qilamiz.
Shuningdek, ular yuklaringizni jon mashaqqatisiz yetib bora olmaydigan yurtlarga koʻtarib boradi. Shubhasiz, Robbingiz bandalariga shafqatli – Raʼuf va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
U sizlar uchun oʻsha suv bilan turli ekinlarni, zaytun, xurmo, uzum va barcha mevalarni undiradi. Albatta, bu bir xil suv bilan turli mevalarning yetishishi haqida tafakkur qiladigan qavmlar uchun ibratli belgi bordir.
Alloh sizlarga soʻngra u bekam-koʻst hayot kechirishingiz uchun kecha va kunduzni, quyosh va oyni boʻysundirib qoʻydi. Yulduzlar ham Uning amriga boʻysungandirlar. Albatta, bularda aql ishlatadigan qavmlar uchun ibratli belgilar bordir.
Yana U sizlar uchun yerda ranglari turli boʻlgan gullar, hayvonlar, yer osti va usti boyliklari kabi narsalarni yaratib, ularni ham sizlarga boʻysundirib qoʻydi. Albatta, bunda eslatma oladigan qavmlar uchun ibratli belgi bordir.