Biz insonga ota-onasi uchun yaxshilik qilishni buyurdik. Biroq ular oʻzing bilmagan narsalarni Menga sherik qilishingga undasalar, u holda ularga itoat qilma! Barchangizning qaytib boradigan joyingiz Mening huzurimgadir. Bas, oʻshanda sizlarga qilib oʻtgan amallaringizning xabarini beraman.

