Dovudga Sulaymonni ato qildik. Sulaymon naqadar yaxshi bandadir! Haqiqatan, u Alloh rozi boʻladigan yoʻlga butkul qaytuvchidir.
От искомого вами масдар-узак إِنَّ образовано 2380 аятов.
agar, yo'q agar, , va agar, chindan, va albatta, lekin agar, va, agar (bo'lsa), agar (qarzdor)
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Dovudga Sulaymonni ato qildik. Sulaymon naqadar yaxshi bandadir! Haqiqatan, u Alloh rozi boʻladigan yoʻlga butkul qaytuvchidir.
Shunda Sulaymon payg‘ambar: “Darhaqiqat, men Robbimning zikridan qolib bu yaxshi otlarni suyushga berilib ketibman. Hatto quyosh ham parda bilan berkinib, botib ketibdi.
Sulaymon: “Ey Robbim, meni mag‘firat qilgin va menga oʻzimdan keyin hech kim erisha olmaydigan bir mulk ato qilgin. Albatta, Sen koʻplab neʼmatlarni ato qiluvchisan”, – dedi.
Albatta, Sulaymon uchun huzurimizda yaqinlik va chiroyli oqibat bordir.
Yana Biz Ayyubga: “Qoʻlingga bir dasta novdani olib, u bilan xotiningni urgin va qasamingni buzmagin”, – dedik. Darhaqiqat, Biz Ayyubni musibatlarga sabr qiluvchi deb topdik. U naqadar yaxshi bandadir. Haqiqatan, u Alloh rozi boʻladigan yoʻlga butkul qaytuvchidir.
Yana Biz Ayyubga: “Qoʻlingga bir dasta novdani olib, u bilan xotiningni urgin va qasamingni buzmagin”, – dedik. Darhaqiqat, Biz Ayyubni musibatlarga sabr qiluvchi deb topdik. U naqadar yaxshi bandadir. Haqiqatan, u Alloh rozi boʻladigan yoʻlga butkul qaytuvchidir.
Albatta, Biz ularni xolis bir xislat bilan xos qildik. U oxirat diyorini eslash edi.
Shubhasiz, ular Bizning huzurimizda tanlangan, yaxshi kishilardandir.
Bu bir eslatmadir. Shubhasiz, taqvodorlar uchun goʻzal qaytar joy bordir.
Albatta, bu Bizning jannat ahllariga beradigan rizqimizdir. Unda neʼmatlarning tugab qolishi boʻlmaydi.
Haqiqat mana shudir. Albatta, tug‘yonga ketganlar uchun yomon oqibat bordir.
Ularga ergashgan kimsalar koʻrsatilib: “Mana bu odamlar sizlar bilan birga jahannamga tashlanuvchi guruhdir”, – deyiladi. Ularga “Xush kelibsiz” deyish yoʻq. Haqiqatan, ular doʻzaxda toblanuvchilardir.
Albatta, doʻzax ahlining ana shunday tortishishlari aniq haqiqatdir.
Ey Muhammad, ularga: “Men faqat bir ogohlantiruvchi payg‘ambarman. Yagona boʻlgan – Vohid va hamma narsaga g‘olib – Qahhor Allohdan oʻzga iloh yoʻq”, – deb ayting.
Menga faqat oʻzimning aniq ogohlantiruvchi payg‘ambar ekanligim vahiy qilinadi, xolos.
Robbingiz farishtalarga: “Albatta, men loydan bashar yaratuvchiman”, – deganini eslang.
Alloh unga: “Bas, bu yerdan chiq. Zero, sen dargohimdan quvilgan malʼunsan”, – dedi.
Albatta, to qiyomatdagi jazo kunigacha senga Mening laʼnatim boʻladi.
Alloh unga: “Bas, sen qiyomat kunigacha muhlat berilganlardansan”, – dedi.
Ushbu Qurʼon olamlar uchun faqat bir eslatmadir.