U tufayli Oʻzining rizosiga ergashgan kishilarni omonlik yoʻliga yetaklaydi. Hamda Oʻz izni irodasi bilan ularni zulmatlardan nurga chiqaradi va toʻg‘ri yoʻlga boshlaydi.
Siz qidirgan ظ ل م masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 315 ta oyat mavjud.
zulmatlar, qorong'ulik cho'kkanda, zolimlar, zolim edingiz, zulm qildingiz, bizga zulm qilmoqda, zulm qilmoqdalar, zolimlar, zulm qilganlarning, zolimlar sifatida
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
U tufayli Oʻzining rizosiga ergashgan kishilarni omonlik yoʻliga yetaklaydi. Hamda Oʻz izni irodasi bilan ularni zulmatlardan nurga chiqaradi va toʻg‘ri yoʻlga boshlaydi.
Albatta, men gunohimni va gunohingni ustingga olib, oqibatda jahannam ahlidan boʻlib ketishingni xohlayman. Ha, zolimlarning jazosi shudir.
Kimki, qilgan bu zulmidan keyin tavba qilsa va oʻzini oʻnglab tuzatib olsa, albatta, Alloh uning tavbasini qabul qiladi. Shubhasiz, Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Biz ularga Tavrotda jonga jon, koʻzga koʻz, burunga burun, quloqqa quloq, tishga tish va boshqa jarohatlar uchun qasos olinadi, deb, yozib qoʻydik. Kimki u qasosni sadaqa qilib kechib yuborsa, u oʻz gunohlarini oʻchiruvchi kafforatdir. Kimki Alloh nozil qilgan oyatlar bilan hukm qilmas ekan, ana oʻshalar aynan zolim kimsalardir.
Ey iymon keltirganlar, yahudiylar va nasroniylarni doʻst qilib olmanglar. Ularning baʼzilari baʼzilariga doʻstdirlar. Sizdan kimki ularni doʻst tutsa, demak, u, albatta, ulardan biridir. Albatta, Alloh zolim qavmlarni toʻg‘ri yoʻlga boshlamaydi.
Alloh bu Maryam oʻg‘li Masihdir, degan kimsalar aniq kofir boʻldilar. Vaholanki, Masih ularga: “Ey bani Isroil avlodlari, mening ham Robbim sizlarning ham Robbingiz boʻlgan Allohga ibodat qilinglar”, – degan edi. Kimki Allohga shirk keltirsa, albatta, Alloh unga jannatni harom qilgandir va joyi doʻzaxdir. Zolimlar uchun azobdan qutqaruvchi yordamchilar yoʻqdir.
Agar u ikki shohidning gunoh ish qilib xiyonat qilganligi fosh boʻlib qolsa, unda ularning oʻrinlariga meros olishga haqi boʻlgan kimsalardan boshqa ikki nafar munosibroq kishi guvohlikka turadi. Ular ham: “Bizning guvohligimiz shohidlik uchun u ikkovining guvohligidan koʻra toʻg‘riroqdir. Biz haddimizdan oshmaganmiz aks holda, biz beshak zolimlardan boʻlib qolamiz”, – deb Alloh nomiga qasam ichsinlar.
Osmonlaru Yerni yaratgan, qorong‘iliklar va yorug‘likni paydo qilgan Allohga hamdu sanolar boʻlsin. Shundan keyin ham kufr keltirgan kimsalar Robbilariga boshqalarni tenglashtirmoqdalar.
Allohning shaʼniga nisbatan yolg‘on toʻqigan yoki Uning oyatlarini yolg‘onga chiqargan kimsadan ham zolimroq kishi bormi?! Shubhasiz, zolimlar najot topmaydilar.
Allohning shaʼniga nisbatan yolg‘on toʻqigan yoki Uning oyatlarini yolg‘onga chiqargan kimsadan ham zolimroq kishi bormi?! Shubhasiz, zolimlar najot topmaydilar.
Ey Rasulim, ularning aytayotgan gaplari, albatta, sizni xafa qilayotganini bilib turibmiz. Ular aslida sizni yolg‘onchiga chiqarmayaptilar, lekin bu zolimlar Allohning oyatlariga qarshi chiqmoqdalar.
Oyatlarimizni yolg‘onga chiqargan kimsalar zulmatlar tubida maʼnan kardirlar – eshitmaydilar, soqovdirlar – gapira olmaydilar. Alloh xohlagan kishini adashtiradi va xohlagan kishini toʻg‘ri yoʻlda barqaror qilib qoʻyadi.
Shunday qilib, zulm qilgan qavmlarning keti qirqildi. Olamlarning Robbisi Allohga hamdlar boʻlsin.
Ey Rasulim, yana ularga: “Qani, menga xabar beringlar-chi, Allohning azobi birdan yoki ochiqchasiga kelib qolsa, zolim qavmlardan boshqasi halok qilinarmidi?!” – deb ayting.
Ey Rasulim, Robbilarining rizolik yuzini istab ertayu kech duoda boʻlayotgan kimsalarni yoningizdan haydamang. Ularning qilgan amallarining hisoboti xususida sizning zimmangizda hech narsa yoʻq. Shuningdek, sizning qilgan amalingiz hisoboti xususida ularning zimmalarida hech narsa yoʻqdir. Ularni haydab, zolim kimsalardan boʻlib qolmang.
Ey Rasulim, ularga: “Agar sizlar tez boʻlishni xohlayotgan azobning hukmi menda boʻlganda edi, unda men bilan sizning orangizdagi ish allaqachon nihoyasiga yetardi”, – deb ayting. Alloh zolim kimsalarning qilmishlarini yaxshiroq biluvchidir.
G‘aybning kalitlari Uning huzuridadir. Undan boshqasi ularni bilmaydi. U Zot quruqlik va dengizdagi barcha narsalarni biladi. Biror bir barg uzilib tushsa ham, uni biladi. Hatto Yer qaʼridagi qorong‘iliklarda bir urug‘ ham, xoʻlu quruq – barcha mavjudotlar ham aniq kitob boʻlgan Lavh ul-Mahfuzda yozib qoʻyilgandir.
Ey Muhammad, ularga: “Quruqlik va dengiz zulmatining ofatlaridan sizlarni kim qutqaradi? Oʻshanda sizlar ustingizda yo ichingizda Unga: “Ey Robbimiz, agar bizni bu falokatlardan qutqarsang, albatta, shukr qiluvchilardan boʻlamiz”, – deb duo qilar edingiz”, – deb ayting.
Ey Rasulim, oyatlarimizga masxara qilib shoʻng‘iyotgan kimsalarni koʻrsangiz, to bundan tiyilib boshqa suhbatga shoʻng‘imagunlaricha, ulardan yuz oʻgiring. Agar shayton sizni yuz oʻgirishdan unuttirib qoʻysa, eslagandan keyin zolim qavmlar bilan birga oʻtirmang.
Iymon keltirgan va iymonlarini zulm bilan aralashtirmagan kimsalar ana oʻshalar uchun haqiqiy omonlik bor, hamda ular toʻg‘ri yoʻlni topganlardir.