Yaratgan bandalarim orasida haqiqat bilan toʻg‘ri yoʻlga boshlaydigan va u bilan odillikni tatbiq qiladigan ummat ham bordir.
Siz qidirgan ع د ل masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 28 ta oyat mavjud.
to'lov ham, to'lov, adolat bilan, adolat qila olmasligingizdan, (to'liq) adolat, adolatdan, adolatli bo'ling, odil, teng, sheriklar tutmoqdalar
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Yaratgan bandalarim orasida haqiqat bilan toʻg‘ri yoʻlga boshlaydigan va u bilan odillikni tatbiq qiladigan ummat ham bordir.
Alloh yana boshqa ikki kishi haqida misol keltiradi: “Ulardan biri hech narsaga kuchi yetmaydigan soqov bir quldir. Shuningdek, u xoʻjayiniga ortiqcha yuk boʻlib egasi uni qaerga yuborsa, biror yaxshi naf keltirmaydi. Shunday odam bilan oʻzi toʻg‘ri yoʻlda boʻlib va boshqalarni ham adolatga buyuradigan kishi teng boʻladimi?!”
Albatta, Alloh adolatga, yaxshi ishlarga va qarindoshga haqini berishga buyuradi. Shuningdek, buzuqchilik, yomon ishlar va zulmdan qaytaradi. Alloh shoyad, eslatma olarsizlar, deb sizlarga vaʼz-nasihat qiladi.
Yoki osmonlar va Yerni yaratgan hamda sizlar uchun osmondan suv tushirib, u bilan goʻzal bog‘larni oʻstirgan Zot yaxshiroqmi?! Sizlarda u bog‘larning daraxtini oʻstirish qudrati boʻlmagan edi. Alloh bilan birga yana biror iloh bormi?! Yoʻq, ular Allohga oʻzgalarni tenglashtiradigan qavmdirlar!
Bas, ey Muhammad shuning uchun ham siz oʻzingizga buyurilganidek daʼvat qiling va toʻg‘ri yoʻlda boʻling hamda ularning havoyi nafslariga ergashmang. Ularga: “Men Alloh nozil qilgan kitobga iymon keltirdim va sizlarning oʻrtangizda adolatli boʻlishga buyurildim. Alloh bizning ham Robbimiz, sizning ham Robbingizdir. Bizning amallarimiz oʻzimizga, sizlarning amallaringiz esa oʻzingizgadir. Bizlar bilan sizlarning oʻrtangizda janjalga oʻrin yoʻqdir. Alloh qiyomatda barchamizni bir oraga jamlaydi va qaytib borish faqat Uning Oʻzigadir”, deb – ayting.
Agar moʻminlardan ikki toifa oʻzaro urushib qolsalar, darhol ular oʻrtasini isloh qilinglar. Bas, agar ulardan biri, ikkinchisining ustiga tajovuzkorlik qilsa, bas, to tajovuzkor toifa Allohning amriga qaytguncha, sizlar tajovuz qilgan toifa bilan urushinglar. Agar u toifa tajovuzkorlikdan qaytsa, sizlar darhol ularning oʻrtasini adolat bilan tuzatib qoʻyinglar va adolat qilinglar. Albatta, Alloh adolat qiluvchilarni sevadi.
Bas, qachonki, idda muddatlariga yetsalar, bas, ularni yaxshilik bilan olib qolinglar yoki yaxshilik bilan mahrlarini berib ajrashinglar. Shuningdek, yarashayotgan yoki ajralishayotganda oʻzlaringizdan ikki adolatli kishini guvoh qilinglar va guvohlikni Alloh uchun mukammal ado qilinglar. Bu hukmdan faqat Allohga va oxirat kuniga iymon keltiruvchi kishi pand-nasihat oladi. Kim Allohga taqvo qilsa, unga tashvishlardan chiqish yoʻlini paydo qiladi.
U seni yaratib, soʻng barcha aʼzolaringni tiklab, soʻng qomatingni rost qilib qoʻygan Zot-ku!