Allohdan boshqa iloh yoʻq, faqat Uning Oʻzi bordir U ulkan Arsh egasidir.
Siz qidirgan ع ر ش masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 33 ta oyat mavjud.
shiftlari, ayvonli, ayvonsiz, Arsh, ko'tarmoqda (saroylarni), Arshning, Arshni, Uning Arshi, taxt, qurgan ayvonlardan
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Allohdan boshqa iloh yoʻq, faqat Uning Oʻzi bordir U ulkan Arsh egasidir.
Sulaymon: “Ey zodagonlar, ular mening huzurimga taslim boʻlib kelishlaridan oldin qaysi biringiz menga uning taxtini keltira oladi?” – dedi.
Sulaymon malikani sinash uchun: “Uning taxtini tanimaydigan qilib, oʻzgartirib qoʻyinglar, u taxtini bilib olishga yoʻl topadimi yoki yoʻl topa olmaydigan kimsalardan boʻladimi, tomosha qilamiz”, – dedi.
Bas, malika kelgach unga: “Sening taxting shundaymidi?” – deyildi. Bilqis hayratlanib: “Xuddi oʻshaning oʻzi”, – dedi. Sulaymon: “Allohga hamd boʻlsinki, bizlarga undan ilgari ilm berilgan va musulmonlardan boʻlganmiz”, – dedi.
Alloh osmonlar va Yerni hamda ularning oʻrtasidagi bor narsalarni olti kunda yaratib, soʻngra Arshga egalik qilgan Zotdir. Sizlar uchun Undan oʻzga biror doʻst va shafoatchi yoʻqdir. Nahotki, eslatma olmaysizlar?!
Ey Muhammad, siz u kunda farishtalar Arsh atrofini oʻrab olgan hollarida, Robbilariga hamd bilan tasbeh aytayotganlarini koʻrasiz. Barchalarining oralarida haq bilan hukm qilindi va: “Olamlarning Robbi – Allohga hamdlar boʻlsin!” – deyildi.
Arshni koʻtarib turadigan va uning atrofidagi farishtalar Robbilariga hamd bilan tasbeh aytadilar va Unga iymon keltiradilar hamda iymon keltirgan kishilarni Allohdan mag‘firat qilishini soʻraydilar. Ey Robbimiz, rahmating va ilming bilan har bir narsani qurshab olgansan. Bas, tavba qilib, yoʻlingga ergashgan kimsalarni mag‘firat qil va ularni doʻzax azobidan saqlagin.
Alloh yuksak darajali va Arsh sohibidir. U Oʻz amri bilan bandalari orasidan kimni xohlasa, oʻshanga qiyomatdagi muloqot kunidan ogohlantirish uchun ruhni nozil qiladi.
Osmonlar va Yerning Robbisi va Arsh egasi boʻlgan Alloh ular sifatlayotgan aybu nuqsonlardan pokdir.
U osmonlar va Yerni olti kunda yaratib, soʻngra Oʻz ilmi va qudrati bilan Arshni egallagan Zotdir. U yerga kiradigan narsalarni ham, undan chiqadigan narsalarni ham, osmondan tushadigan narsalarni ham, unga koʻtariladigan yaxshi amal va duolarni ham biladi. Sizlar qaerda boʻlsangizlar, U sizlar bilan birgadir. Alloh barcha qilayotgan amallaringizni koʻrib turuvchidir.
Farishtalar osmon atrofida Allohning amriga muntazir boʻlib turadilar. Ularning ustida Robbingiz Arshini u kunda sakkiz farishta koʻtarib turadi.
U quvvatli, Arshning sohibi Alloh nazdida martabalidir.
Arsh Egasi va qadri ulug‘dir.