Sizlarga nozil qilingan Tavrot va Injil kitobini oʻqib turib, odamlarni yaxshilikka chorlaysizlar-u, oʻzingizni esdan chiqarasizlarmi?! Nahotki aqlni ishlatmaysizlar?!
Siz qidirgan ع ق ل masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 49 ta oyat mavjud.
aqlingizni ishlatmaysizmi?, o'ylaysiz, o'ylab aql yetkazgandan keyin, Aqlingizni ishlatmaysizmi?, o'ylovchi, o'ylamaydigan, o'ylamaydilar, o'ylamaysizmi?, o'ylamoqda, o'ylashmagan
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Sizlarga nozil qilingan Tavrot va Injil kitobini oʻqib turib, odamlarni yaxshilikka chorlaysizlar-u, oʻzingizni esdan chiqarasizlarmi?! Nahotki aqlni ishlatmaysizlar?!
Keyin Biz: “Endi soʻyilgan u sigirning biror bir boʻlagi bilan oʻldirilgan jasadga uringlar”, – dedik. Jasadga jon kirib, qotil kim ekanligini aytdi. Xuddi shu kabi, Alloh oʻliklarni qayta tiriltiradi va sizlarga aql yuritishingiz uchun moʻʼjiza va oyatlarini koʻrsatmoqda.
Ey musulmonlar, bani Isroil avlodlarini sizlarga ishonishiga umid qilyapsizlarmi?! Darhaqiqat, ulardan bir guruhi Allohning kalomini eshita turib, uni fahmlab olganlaridan keyin ham, oʻzlari bilib turib, atayin uni oʻzgartirar edilar.
Agarda yahudiylar iymon keltirgan kimsalarga duch kelib qolsalar: “Biz ham iymon keltirdik”, – deb aytadilar. Bordi-yu bir-birlari bilan yolg‘iz qolsalar: “Alloh sizlarga Tavrotda Muhammadning payg‘ambarligi haqida maʼlum qilib, ochib qoʻygan haqiqatlarni Robbingiz huzurida u dalillar bilan sizlarga qarshi hujjat keltirishlari uchun musulmonlar bilan gaplashyapsizlarmi?! Axir ozgina aql ishlatmaysizlarmi?” – deydilar.
Shubhasiz, osmonlar va Yerning mukammal holda yaratilishida, kecha va kunduzning vaqti-vaqti bilan almashib turishida, odamlarga nafi tegadigan foydali narsalarini tashib ketayotgan dengizdagi kemalarning suzishida, Alloh osmondan tushirgan va u sababli oʻlik boʻlib yotgan quruq yerga hayot bergan hayotbaxsh suvda va Yerda har xil jonzotlarni tarqatib qoʻyishida, shamollarni yoʻnaltirishida, osmonu Yer oʻrtasidagi Yaratganning amriga itoatda shay turgan bulutlarda aql yurituvchi qavmlar uchun Allohning qudratiga doir aniq dalillar bordir.
Agarda u mushriklarga: “Alloh tushirgan hukmlarga ergashinglar”, – deyilsa, ular: “Yoʻq, bizlar ota-bobolarimizni nimaga ibodat qilganlarini koʻrgan boʻlsak, oʻsha yoʻlga ergashamiz”, – deb aytishadi. Bordi-yu ota-bobolari hech narsaga aqllari yetmagan va toʻg‘ri yoʻlni topmagan boʻlsalar hammi?!
Allohga kufr keltirganlarning misoli, xuddi baqiriq-chaqiriqdan boshqa hech narsani eshitmaydigan hayvonlarga hayqirayotgan choʻponning holatiga oʻxshaydi. Ular maʼnan kardirlar – nasihat eshitmaydilar, soqovdirlar – haqni gapira olmaydilar, koʻrdirlar – oyatlarni koʻrolmaydilar. Demak, ular aql ishlata olmaydilar.
Alloh aql yuritishingiz uchun shu yoʻsinda sizlarga oyatlarini bayon qilib boradi.
Ey oʻzlariga kitob tushirilgan ahli kitoblar! Nima uchun u bizning dinimizda edi, deb Ibrohim haqida tortishasizlar?! Axir, Tavrot ham Injil ham undan keyin nozil qilingan-ku! Shu haqda aql ishlatmaysizlarmi?!
Ey iymon keltirganlar! Oʻz din qardoshingizdan boshqa munofiqlarni sirdosh tutmang. Ular sizga yomonlik qilishdan tortinmaydilar. Hamda sizlarni mashaqqatda boʻlishingizni orzu qiladilar. Adovatlari og‘izlaridan ayon boʻlib qolgan. Dillarida yashirib yurgan nafratlari esa yanada kattaroqdir. Agarda aql ishlatsangizlar, sizlarga oyatlarni ochiq-oydin qilib berdik.
Qachonki sizlar bir-biringizni namozga chaqirsangizlar, ular namozni masxara va oʻyin qiladilar. Mana bu qiliqlari ularning aql ishlata olmaydigan qavm ekanligidir.
Alloh “bahiyra, soiba, vasiyla, hom”, – deb atalgan hayvonlar xususida biror amr qilmagan. Lekin kufr keltirgan kimsalar Alloh shaʼniga yolg‘on toʻqiyaptilar. Chunki ularning koʻpchiligi aql ishlatmaydilar.
Bu dunyoning hayoti oʻyin-kulgu va behuda ishlardan iboratdir. Allohdan qoʻrqadigan kimsalar uchun esa oxirat diyori yaxshiroqdir. Aql ishlatsangiz, boʻlmaydimi?!
Ey Rasulim, ularga: “Kelinglar, Robbingiz sizlarga harom qilgan narsalarni oʻqib beraman. U Zotga hech narsani sherik qilmanglar. Ota-onaga yaxshilik qilinglar. Kambag‘allikdan qoʻrqib farzandlaringizni oʻldirmanglar. Biz sizlarga ham, ularga rizq beramiz. Buzuq ishlarning oshkorasiga ham, undagi yashirinchasiga ham yaqinlashmanglar. Alloh oʻldirishni man qilgan jonni nohaq oʻldirmanglar. Shoyad, aql yuritsangiz, deb Alloh sizlarga bularni tavsiya qildi”, – deb ayting.
Ulardan keyin Tavrot kitobiga voris boʻlgan va “Bizlar baribir kechirilamiz”, – deb, bu oʻtkinchi dunyo manfaatlarini tanlab olgan bir avlod oʻrinbosar boʻlib oʻrtaga chiqdi. Agar ularga yana shunga oʻxshash tuban matohlar kelib qolsa, uni ham olaveradilar. Axir ulardan Allohga nisbatan faqat haq soʻzni aytishlariga doir Tavrot kitobining ahdi olingan emasmidi?! Buning ustiga ular kitobdan dars olib oʻrganishgan edi-ku!. Oxirat diyori Allohdan qoʻrqadigan kimsalar uchun oʻtkinchi dunyo manfaatidan koʻra yaxshiroqdir. Nahotki aql ishlatmaysizlar?!
Chunki Alloh nazdida Yer yuzidagi jonzotlarning eng yomoni haqdan yiroq boʻlib kar va soqov boʻlib olib, aql yuritmaydigan kimsalardir.
Ey Muhammad, ularga “Agar Alloh xohlaganda edi, men u Qurʼonni oʻqimas edim va Alloh ham uni sizlarga bildirmagan boʻlar edi. Haqiqatan, sizning orangizda undan oldin ham umr kechirdim-ku!”-deb ayting.
Shuningdek, ular ichida Sizga beparvolik bilan quloq soladigan kimsalar ham bor. Agar ularning oʻzlari aql ishlatmaganlaridan keyin siz maʼnan kar quloqlarga haq gapni eshittira olarmidingiz.
Allohning iznisiz hech bir jon egasi iymon keltira olmaydi. Alloh azobni aql yuritmaydigan kimsalarga duchor qiladi.
Ey qavmim, payg‘ambarlik vazifam uchun unga sizlardan biror-bir haq soʻramayman. Mening ajru mukofotim faqat meni yoʻqdan bor qilib yaratgan Zot zimmasidadir. Axir aql ishlatmaysizmi?!