Alloh moʻmin va moʻminalarga tagidan anhorlar oqib turuvchi jannatlarni hamda u yerda abadiy qolishni va barqarorlik jannatidagi pokiza maskanlarni vaʼda qildi. Allohdan boʻladigan rozilik esa barchasidan ulug‘roqdir. Mana shu ulkan yutuqdir.
Siz qidirgan عَدْنٍ masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 11 ta oyat mavjud.
Adn, adn, turishga arziydi
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Alloh moʻmin va moʻminalarga tagidan anhorlar oqib turuvchi jannatlarni hamda u yerda abadiy qolishni va barqarorlik jannatidagi pokiza maskanlarni vaʼda qildi. Allohdan boʻladigan rozilik esa barchasidan ulug‘roqdir. Mana shu ulkan yutuqdir.
Bu oxirat diyori mangu Adn nomli jannatlari boʻlib unga ota-bobolari, jufti halollari va zurriyotlaridan boʻlgan moʻmin va solih kimsalar bilan kiradilar. Keyin ularning huzurlariga har bir eshikdan farishtalar kirib keladilar.
Ular ostidan anhorlar oqib turadigan mangu Adn jannatlariga kiradilar. Ular uchun u yerda xohlagan narsalari bordir. Alloh taqvo qilganlarni ana shunday mukofotlaydi.
Aynan ular uchun ostilaridan anhorlar oqib turadigan mangu Adn nomli jannatlar bor boʻlib, ular u yerda oltin bilakuzuklar bilan bezanadilar hamda yupqa va qalin ipakdan yashil liboslar kiyib soʻrilarda suyanib oʻtiradilar. U naqadar yaxshi mukofot va naqadar chiroyli boʻlgan maskan.
Ular Rahmonning bandalariga g‘aybdan vaʼda qilgan Adn nomli abadiy qolinadigan jannatlarga kiradilar. Albatta, Uning vaʼdasi oʻz vaqtida keluvchidir.
Ularga ostidan anhorlar oqadigan, u yerda doimiy qoladigan Adn nomli mangulik jannatlari boʻladi. Bu shirk va kufrdan pok boʻlgan kishilarning mukofotidir.
Ular u yerda abadiy qolinadigan Adn jannatlarga kiradilar va oltin bilakuzuklar va marvaridlar bilan bezatiladilar. U joyda ularning liboslari ipakdan boʻladi.
Ular uchun barcha darvozalari ochib qoʻyilgan mangu Adn jannatlari bordir.
Ey Robbimiz, ularni ham, ularning ota-bobolarini ham, juftlari va zurriyotlari orasidagi solih boʻlgan kishilarni ham ularga Oʻzing vaʼda qilgan Adn jannatlariga kiritgin. Shubhasiz, Sen izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotsan.
Agar shunday qilsangizlar, Alloh sizlarning gunohlaringizni kechiradi hamda sizlarni ostidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga va Adn jannatlardagi pokiza maskanlarga kiritadi. Ana oʻsha ulkan yutuqdir.
Robbilari huzuridagi ularning mukofotlari tagidan anhorlar oqib turadigan Adn jannatlaridir. Ular oʻsha joyda abadiy qoluvchidirlar. Alloh ulardan rozi boʻladi, ular Allohdan rozi boʻladilar. Bu mukofot Robbisidan qoʻrqqan kishilar uchundir.