أَفَمَنْ زُيِّنَ لَهُ سُوءُ عَمَلِهِ فَرَآهُ حَسَنًا ۖ فَإِنَّ اللَّهَ يُضِلُّ مَنْ يَشَاءُ وَيَهْدِي مَنْ يَشَاءُ ۖ فَلَا تَذْهَبْ نَفْسُكَ عَلَيْهِمْ حَسَرَاتٍ ۚ إِنَّ اللَّهَ عَلِيمٌ بِمَا يَصْنَعُونَ
Axir qilgan yomon amali oʻziga chiroyli koʻrsatilib, uni yaxshi ish deb oʻylagan kimsadan yaxshilik chiqarmidi?! Shubhasiz, Alloh Oʻzi xohlagan kimsalarni yoʻldan ozdiradi va Oʻzi xohlagan kishilarni hidoyat qiladi. Bas, ey Rasulim, ularning iymon keltirmaganlariga hasrat-nadomatlar qilib joningiz achinib ketmasin. Albatta, Alloh ularning nima hunar qilayotganlarini biluvchi Zotdir.

