Ular ham oʻzlarini payg‘ambardan qaytarishga harakat qiladilar, ham oʻzlari undan uzoqlashadilar. Ular sezmagan hollarida faqat oʻzlarini halok qilmoqdalar.
Siz qidirgan عَنْ masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 465 ta oyat mavjud.
u yerdan, -dan(gunohidan), sizni, -dan, ulardan, -, sendan, narsadan, narsalardan, -ndan
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Ular ham oʻzlarini payg‘ambardan qaytarishga harakat qiladilar, ham oʻzlari undan uzoqlashadilar. Ular sezmagan hollarida faqat oʻzlarini halok qilmoqdalar.
Ular ham oʻzlarini payg‘ambardan qaytarishga harakat qiladilar, ham oʻzlari undan uzoqlashadilar. Ular sezmagan hollarida faqat oʻzlarini halok qilmoqdalar.
Yoʻq, unday emas! Ularning oldindan yashirib yurgan qilmishlari fosh boʻlib qoldi. Bordi-yu ular yana bu dunyoga qaytarilsalar ham, man qilingan ishlarga qaytgan boʻlar edilar. Ular, albatta, yolg‘on aytuvchilardir.
Ey Rasulim, oyatlarimizga masxara qilib shoʻng‘iyotgan kimsalarni koʻrsangiz, to bundan tiyilib boshqa suhbatga shoʻng‘imagunlaricha, ulardan yuz oʻgiring. Agar shayton sizni yuz oʻgirishdan unuttirib qoʻysa, eslagandan keyin zolim qavmlar bilan birga oʻtirmang.
Bu Allohning hidoyati boʻlib, u bilan xohlagan bandalarini toʻg‘ri yoʻlga soladi. Agarda shirk keltirganlarida edi, butun qilgan amallari behuda ketgan boʻlar edi.
Allohning shaʼniga yolg‘on toʻqigan yoki oʻziga hech narsa vahiy qilinmagani holda: “Menga ham vahiy qilindi”, – deydigan hamda “Alloh nozil qilganga oʻxshaganni men ham nozil qilaman”, – deb daʼvo qilgan kimsadan ham zolimroq odam bormi? Ey Rasulim, siz oʻshanda u zolimlarni oʻlim talvasasida hamda ajal farishtalari qoʻllarini choʻzib: “Jonlaringizni chiqaringlar, bugun sizlar Alloh shaʼniga nohaq gaplarni aytganlaringiz va oyatlaridan yuz oʻgirib takabburlik qilganlaringiz uchun xorlik azobi bilan jazoga tortilasizlar”, – deb aytayotganlarini koʻrsangiz edi!
Dunyoda sizlarga bergan mol-dunyolarni orqangizda tark qilib, sizlarni birinchi marta qanday yaratgan boʻlsak, yana shunday yolg‘iz holda Bizning huzurimizga keldingiz. Oʻz orangizda ular, albatta, Allohga “sherikdirlar”, – deb gumon qilgan himoyachilaringizni ham yoningizda koʻrmayapmiz. Ular bilan oʻrtalaringizdagi aloqa uzilib qoldi va ularni iloh deb gumon qilganlaringiz birdan yoʻq boʻlib qoldi.
Mushriklar Allohga jinlarni sherik qildilar. Vaholanki, u jinlarni ham Alloh yaratgandir. Hamda nodonlarcha Unga oʻg‘il va qizlarni ham toʻqib oldilar. Subhanalloh, Alloh ular sifatlayotgan narsalardan munazzah va ulug‘ Zotdir.
Ey Muhammad, Robbingizdan sizga vahiy qilingan oyatlarga ergashing. Undan oʻzga hech qanday iloh yoʻqdir. Mushriklardan esa yuz oʻgiring.
Ey Rasulim, Yer yuzidagi koʻp johil kimsalar soʻziga itoat qiladigan boʻlsangiz, ular sizni Allohning yoʻlidan uradilar. Ular faqat gumonlarga ergashadilar va faqat aldoqchilik qiladilar.
Shubhasiz, Robbingiz Oʻz yoʻlidan adashgan kimsani ham yaxshi biluvchi va U hidoyat yoʻlida yurganlarni ham juda yaxshi biluvchi Zotdir.
Har kimning qilgan amallariga koʻra darajalar bordir. Robbingiz ularning qilayotgan ishlaridan bexabar emasdir.
Ey Rasulim, agar sizni yolg‘onchiga chiqarsalar ularga: “Robbingiz rahmati keng Zotdir. Biroq uning gunohkor qavmlarga beradigan azobi orqaga qaytarilmaydi”, – deb ayting.
Shubhasiz, mana shu Mening toʻg‘ri yoʻlimdir, bas, unga ergashinglar. Boshqa yoʻllarga ergashmanglar, aks holda, ular sizlarni Uning haq yoʻlidan ayiradilar.
Kitob faqat bizlardan oldingi yahudiy va nasroniy boʻlgan ikki toifaga tushirilgan edi. Bizlar esa ularning oʻqiyotganlaridan bexabar edik, – deb bahona aytmasligingiz uchun uni nozil qildi.
Yoki boʻlmasa “Agar bizga ham kitob tushirilganda edi, albatta, biz ulardan koʻra toʻg‘riroq yoʻlda boʻlar edik”, – deb aytmasligingiz uchun ham uni nozil qildi. Shubhasiz, sizlarga Robbingizdan dalil, hidoyat va rahmat kelgandir. Allohning oyatlarini yolg‘onga chiqargan va undan yuz oʻgirgandan ham zolimroq kimsa bormi? Oyatlarimizdan yuz oʻgirgan kimsalarni yaqinda yuz oʻgirib yurganlari uchun yomon azob bilan jazolaymiz.

Keyin ularni old va orqa taraflaridan, oʻng va chap tomonlaridan chalg‘itish uchun suqilib kelaman. Oqibatda ularning koʻpchiligini shukr qiluvchi bandalar qatorida topmaysan.
Keyin ularni old va orqa taraflaridan, oʻng va chap tomonlaridan chalg‘itish uchun suqilib kelaman. Oqibatda ularning koʻpchiligini shukr qiluvchi bandalar qatorida topmaysan.
Soʻngra shayton ularning berkitilgan avratlarini ochib yuborish uchun ikkoviga vasvasa qilib: “Robbingiz sizlarni farishtalarga aylanib qolmasligingiz yoki jannatda abadiy qolib ketmasligingiz uchun sizlarga bu daraxtdan yeyishni man qilgan”, – dedi.