Nuh Robbisiga: “Ey Robbim, men Sendan oʻzimda u haqda ilm boʻlmagan narsalarni soʻrashimdan panoh tilayman. Agar meni mag‘firat qilmasang va menga rahm qilmasang, albatta, ziyon koʻruvchilardan boʻlib qolaman”, – dedi.
Siz qidirgan غ ف ر masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 234 ta oyat mavjud.
biz ham kechiraylik, ko'p kechiruchidir, mag'firat evaziga, kechiruchidir, va mag'firat so'rang, G'afurdir, ko'p kechiruvchi, va mag'firatga, kechiruvchi, va afv qilish
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Nuh Robbisiga: “Ey Robbim, men Sendan oʻzimda u haqda ilm boʻlmagan narsalarni soʻrashimdan panoh tilayman. Agar meni mag‘firat qilmasang va menga rahm qilmasang, albatta, ziyon koʻruvchilardan boʻlib qolaman”, – dedi.
Ey qavmim, Robbingizdan mag‘firat soʻrang keyin Unga tavba qiling. Shunda U osmondan yomg‘ir yog‘diradi va kuchingizga yanada quvvat qoʻshadi. Gunohkor boʻlgan holingizda yuz oʻgirib ketmanglar.
Keyin Samud qabilasiga birodarlari Solihni payg‘ambar qilib yubordik. Solih payg‘ambar: “Ey qavmim, faqat Allohga ibodat qilinglar. Sizlarga Undan boshqa iloh yoʻq. U sizlarni Yerdan paydo qilib, unda sizlarni joylashtirdi va uni obod etuvchi qildi. Bas, Undan mag‘firat tilanglar keyin Unga tavba qilinglar. Albatta, Robbim sizga shoh tomiringizdan ham yaqin va duolarni ijobat qiluvchi Zotdir”, – dedi.
Robbingizdan mag‘firat tilang, keyin Unga tavba qiling. Albatta, Robbim rahmli va moʻmin qullarini doʻst tutuvchi Zotdir.
Zulayhoning eri: “Ey Yusuf, bu ishni qoʻygin va hech kimga aytma, sen esa ey Zulayho gunohing uchun istig‘for ayt. Chunki albatta, sen xato qilganlardan boʻlding”, – dedi.
Nafsimni oqlamayapman, chunki ,albatta, nafs agar Robbim rahm qilmasa, yomonlikka buyuruvchidir. Shubhasiz, Robbim gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Yusuf akalariga: “Bu kun sizlarni qilgan ishlaringiz uchun ayblash yoʻq. Alloh sizlarni mag‘firat qiladi. Shuningdek, U rahm qiluvchilarning eng rahmlisidir”, – dedi.
Oʻg‘illari Yaʼqubga: “Ey otamiz, biz uchun Allohdan gunohlarimizni mag‘firat qilishini soʻragin. Albatta, bizlar xato qiluvchilardan boʻldik”, – dedilar.
Yaʼqub ularga: “Albatta, tezda Robbimdan sizlarni mag‘firat qilishini soʻrayman. Shubhasiz, U gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir”, – dedi.
Yaʼqub ularga: “Albatta, tezda Robbimdan sizlarni mag‘firat qilishini soʻrayman. Shubhasiz, U gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir”, – dedi.
Ey Rasulim, mushriklar va munofiqlar, sendan yaxshilikdan oldin yomonlikni tezlashtirishni soʻraydilar. Holbuki, ulardan oldin ham halokatga uchragan qavmlar haqida koʻplab misollar oʻtgan. Lekin Robbing ularning zulmiga qaramay odamlar uchun mag‘firat egasidir. Shu bilan birga, shubhasiz, Robbingiz azobi qattiq Zotdir.
Ularga payg‘ambarlari: “Osmonlar va Yerning yaratuvchisi boʻlgan Allohning borligi va birligi xususida shak bormi?! U gunohlaringizni mag‘firat qilish va sizlarni maʼlum muddatgacha halok qilmay kechiktirish uchun iymonga chaqirmoqda-ku?!” – dedi. Qavmlari bunga javoban: “Sizlar ham biz kabi odamsiz, faqat bizni ota-bobolarimiz ibodat qilib oʻtgan narsadan toʻsmoqchisiz, xolos. Bas, agar rostdan ham payg‘ambar boʻlsangiz, unda bizga aniq bir hujjat keltiringlar-chi?!” – dedilar.
Ey Robbim, U sanamlar koʻp odamlarni yoʻldan ozdirdi. Bas, kim menga ergashsa, ana oʻsha mening dinimdandir. Kim menga itoatsizlik qilsa, yana oʻzing, shubhasiz, gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotsan.
Ey Robbimiz, hammaning hisob qilinadigan qiyomat kuni meni, ota-onamni va barcha moʻminlarni mag‘firat qilgin.
Ey Muhammad, bandalarimga xabar berib qoʻying, Men Oʻzim, albatta, kechirimli va rahmliman.
Agar Allohning neʼmatlarini sanaydigan boʻlsangiz, aslo uning sanog‘iga yeta olmaysiz. Albatta, Alloh bandalariga kechirimli va rahmlidir
Albatta, Robbingiz fitnalarga duchor qilinganlaridan soʻng Makkadan Madinaga hijrat qilganlar, keyin Alloh yoʻlida jihod qilib, bunday mashaqqatlarga sabr qilganlar uchun yordamchidir. Albatta, Robbingiz gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Alloh, albatta, sizlarga oʻlimtikni, qonni, choʻchqa goʻshtini hamda Allohdan boshqasiga atab soʻyilgan jonliqlarni qatʼiyan harom qildi. Bordi-yu kimda-kim nochor holda ulardan yeyishga majbur qolsa, haddan va meʼyordan oshmay ozgina yesa, unga gunoh boʻlmaydi. Darhaqiqat, Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamatli boʻlgan – Rahim Zotdir.
Keyin albatta, Robbingiz, johillik bilan yomonlik qilib, keyin chin dildan tavba qilgan va oʻzlarini tuzatgan kishilar uchun, shubhasiz, u tavbalardan soʻng Robbingiz kechirimli va rahmlidir.
Ey insonlar, Robbingiz ichingizdagi barcha narsani juda yaxshi biluvchidir. Agar sizlar tavba qilib solihlardan boʻlsangiz, albatta, U tavba qiluvchilarni kechiruvchi Zotdir.