U shunday yoʻldirki, uni solih bandalaringga inʼom etgansan. Bu toʻg‘ri yoʻl haddan oshganlari uchun g‘azabga duchor boʻlganlarning va shirk keltirib adashganlarniki ham emas.
Siz qidirgan غ ي ر masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 154 ta oyat mavjud.
emas, boshqa, qilmagan holda, boshqasi, -masdan, , boshqa bir, -masdan, boshqasini mi, -siz o'ringa
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
U shunday yoʻldirki, uni solih bandalaringga inʼom etgansan. Bu toʻg‘ri yoʻl haddan oshganlari uchun g‘azabga duchor boʻlganlarning va shirk keltirib adashganlarniki ham emas.
Ammo nafslariga zulm qilgan kimsalar ularga aytilgan soʻzni boshqachasiga almashtirib aytdilar. Shundan soʻng zolim kimsalar ustiga fosiqlik qilganlari tufayli osmondan dahshatli balo yog‘dirdik.
Shuncha moʻʼjizalarga qaramay Musoga qarata: “Ey Muso, faqat bir xil taomga sabr qilib, toqat qilolmaymiz. Biz uchun Robbingga duo qilib soʻra, endi U bizga Yer undirib chiqaradigan narsalardan ham, yaʼni sabzavot, bodring, sarimsoq, mosh, piyoz kabilarni chiqarib bersin”, – deganlaringizni eslanglar. Shunda Muso qavmiga qarab: “Xayrli boʻlgan narsani past narsaga almashtirishni xohlaysizlarmi?! Unda, har qanday bir shaharga tushing u yerda shundoq ham siz soʻragan narsalaringiz bor!” – degan edi. Bani Isrol avlodlarining bu qilmishlari uchun ularga xorlik va zorlik tamg‘asi urildi hamda Allohning g‘azabiga duchor boʻldilar. Bunga esa, Allohning oyatlarini inkor qilganlari va payg‘ambarlarni nohaq oʻldirganlari sabab boʻldi. Yana bir sababi esa, ularning isyon qilganlari va haddan oshganlari edi.
Alloh sizlarga oʻlimtikni, qonni, choʻchqa goʻshtini hamda Allohdan boshqasiga atab soʻyilgan jonliqlarni qatʼiy harom qildi. Bordi-yu kimda-kim nochor holda ulardan yeyishga majbur qolsa, haddan va meʼyordan oshmay ozgina yesa unga gunoh boʻlmaydi. Darhaqiqat, Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamatli boʻlgan – Rahim Zotdir.
Alloh sizlarga oʻlimtikni, qonni, choʻchqa goʻshtini hamda Allohdan boshqasiga atab soʻyilgan jonliqlarni qatʼiy harom qildi. Bordi-yu kimda-kim nochor holda ulardan yeyishga majbur qolsa, haddan va meʼyordan oshmay ozgina yesa unga gunoh boʻlmaydi. Darhaqiqat, Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamatli boʻlgan – Rahim Zotdir.
Kufr yoʻlida yurganlarga oʻtkinchi dunyo hayoti chiroyli qilib koʻrsatib qoʻyilgan va ular iymon keltirganlarning ustidan masxara qiladilar. Holbuki, Allohdan qoʻrqqan kimsalarning qiyomat kunidagi darajalari ulardan koʻra ustundir. Alloh Oʻzi istagan kimsaga behisob rizq beradi.
Agar er uni uchinchi marta taloq qilsa, ayol to boshqa er bilan nikohlanmaguncha unga halol boʻlmaydi. Agarda keyingi er ham uni taloq qilsa, avvalgi er va xotin endi bu safar Allohning belgilab qoʻygan hududlarini oʻz joyiga qoʻyishlariga koʻzlari yetsa, u holda qaytib yana nikohlanishlarida gunoh yoʻqdir. Mana bular Allohning qoʻygan hududlaridir. Ularni fahmlaydigan qavmlar uchun bayon qiladi.
Sizlardan vafot etayotib, orqalarida ayollarni qoldirayotgan kimsalar xotinlariga bir yilgacha erining uyidan chiqarilmagan holda hayot kechirib, taʼminlanishlari uchun vasiyat qoldirib ketsinlar. Agar ular oʻz roziliklari bilan uydan chiqib ketib, oʻzlarining keyingi hayotlari haqida yaxshilik istab qilgan ishlarida sizlarga gunoh yoʻqdir. Alloh izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi – Hakim Zotdir.
Allohning oyatlarini inkor qilib kufr keltiradigan, payg‘ambarlarni nohaq qatl qiladigan va insonlar orasidagi haq va adolatga buyuruvchi solih kimsalarni oʻldiradigan zolimlarga oxiratdagi alamli azob bashoratini bering.
Sen kechani kunduzga kiritasan va kunduzni kechaga aylantirib kiritasan hamda oʻlikdan tirikni chiqarasan va tirikdan oʻlikni chiqarasan. Oʻzing xohlagan kishingni behisob rizqlantirasan.
Shunday qilib, Robbisi uni nazr uchun chiroyli qabul qilib, uni goʻzal nabotot kabi yetishtirib parvarishladi va qaramog‘iga Zakariyoni kafil qildi. Har safar Zakariyo Maryamning oldiga, yaʼni ibodatxonadagi mehrobga kirganida, yonida rizq-nasiba tayyor turganini koʻrar edi. Shunda Zakariyo: “Ey Maryam, bular senga qaerdan keldi?” – deb soʻrasa, Maryam: “Bular Allohning huzuridan keldi. Albatta, Alloh xohlagan kishisiga behisob rizq beradi”, – deb aytgan edi.
Yoki ular Allohning haq dinidan oʻzga dinni xohlaydilarmi?! Axir osmonlaru Yer yuzidagi barcha narsalar Unga istar istamay boʻyin egib, taslim boʻlgan-ku. Hamda barchalari Uning huzuriga qaytariladilar.
Kimda-kim Islomdan tashqari boshqa dinni tanlasa, bilib qoʻysin, uning bu xohishi hargiz qabul qilinmaydi. Hamda u oxiratda bu tanlovi tufayli ziyon koʻruvchilardan boʻladi.
Ular Allohning va musulmon insonlarning himoya tizginida boʻlmagan taqdirlarida, qaerda boʻlsalar ham, xorlikka mahkumdirlar. Ular Allohning g‘azabiga duchor boʻldilar. Hamda ularga xorlik tamg‘asi urib qoʻyilgandir. Buning sababi esa, Allohning oyatlarini inkor qilishlari va payg‘ambarlarni nohaq oʻldirishlaridir. Shuningdek, ularning qilgan isyonlari va haddan oshganlari sababidandir.
Keyin bu g‘amning ketidan sizlarga bir omonlik uyqu holatini tushirib, siz moʻminlardan boʻlgan bir toifani bu tuyg‘u qamrab oldi. Munofiqlardan boʻlgan boshqa toifa esa jon talvasasiga tushib, Alloh haqida johilona fikrlari bilan nohaq gumonda boʻlar edilar. Ular: “Oʻzi bizga bu ishdan nima foyda?!” – derdilar. Ey Rasulim, ularga: “Barcha ishlar Allohga oiddir”, – deb ayting. Ular sizga oshkor qilmagan munofiqliklarini ichlarida yashirib yuradilar. Hamda ular: “Agar bizda bu ish yuzasidan tanlov boʻlganida edi, bu yerda oʻldirilmas edik”, – deydilar. Ey Rasulim, ularga: “Agar uylaringizda oʻtirgan boʻlsangiz ham, oʻldirilishi Alloh tomonidan yozilgan kishilar mutlaqo halokat joylariga kelib qolgan boʻlar edilar. Alloh bu mag‘lubiyatni koʻngillaringizdagi iymon yoki nifoqni sinash va qalblaringizdagi kirlarni tozalash uchun qildi. Shubhasiz, Alloh koʻngillardagi yashiringan narsalarni ham biluvchi Zotdir.
Qasam boʻlsinki, Alloh ularning “Albatta, Alloh faqir, biz esa boymiz”, – degan gaplarini eshitdi. Ularning bu aytgan gaplarini va payg‘ambarlarni nohaq oʻldirganlarini tezda yozib qoʻyamiz. Qiyomat kunida esa ularga: “Kuyduruvchi jahannamning azobini totib koʻringlar”, – deb aytamiz.
Agar xotinlaringizning farzandi boʻlmasa ular qoldirgan merosdan yarmi sizlarga tegadi. Bordi-yu ularning farzandlari boʻlsa, sizlarga ular qoldirgan merosdan toʻrtdan bir ulush tegadi. Bu taqsimotlar u marhumalarning qilgan vasiyati yoki qarzi adosidan keyin ijro etiladi. Agar farzandlaringiz boʻlmasa u xotinlarga sizlar qoldirgan merosning toʻrtdan bir ulushi tegadi. Bordi-yu farzandingiz boʻlsa, ularga siz qoldirgan merosning sakkizdan bir ulushi tegadi. Bu taqsimotlar sizlar qilgan vasiyat yoki qarz adosidan keyin ijro etiladi. Agar marhum erkak yoki ayol kimsasiz, yaʼni ota-onasi ham, farzandlari ham boʻlmay, bitta aka yoki uka yoxud opa yoki singlisi qolgan boʻlsa, ularning ikkovidan har biriga oltidan bir hissa tegadi. Agar ular bundan koʻp boʻlsalar, ular merosning uchdan biriga sherik boʻladilar. Bu taqsimotlar merosxoʻrlarga zarar bermaydigan holda, qilingan vasiyat va qarzlar ado etilgandan keyin Allohning amriga binoan ijro qilinadi. Albatta, Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va bandalariga marhamatli boʻlgan – Halim Zotdir.
Shuningdek, sizning qoʻlingizda urushda asirga tushib mulk boʻlgan joriyalardan tashqari, eri boʻlgan ayollarni ham nikohingizga olish harom qilindi. Bu sizlarga Allohning yozgan hukmlaridir. Mana shu zikr qilinganlardan boshqa ayollarga oriyatli boʻlib, zinokor boʻlmagan holingizda mollaringizdan mahr berib ularni nikohga olishni istashingiz sizlar uchun halol qilindi. Shunday ekan, agar nikohingizga olib ulardan foydalangan boʻlsangiz, belgilangan mahrlarini beringiz. Belgilangan mahrdan keyin oʻzaro kelishsangiz, hamda xotin oʻz mahridan voz kechsa u holda sizlar uchun gunoh yoʻqdir. Albatta, Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi – Hakim Zotdir.
Agar sizlardan kimda-kim hur moʻmina ayollarni nikohiga olishga moddiy imkon topmasa unda, qoʻl ostingizdagi moʻmina joriyalarga uylaninglar. Alloh iymonlaringizni eng yaxshi biluvchi Zotdir. Zero, sizlar bir-biringizdan tarqagandirsizlar. U joriyalardan or-nomusli, fohishalik qilmaydigan va yashirincha jazman tutmaydiganlariga egalarining ruxsati bilan mahrlarini yaxshilik bilan berib nikohingizga olaveringlar. Bordi-yu ular nikohlangandan keyin fohishalik qilsalar, ularga hur ayollarga beriladigan jazoning yarmi tatbiq qilinadi. Bu joriyalarga uylanish xotinsizlikdan mashaqqat chekadigan kimsalar uchundir. Agarda uylanmay qiyinchiliklarga sabr qilsangiz, bu siz uchun yaxshidir. Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Yahudiy boʻlgan kimsalar orasida kalimalarni oʻz oʻrnidan oʻzgartirib aytadiganlari ham bor. Ular atayin tillarini burib va dinga taʼna qilgan holda: “Qulog‘imiz bilan eshitdik va lekin qalbdan itoat qilmadik, eshit, ey soʻzlari eshitilmay qolgur va mazax qilib “roino”, – der edilar. Agarda ular bu gap oʻrniga: “Eshitdik va itoat qildik, eshiting va bizga ham nazar qiling”, – deganlarida oʻzlari uchun yaxshi hamda eng toʻg‘risi shu boʻlar edi. Lekin Alloh ularni kufrlari sababli laʼnatlagan. U yahudiylardan, faqat kam qismigina iymon keltiradi xolos.