Odamlar: “Allohga iymon keltirdik”, – deyishlari bilangina, imtihon qilinmay, shundoq tashlab qoʻyiladilar deb oʻyladilarmi?
Siz qidirgan ف ت ن masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 60 ta oyat mavjud.
fitnayiz, va fitna, fitna, fitnaga, sizga bir yomonlik qilishlaridan, chalg'itish, seni chalg'itirishlaridan, bir fitna, ularning choralari, biz sinab ko'rdik
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Odamlar: “Allohga iymon keltirdik”, – deyishlari bilangina, imtihon qilinmay, shundoq tashlab qoʻyiladilar deb oʻyladilarmi?
Biz ulardan oldingi iymonli kishilarni ham sinovdan oʻtkazganmiz. Bas, bu sinov orqali Alloh iymonida sodiq kishilarni ham biladi, shuningdek, yolg‘onchilarni ham aniq biladi.
Odamlar orasida shunday kimsalar ham borki, ular: “Allohga iymon keltirdik”, – deydilar-da, agar Alloh yoʻlida ozorlansalar, odamlarning bu fitnalarini Allohning azobidek qabul qiladilar. Qasam boʻlsinki, agar Robbingiz tomonidan yordam kelsa, shubhasiz, ular: “Albatta, bizlar sizlar bilan birga edik”, – deydilar. Axir, Alloh barcha olamlarning dillaridagi narsalarni juda yaxshi biluvchi emasmi?!
Agar munofiqlarning ustiga Madinaning turli tomonlaridan bostirib kirilsa, soʻngra ulardan musulmonlarga xiyonat qilish uchun fitna talab qilinsa, aniqki, ular koʻp oʻylanib turmasdan xiyonatga rozilik bergan boʻlar edilar.
Haqiqatan, Biz bu zaqqum daraxtini zolimlar uchun fitna qilib qoʻydik.
U Zotga qarshi fitnaga soluvchi emassizlar.
Dovud ikkinchi daʼvogarni tinglamay turib: “Darhaqiqat, u sening qoʻyingni oʻz qoʻylariga qoʻshib olishni soʻrab senga zulm qilibdi. Darvoqe, koʻp doʻstlar bir-birlariga zulm qiladilar. Faqat iymon keltirgan va yaxshi amallarni qilgan kishilargina zulm qilmaydilar. Ular esa juda ozdirlar”, – dedi. Dovud uni imtihon qilganimizni bilib qoldi va darhol Robbisidan shoshib hukm chiqargani uchun mag‘firat soʻradi va sajdaga egilgan holida yerga yiqilib, tavba qildi.
Sulaymonni imtihon qildik va uning taxti ustiga bir jonsiz jasadni tashladik. Keyin u tavba qildi.
Bas, qachonki, insonga biror ziyon yetsa, darhol Bizga duo qiladi. Soʻngra, unga, Biz tomondan biror neʼmat ato etsak, endi u: “albatta, bu neʼmat menga ilmim tufayli berildi”, – deydi. Yoʻq, lekin u sinov edi, faqat ularning aksariyati uning imtihon ekanini bilmaydilar.
Biz ulardan oldin firʼavn qavmini ham imtihon qilganmiz va ularga bir sharofatli payg‘ambar kelgan edi.
U kun ular doʻzaxda sinaladigan kundir.
Oʻshanda ularga: “Sinovingizni totinglar! Sizlar dunyoda ekaningizda uni shoshtirgan narsa mana shudir!” – deyiladi.
Biz ularni sinash uchun bir tuya yuboruvchimiz. Bas, ey Solih, sen ularni kuzat va ozorlariga sabr qilib tur.
Ular moʻminlarga: “Biz dunyoda sizlar bilan birga emasmidik”, – deb nido qilganlarida, moʻminlar: “Ha, lekin sizlar oʻzlaringizni fitnaga soldinglar va bizlarga musibat yetishiga koʻz tutdinglar hamda dinimiz toʻg‘risida gumonda boʻldinglar va Allohning amri boʻlgan oʻlim kelguncha xomxayollar sizlarni aldab yurdi. Sizlarni Alloh haqida yolg‘onchi shayton ham aldab qoʻydi” – deydilar.
Ey Robbimiz, Bizni kufr keltirgan kimsalarga fitna qilib qoʻymagin, bizni mag‘firat qil! Ey Robbimiz, albatta, Sen izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotsan.
Mol-davlatlaringiz va farzandlaringiz faqat bir sinovdir. Allohning huzurida esa ulkan ajr bordir.
Qaysilaringiz majnun ekaningizni koʻrasizlar.
Bu bilan ularni sinagan boʻlar edik. Kimki Robbisining zikri boʻlgan Qurʼondan yuz oʻgirsa, uni qiyin azobga yoʻllaydi.
Biz doʻzax sohiblarini qoʻriqchi qilib, faqat farishtalardan qildik va Biz faqat kufrga ketgan kimsalarni sinash uchun ularning sanog‘ini oʻn toʻqqizta qildik. Toki kitob berilgan kimsalar aniq bilsinlar va iymon keltirgan kimsalarning iymonlari yanada ziyoda boʻlsin hamda kitob berilgan kimsalar ham, moʻminlar ham bu xususda shak-shubha qilmasinlar. Yana dillarida munofiqlik illati boʻlgan kimsalar va kofirlar: “Bu misol bilan Alloh nima demoqchi?” – deyishlari uchun shunday qildik. Alloh Oʻzi xohlagan kimsalarni mana shunday yoʻldan ozdirib qoʻyadi va Oʻzi xohlagan kishilarni toʻg‘ri yoʻlga hidoyat qiladi. Robbingizning qoʻshinlari boʻlgan farishtalarning adadi va sifatini yolg‘iz Uning Oʻzi biladi. U jahannam insoniyat uchun bir eslatmadir.
Albatta, moʻmin va moʻminalarni fitnaga solib, soʻngra tavba qilmagan kimsalarga jahannam azobi va ular uchun yonish azobi bordir.