Dunyoda sizlarga bergan mol-dunyolarni orqangizda tark qilib, sizlarni birinchi marta qanday yaratgan boʻlsak, yana shunday yolg‘iz holda Bizning huzurimizga keldingiz. Oʻz orangizda ular, albatta, Allohga “sherikdirlar”, – deb gumon qilgan himoyachilaringizni ham yoningizda koʻrmayapmiz. Ular bilan oʻrtalaringizdagi aloqa uzilib qoldi va ularni iloh deb gumon qilganlaringiz birdan yoʻq boʻlib qoldi.

