Ey Rasulim, sizdan mast qiluvchi ichkilik va qimor oʻynash haqida soʻraydilar. Ularga: “U ikki narsada katta gunoh va shu bilan birga, odamlar uchun baʼzi manfaatlar ham bor. Lekin u ikkisining gunohi foydasidan koʻra kattaroqdir”, – deb ayting. Sizdan yana nimalarni ehson qilishni soʻraydilar. Ularga: “Ehtiyojingizdan ortganini ehson qiling”, – deb javob bering. Shu tariqa, Alloh sizlarga dunyo va oxirat haqida tafakkur qilishingiz uchun Oʻz oyatlarini bayon qilib boradi.

