Yahudiylar va nasroniylar: “Allohning oʻg‘li bor”, – dedilar. Subhanalloh, Alloh bunday sifatdan pokdir. Aksincha, koʻklardagi va Yer yuzidagi hamma narsa Uning mulkidir. Barcha maxluqotlar Unga qullik qilib, boʻyin eguvchidir.
Siz qidirgan ق ن ت masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 13 ta oyat mavjud.
bo'yin egdi, chin dildan bog'lanish va hurmat bilan, va chin dildan itoat qiluvchilar, qo'l qovushtirib tur, itoatkor bo'lib, Unga itoat qiluvchi, itoat qilmoqdalar, itoatga davom etsa, toatga davom etuvchi erkaklar, va toatga davom etuvchi ayollar
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Yahudiylar va nasroniylar: “Allohning oʻg‘li bor”, – dedilar. Subhanalloh, Alloh bunday sifatdan pokdir. Aksincha, koʻklardagi va Yer yuzidagi hamma narsa Uning mulkidir. Barcha maxluqotlar Unga qullik qilib, boʻyin eguvchidir.
Ey moʻminlar, barcha namozlarga va xususan oʻrta namozga ahamiyat qilib, muhofaza qilinglar. Hamda Allohga itoatkor holda turinglar.
Ular musibatlarga sabr qiluvchi, iymonlariga sodiq qoluvchi, din amrlariga chin dildan itoat qiluvchi, xayru ehson va nafaqa qiluvchi va sahar vaqtlarida Robbilaridan qoʻl ochib mag‘firat tilovchilardir.
Yana ular: “Ey Maryam, Robbingga chin koʻngildan itoat qil, sajda qil va ruku qiluvchi moʻminlar bilan birga ruku qil”, – degan edilar.
Erkaklar ayollar ustidan rahbardirlar. Buning sababi Alloh baʼzilarini baʼzilaridan maʼlum xususiyatga koʻra afzal qilib yaratishi hamda erkaklar ishlab topgan mol-mulklaridan oʻz oilalari uchun sarf-xarajat qilib turishlaridir. Soliha ayollar esa itoatkor boʻlganlaridir. Hamda Alloh ayollarning haqini qanday muhofaza qilgan boʻlsa, ular ham erlari yonlarida boʻlmaganida mol-mulklarini, sir-asrorlarini va oʻz iffatlarini shunday himoya qiluvchilardir. Agarda u xotinlarning isyon qilib sizga bosh koʻtarishlaridan qoʻrqsangiz, oldin ularga chiroyli nasihat qilinglar. Nasihat kor qilmasa ularni yotoqlarda yolg‘iz tark qilib, ulardan uzoq turinglar. Bordi-yu unda ham boʻlmasa, u holda sekingina uringlar. Biroq sizga itoat qilsalar, ularga qarshi boshqa bahona qidirib, yoʻl axtarmanglar. Albatta, Alloh eng ustun boʻlgan – Aʼliy va barchadan ulug‘ boʻlgan – Kabir Zotdir.
Albatta, Ibrohim Allohga itoat qiluvchi, haq yoʻldan toymaydigan hanif bir ummat edi va u mushriklardan emas edi.
Osmonlar va Yerdagi barcha jonzotlar Unikidir. Hammasi Unga boʻyin eguvchidir.
Sizlardan kim Alloh va Uning Payg‘ambariga itoat qilsa hamda solih amal qilsa, Biz mukofotini ikki barobar qilib beramiz va uning uchun jannatda goʻzal rizq tayyorlab qoʻyganmiz.
Albatta, muslim va muslimalar, moʻmin va moʻminalar, itoatli erkaklar va itoatli ayollar, sadoqatli erkaklar va sadoqatli ayollar, sabrli erkaklar va sabrli ayollar, tavozeli erkaklar va tavozeli ayollar, sadaqa qiluvchi erkaklar va sadaqa qiluvchi ayollar, roʻza tutuvchi erkaklar va roʻza tutuvchi ayollar, avratlarini haromdan saqlovchi erkaklar va avratlarini haromdan saqlovchi ayollar, Allohni koʻp zikr qiluvchi erkaklar va Allohni koʻp zikr qiluvchi ayollar – ana ular uchun Alloh mag‘firat va ulkan mukofot tayyorlab qoʻygandir.

Yoki kechalari sajda qilgan va tik turgan holda ibodat qiluvchi, oxiratdan qoʻrqadigan va Robbisining rahmatidan umidvor boʻladigan kishi kofir holda yashagan kimsa bilan barobar boʻladimi?! Ey Rasulim ularga: “Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng boʻladimi?!” – deb ayting. Albatta, bulardan faqat aql egalari eslatma oladilar.
Uning Robbisi agar u sizlarni taloq qilsa unga sizlardan yaxshiroq juftlarni muslima, moʻmina Alloh va Uning payg‘ambariga itoat qiluvchi, tavba qiluvchi, ibodat qiluvchi, mudom Allohning yoʻlida yuruvchi juvon va qizlarni almashtirib berishi mumkin.
Yana nomusini pok saqlagan Imron qizi Maryamni ham misol keltirdi. Bas, Biz Oʻz ruhimizdan unga pufladik va u Isoga homilador boʻldi. U Parvordigorining soʻzlarini va kitoblarini tasdiq qildi hamda Allohning amriga itoat qiluvchilardan boʻldi.