Agar sizga Alloh biror bir zarar yetkazsa, u musibatni Oʻzidan boshqa olib tashlovchi yoʻqdir. Shuningdek, sizga biror yaxshilik yetkazsa, bilingki, U har narsaga kuchi yetadigan Zotdir.
Siz qidirgan ك ش ف masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 20 ta oyat mavjud.
ochadi, U ham ko'taradi, ko'tarsang, biz ko'tarsak, ketkazganimizda, ko'tardik, ketkazadi, ko'targani, ketkazishga, va ko'tardik
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Agar sizga Alloh biror bir zarar yetkazsa, u musibatni Oʻzidan boshqa olib tashlovchi yoʻqdir. Shuningdek, sizga biror yaxshilik yetkazsa, bilingki, U har narsaga kuchi yetadigan Zotdir.
Yoʻq, Uning oʻzigagina iltijo qilgan boʻlardinglar. Alloh xohlasa, balodan qoʻrqib iltijo qilayotganingizni daf qiladi. Sizlar esa shirk keltirib yurganlaringizni unutib yuborasizlar.
Ularning ustiga shiddatli azob tushgach: “Ey Muso, senga bergan ahdi haqi bizlar uchun Robbingga duo qil, bizlardan bu baloni olib tashlasin! Agarda bizlardan bu baloni koʻtarsang, albatta, biz senga ishonamiz. Hamda sen bilan birga bani Isroil avlodlarini oʻlkalariga chiqarib yuboramiz”, – dedilar.
Ular yetib boradigan muayyan muddatga qadar vaqtinchalik ustilaridan azobni olib tashladik. Lekin yana ular bergan ahdlarini buzmoqda edilar.
Agar insonga biror bir zarar yetsa, yotgan, oʻtirgan yoki turgan holida ham Bizga iltijo qiladi. Bas, vaqti kelib undan zararini ketkazsak, goʻyo unga yetgan zararidan Bizga duo qilmagandek ketaveradi. Shunday qilib, tajovuzkor isrofchilarga qilayotgan ishlari chiroyli qilib qoʻyildi.
Qani endi, halok boʻlgan qishloqlar ichida biror-bir qishloq ahli payg‘ambarlari ogohlantirganida azobni sezib, iymon keltirsalar edi, albatta, iymonlari foyda berib halok boʻlmagan boʻlar edilar. Faqatgina Yunus payg‘ambarning qavmi shunday qildi. Ular iymon keltirishgach, ulardan bu dunyo hayotidagi xorlik azobini ketkazdik va ularni oʻz ajallari bilan vafot etadigan maʼlum bir vaqtgacha dunyoda foydalantirdik.
Agar Alloh sizga biror zarar yetkazsa, bas, Oʻzidan boshqa uni ketkaza oladigan kuch yoʻqdir. Agar sizga biror yaxshilik yetkazishni istasa, Uning fazlini qaytaruvchi hech qanday kuch ham yoʻqdir. Alloh Oʻzi xohlagan bandalariga yaxshilikni yetkazadi. U gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Soʻngra Alloh sizlardan oʻsha musibatni daf etgach, sizlarning orangizdan bir toʻda chiqib yana Robbilariga shirk keltiradilar.
Ey Muhammad, mushriklardan: “Undan oʻzgani iloh deb oʻylagan maʼbudalaringizga iltijo qilib koʻringlarchi, ular sizlardan biror zararni ketkaza olarmikinlar yoki uni boshqa tomonga burib yubora olarmikinlar?!” – deb soʻrang.
Bas, Biz uning duosini ijobat qilib, undagi zahmatni ketkazdik. Hamda Oʻz huzurimizdan rahmat qilib, ibodat qiluvchilarga eslatma boʻlsin, deb Ayyubga oilasini va ular bilan qoʻshib, yana ularning barobaricha ahlu avlod ato qildik.
Agar Biz ularga rahm qilsak va ulardagi zararni aritsak, shubhasiz, ular yana oʻz tug‘yonlarida tentirab yurgan boʻlar edilar.
Malikaga: “Endi, saroyga kir”, – deyildi. Bas, u saroyni koʻrgach, uni suv toʻlqini deb oʻylab, etagini koʻtarib, oyoqlarini ochdi. Sulaymon unga: “Bu billur shishadan yasalgan silliq qasrdir”, – dedi. Shunda malika: “Ey Robbim, darhaqiqat, men quyoshga sig‘inish bilan oʻzimga zulm qilibman, endi Sulaymon bilan birga olamlar egasi Allohga bosh egdim”, – dedi.
Yoki nochor odam duo qilgan paytda duosini ijobat qiladigan va undan yomonlikni ketkazadigan hamda sizlarni Yer yuzining oʻrinbosarlari qiladigan Zot yaxshiroqmi?! Alloh bilan birga yana biror iloh bormi?! Bu oʻgitlardan juda kam eslatma olasizlar!
Qasam boʻlsinki, agar siz ulardan: “Osmonlar va Yerni kim yaratgan”, – deb soʻrasangiz, ular, albatta: “Alloh”, – deydilar. Ularga: “Qani, xabar beringlar-chi, agar Alloh menga biror ziyon yetkazishni istasa, sizlar Allohdan oʻzga iltijo qilayotgan butlaringiz Uning ziyonini arita oluvchimilar? Yoki Alloh menga biror marhamat qilishni iroda qilsa, oʻsha butlar Uning marhamatini ushlab qoluvchimilar?!” – deb ayting. Ey Rasulim, ularga: “Menga Allohning Oʻzi yetarlidir. Tavakkul qiluvchilar faqat Unga suyanadilar”, – deng.
Bas, qachonki, Musoning duosi sharofati bilan ulardan azobni aritsak, birdan ular oʻz ahdlarini buza boshlar edilar.
Ey Robbimiz, bizlardan bu azobni koʻtargin. Albatta, bizlar iymon keltiruvchilarmiz.
Biz bu azobni sizlardan biroz arituvchimiz, sizlar esa albatta, yana kufrga qaytuvchisizlar.
Ey inson, sen bu dahshatli kunda g‘aflatda eding. Bas, Biz sendan koʻzingdagi pardangni ochib yubordik. Endi, bugun koʻzing juda oʻtkirdir.
Uning uchun Allohdan oʻzga sirlarini ochuvchi yoʻqdir.
Boldirlar ochilib ishlar qiyinlashadigan va sajda qilishga chaqirilganda, lekin sajdaga kuchlari yetmay qoladigan kunni eslang!