Sizlar oldin yoʻq boʻlib, oʻlik ekanligingizda sizga hayot ato etgan, soʻngra yana joningizni olib, vafotingizdan keyin qayta tiriltiradigan, soʻngra yana Uning huzuriga qaytariladigan Allohni qanday qilib inkor qilasizlar?!
Siz qidirgan ك ي ف masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 83 ta oyat mavjud.
qanday, kabi, unda qanday (bo'ladi)?, va qanday?, va qanday, (hollari) qanday bo'ladi?, endi qanday, qanday?, nimalar, ammo qanday
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Sizlar oldin yoʻq boʻlib, oʻlik ekanligingizda sizga hayot ato etgan, soʻngra yana joningizni olib, vafotingizdan keyin qayta tiriltiradigan, soʻngra yana Uning huzuriga qaytariladigan Allohni qanday qilib inkor qilasizlar?!
Yoki yana boshqa bir kishi haqidagi xabarni bilmaysizmi? U kimsa tomlari bosib vayronaga aylangan va huvillab qolgan bir qishloqdan oʻtib ketayotganda oʻziga oʻzi: “Alloh xarobaga aylanib oʻlgandan keyin bu qishloq aholisini qanday qilib qayta tiriltirarkin-a?!” – dedi. Shunda Alloh uni oʻldirib, yuz yil muddatga shu holda tashlab qoʻydi. Yuz yildan keyin uni qayta tiriltirib: “Necha yil shu oʻlik holda yotding?” – dedi. U esa: “Bir kun yoki yarim kun”, – deb javob berdi. Alloh unga: “Yoʻq, sen yuz yil oʻlik holda yotding. Ana taoming va ichimligingga qaragin, buzilib oʻzgarmagan. Endi eshagingga qara, chirib yotibdi. Bunday hodisani koʻrsatishdan maqsad seni insonlarga ibrat qilib koʻrsatishdir. Bu suyaklarni qanday qilib tiklab, keyin ularga goʻsht qoplab, kiydirishimizni koʻrgin”, – dedi. Unga Allohdan boʻlgan moʻʼjiza ochiq-oydin maʼlum boʻlgach: “Albatta, Alloh hamma narsaga kuchi yetadigan Zot ekanini bilaman”, – dedi.
Ey Muhammad, “Bir zamonlar Ibrohim payg‘ambarning Robbim menga oʻliklarni qanday qilib tiriltirishingni koʻrsat”, – deganini eslang. Oʻshanda Alloh: “Nima, tiriltirishimga ishonmaysanmi?” – degan. Keyin Ibrohim: “Yoʻq, albatta, ishonaman, lekin qalbim yanada xotirjam boʻlishi uchun soʻradim”, – deb aytgan. Alloh unga: “Unday boʻlsa, qushlardan toʻrt xilini ushlaysan va ularni oʻzingga oʻrgatib, keyin kesib maydalaysan. Soʻngra ulardan biror boʻlakni har bir tog‘ boshiga alohida qoʻyib chiqib, yoningga chaqirgin. Ana oʻshanda qushlar tirik holda, senga harakatlanib keladi. Shubhasiz, Alloh izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi – Hakim Zot ekanini bilgin”, – dedi.
U sizlarga hali onalaringizning qorinlarida ekanligingizda shakl beradigan Zotdir. Undan oʻzga hech qanday iloh yoʻqdir. U izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi – Hakim Zotdir.
Haq ekanligiga unda hech qanday shubha boʻlmagan qiyomat kunida ularni toʻplaganimizda va hech bir nafsga zulm qilinmay qilgan ishiga yarasha toʻliq jazo va mukofot berilganda, hollari qanday kechar ekan?!
Iymon keltirib, Rasulni, shubhasiz, haq deb guvohlik berganlaridan va oʻzlariga ochiq-ravshan dalillar kelganidan keyin ham inkor qilib kufr keltirgan qavmni Alloh qanday qilib toʻg‘ri yoʻlga boshlasin?! Alloh zolim qavmlarni hidoyatga yetaklamaydi.
Sizlarga Allohning oyatlari oʻqib turilgan va orangizda Uning Rasuli boʻlgani holda qanday qilib kufr keltirasizlar?! Kimki Allohning dinini mahkam tutsa, darhaqiqat, u toʻg‘ri yoʻlga hidoyat qilinibdi.
Darhaqiqat, sizlardan oldin ham ibratli voqealar boʻlib oʻtgan. Yer yuzini kezib, sayr qilinglar hamda Allohning oyatlarini yolg‘onga chiqarganlarning oqibati qanday boʻlganiga nazar solinglar.
Axir, bir-biringiz bilan qovushgan boʻlsangiz va u xotinlar sizlardan qatʼiy soʻz olgan boʻlsalar, qaysi yuz bilan uni qaytarib olasizlar?!
Ey Rasulim, qiyomat kunida har bir ummatdan oʻzlarining payg‘ambarlarini guvoh keltirib, sizni esa ularga qarshi shohid qilganimizda u gunohkorlarning ahvoli qanday boʻlarkin?!
Ey Rasulim, ularning Allohga nisbatan qanday yolg‘on toʻqishlarini koʻring. Bu ochiq oydin gunoh ularning jazolanishi uchun kifoyadir.
Oʻz qoʻllari bilan qilgan gunoh ishlari tufayli ularga biror musibat yetgandan keyin sizning oldingizga kelib: “Biz, faqat ezgulikni va orani yaxshilashni istagan edik”, – deb, Alloh nomi bilan qasam ichishlari qanday hol boʻldi?
Shundan keyin nima qilishni bilmay turganda, Alloh unga birodarining murdasini qanday koʻmishni koʻrsatish uchun yerni titayotgan bir qarg‘ani yubordi. Bu holni koʻrib: “Holimga voy boʻlsin, shu qarg‘achalik boʻlishdan ham ojiz qolib, birodarimning murdasini koʻma olmadim-a?!” – deb, qilgan ishiga nadomat qiluvchilardan boʻldi.
Ichida Allohning hukmlari boʻlgan Tavrot oʻzlarining oldilarida boʻla turib, qanday qilib sizdan hukm soʻraydilar? Haqiqatni eshitganlaridan keyin esa sizdan yuz oʻgirib ketadilar. Ular hech ham iymon keltirgan emaslar.
Yahudiylar: “Allohning qoʻli bog‘langandir”, – dedilar. Baxillik qilganlari tufayli oʻzlarining qoʻllari bog‘liq boʻlib qolar va bu aytgan soʻzlari sababli laʼnatlanadilar. Aksincha, Allohning ikki qoʻli ochiqdir. Oʻzi qanday istasa shunday beraveradi. Robbingizdan sizga nozil qilingan Qurʼon ulardan koʻpchiligining tug‘yon va kufrini yanada orttiradi. Ularning oralariga qiyomat kunigacha adovat va nafrat oʻtini solib qoʻyganmiz. Qachonki ular sizlarga qarshi urush olovini yoqsalar, Alloh uni darhol soʻndirib qoʻyadi. Yer yuzida buzg‘unchilik qilishga harakat qiladilar. Alloh fasod tarqatuvchilarni sevmaydi.
Maryam oʻg‘li Iso Masih faqat bir payg‘ambardir. Undan oldin ham qanchadan-qancha Rasullar oʻtgan. Shuningdek, uning onasi Maryam esa iymonda sodiq ayoldir. U ikkovi ham boshqalar kabi taom yer edilar. Ey Rasulim, ularga oyatlarimizni qay yoʻsinda aniq bayon qilib berayotganimizga nazar soling. Shundan keyin ham ularning haqdan qay tomonga yuz oʻgirib ketayotganlarni koʻring.
Ey Rasulim, ularga: “Yer yuzini kezib chiqib, payg‘ambarlarni yolg‘onga chiqarganlarning oqibati qanday boʻlganiga nazar solinglar”, – deb ayting.
Ey Rasulim, oʻzlarini qanday aldaganliklarini va toʻqib olgan narsalarining oʻzlaridan yoʻq boʻlib ketishini koʻring.
Ey Rasulim, ularga: “Qani, aytinglar-chi, agar Alloh quloqlaringizni eshitmaydigan, koʻzlaringizni koʻrmaydigan qilib olib qoʻysa hamda qalblaringizga tamg‘a urib qoʻysa, Allohdan boshqa uni sizga qaytarib beradigan iloh kim ekan?” – deb ayting. Qarang, oyatlarni qanday qilib bayon etmoqdamiz, ular shundan keyin ham haqdan yuz oʻgirmoqdalar.
Ey Rasulim, ularga qarata: “U sizlarning ustingizdan yoki oyoqlaringiz ostidan azob yuborishga yoxud sizlarni turli guruhlarga aralashtirib, bir-biringizning mashaqqatingizni tottirishga ham qodir boʻlgan Zotdir”, – deb ayting. Qarang, fahmlay olsinlar deb, oyatlarni qanday qilib bayon etmoqdamiz.