Ular Alloh Oʻz fazlidan bergan neʼmatlardan xushnuddirlar. Hamda hali ortlaridan yetib kelmagan hayotdagi birodarlariga oxiratda hech qanday xavfu xatar yoʻq va g‘am-tashvish ham chekmasliklari haqida xushxabar bermoqdalar.
Siz qidirgan ل ح ق masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 6 ta oyat mavjud.
hali yetishmagan(lar)ga, va meni qo'sh, qo'shganingiz, qo'shdik, qo'shilmagan
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Ular Alloh Oʻz fazlidan bergan neʼmatlardan xushnuddirlar. Hamda hali ortlaridan yetib kelmagan hayotdagi birodarlariga oxiratda hech qanday xavfu xatar yoʻq va g‘am-tashvish ham chekmasliklari haqida xushxabar bermoqdalar.
Ey Robbim, darhaqiqat, menga podshohlikni berding va yana tushlarning taʼvil va taʼbirlaridan taʼlim berding. Ey osmonlar va Yerni yaratuvchi Zot, Sen bu dunyoda ham oxiratda ham mening Egamdirsan. Umrim tugaganda musulmon holimda jonimni olgin va meni solih bandalaring qatoriga qoʻshgin.
Ey Robbim, menga hikmat ato etgin va meni solih bandalaring qatoriga qoʻshgin.
Yana mushriklarga: “U Zotga qoʻshib olgan sheriklaringizni menga koʻrsatinlar-chi?! Yoʻq, Alloh izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir”, – deb ayting.
Oʻzlari iymon keltirib, zurriyotlari ham ularga iymon bilan ergashgan zotlarga oʻsha zurriyotlarini qoʻshib, ularga qilgan amallaridan biror narsani ham kamaytirmaymiz. Har bir kishi oʻzi kasb qilgan ishi bilan garovga olinuvchidir.
Alloh Muhammadni yana ulardan boshqalarga – dunyoga keyin kelib ularga yetisha olmagan insonlar uchun ham yubordi. U izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.