Mushriklar Allohga jinlarni sherik qildilar. Vaholanki, u jinlarni ham Alloh yaratgandir. Hamda nodonlarcha Unga oʻg‘il va qizlarni ham toʻqib oldilar. Subhanalloh, Alloh ular sifatlayotgan narsalardan munazzah va ulug‘ Zotdir.
Siz qidirgan لَهُ masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 308 ta oyat mavjud.
uning, unikdir, Unga, unga, o'zi, uning uchun bor, o'zi uchun, (bola o'ziga tegishli bo'lgan), (bolaning tegishli bo'lgani), Unikdir
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Mushriklar Allohga jinlarni sherik qildilar. Vaholanki, u jinlarni ham Alloh yaratgandir. Hamda nodonlarcha Unga oʻg‘il va qizlarni ham toʻqib oldilar. Subhanalloh, Alloh ular sifatlayotgan narsalardan munazzah va ulug‘ Zotdir.
Alloh osmonlaru Yerning yaratuvchisidir. Uning rafiqasi boʻlmay turib, bolasi qanday boʻlsin?! U barcha maxluqotni yaratdi. Alloh hamma narsani bilib turuvchi Zotdir.
Alloh osmonlaru Yerning yaratuvchisidir. Uning rafiqasi boʻlmay turib, bolasi qanday boʻlsin?! U barcha maxluqotni yaratdi. Alloh hamma narsani bilib turuvchi Zotdir.
Qalbi oʻlik ekanligida Biz bergan iymon nuri bilan odamlar orasida yuradigan kimsa zulmatlarda qolib undan chiqolmaydigan kimsaning ahvoli kabi boʻla oladimi? Shuningdek, kofirlarga oʻz qilayotgan ishlari chiroyli qilib qoʻyildi.
Ey Rasulim, ularga: “Ey qavmim, qoʻlingizdan kelgan imkoniyatga qarab, buzuq aqidangizga koʻra amal qilaveringlar. Men ham oʻzimga buyurilgandek amal qiluvchiman. Oxirat diyorining chiroyli oqibati kimga nasib qilishini yaqinda bilib olasizlar. Chunki zolimlar, albatta, najot topmaydi”, – deb ayting.
Kimki Allohning huzuriga bir yaxshi amal bilan kelsa, unga uning oʻn misli savob beriladi, kimki bir yomon amal bilan kelsa, unga faqat uning bir mislicha jazo beriladi va ularga nohaqlik qilinmaydi.
Uning aslo sherigi yoʻqdir. Men mana shunga buyurilganman va men Allohga taslim boʻlganlarning avvaliman.
Ey Rasulim, ularga: “Robbim adolatga buyurgan. Har sajda qilinadigan joyda yuzingizni qiblaga toʻg‘irlanglar. U Zotning diniga ibodatingizda xolislardan boʻlib duo qilinglar. Sizlarni avval qanday yaratgan boʻlsa, yana oʻsha holga qaytasizlar.
Shubhasiz, Robbingiz Alloh koʻklarni va Yerni olti kunda yaratgan keyin Arsh uzra hukmron boʻlgan Zotdir. Alloh kunduzga kechani kiritib qoplaydi. Kecha shitob bilan kunduzni quvlab yuradi. Hamda quyosh, oy va yulduzlarni amriga tobe holda yaratgan Zotdir. Ogoh boʻlinglar, yaratish va amr qilish, faqat Unga xosdir. Olamlarning Robbisi boʻlgan Alloh eng ulug‘dir.
Unga Tavrot lavhalarida hamma narsadan oʻgit va barcha narsaning tafsilotini yozib qoʻydik. Ey Muso, uni mahkam ushlab ol. Qavmingga buyruqlarning savobi eng yaxshilarini olishlariga buyur. Yaqinda sizlarga fosiqlar diyorining oqibati nima boʻlganini koʻrsataman.
Tur tog‘iga ketgandan keyin Musoning qavmi oʻzlariga tilla taqinchoqlaridan moʻraydigan bir buzoq haykalini yasab oldilar. Axir uning ularga gapirmasligini yoki biror bir toʻg‘ri yoʻlga boshlamasligini bilmasmidilar? Uni oʻzlariga iloh qilib tutib oldilar va zolimlardan boʻlib qoldilar.
Ey Rasulim, ularga: “Ey odamlar, darhaqiqat, men barchangiz uchun osmonlar va Yerning egasi boʻlgan Allohning elchisiman. Undan oʻzga iloh yoʻqdir. U Zot sizlarga hayot beradi va joningizni oladi. Shunday ekan, Allohga va Uning soʻzlariga ishonadigan Rasul boʻlmish ummiy payg‘ambariga iymon keltiringlar. Unga ergashinglar, shoyad, shunda sizlar toʻg‘ri yoʻlni topasizlar”, – deb ayting.
Alloh kimni toʻg‘ri yoʻldan adashtirgan boʻlsa, uni hidoyatga boshlovchi boʻlmaydi. Alloh unday kimsalarni tug‘yonlarida tentirab yurishlariga bir muddat qoʻyib beradi.
Vaqti kelib, ikkoviga solih bir farzand ato etganidan keyin bergan farzandi xususida Unga sheriklarni nisbat qila boshladilar. Alloh esa ular sherik qilayotgan narsalardan oliy Zotdir.
Ey insonlar, Qurʼon oʻqilganda uni tinglanglar va jim turinglar. Shoyad, shunda Allohning rahmatiga sazovor boʻlsangizlar.
Albatta, Robbingiz huzuridagi farishtalar Unga qullik qilishda takabburlik qilmaydilar. Hamda Unga tasbeh aytib, yolg‘iz Unga sajda qiladilar.
Biror bir Payg‘ambar uchun toki Yer yuzida dushmanlarga zarba berib kuchga toʻlmaguncha asirlarga ega boʻlib, keyin ularni fidya evaziga qoʻyib yuborish toʻg‘ri boʻlmaydi. Siz moʻminlar esa oʻtkinchi dunyoning manfaatini xohlaysiz. Holbuki, Alloh sizlarga oxirat neʼmatlarini berishni xohlaydi. Alloh izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Agar ular chindan ham jangga chiqishni xohlaganlarida, uning uchun tayyorgarlik qilib qoʻygan boʻlar edilar. Lekin Alloh jihodga chiqishlarini xushlamay, ularni dangasa qilib qoʻydi. Oʻzlaridan boʻlgan kimsalar tarafidan: “Ayollar, yosh bolalar va qariyalar kabi oʻtirib qolganlar bilan oʻtiraveringlar”, – deyildi.
Kimki Alloh va Rasulining belgilagan chegaralaridan oshsa, albatta, uning uchun u yerda mangu qoluvchi jahannam otashi boʻlishini bilmadilarmi?! Mana bu katta sharmandalikdir.
Ibrohimning oʻz otasi uchun istig‘for soʻrashi esa faqat unga qilgan vaʼdasi tufayli edi. Unga otasining, shubhasiz, Allohning dushmani ekanligi aniq boʻlgandan keyin undan voz kechdi. Albatta, Ibrohim nola uruvchi qalbi yumshoq insondir.