Sizlar esa shundan keyin ham ahdingizdan yuz oʻgirib ketdingiz. Agarda sizlarga Allohning fazli va marhamati boʻlmaganda edi, shubhasiz, ziyon koʻruvchilardan boʻlib qolar edingiz.
Siz qidirgan لَوْلَا masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 75 ta oyat mavjud.
agar bo'lmaganida, emasmi?, agar, koshki, va bo'lmaganida, kerak emasmi?, hech bo'lmasa, kerak emasmi?, bo'lganida edi!, agar
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Sizlar esa shundan keyin ham ahdingizdan yuz oʻgirib ketdingiz. Agarda sizlarga Allohning fazli va marhamati boʻlmaganda edi, shubhasiz, ziyon koʻruvchilardan boʻlib qolar edingiz.
Bilmaydigan nodon kimsalar: “Alloh bizlarga toʻg‘ridan-toʻg‘ri gapirsa yoki bizga biror-bir alomat kelsa edi”, – deydilar. Ulardan burungilar ham xuddi ularning gaplariga oʻxshash gaplarni aytgandilar. Ularning fikru xayollari, qalblari bir-birlarinikiga oʻxshaydi. Biz barcha alomat va oyatlarni toʻliq ishonadigan odamlar uchun bayon qilib berganmiz.
Shunday qilib, Allohning izni bilan ularning qoʻshinlarini tor-mor qildilar, Dovud esa Jolutni oʻldirdi. Soʻngra Alloh Dovudga podshohlik va hikmat berdi hamda Oʻzi xohlagan ilmlardan taʼlim berdi. Agar Alloh odamlarning baʼzilarini baʼzilari bilan daf qilib turishi boʻlmasa edi, shubhasiz, Yer yuzi fitna-fasodga toʻlib ketardi. Lekin Alloh barcha olamlar ustida fazlu karam Egasidir.
Ey Rasulim, ularga: “Hozircha urush qilishdan tiyilib, namozlarni ado etinglar va zakot beringlar”, – deb ayitilgan kimsalarning holatini koʻrmadingizmi? Vaqti kelib ularga jang farz qilingach, birdaniga ular orasidagi bir qism jamoa odamlardan xuddi Allohdan qoʻrqqandek hatto yanada qattiq qoʻrquv bilan choʻchiy boshladilar. Hamda ular: “Ey Robbimiz, nega bizlarga jangni farz qilding? Uni bizlarga yaqin bir muddatga ortga surib tursang boʻlmasmidi?” – dedilar. Ey Rasulim, ularga: “Oʻtkinchi dunyoning lazzati ozginadir. Allohdan qoʻrqqanlar uchun esa oxirat hayoti afzaldir. Sizlarga qilchalik ham zulm qilinmaydi”, – deb ayting.
Agar u munofiqlarga jang maydonlaridan tinchlik yoki xatarga doir biror bir xabar yetib kelgudek boʻlsa, bemaslahat uni darhol tarqatib yuboradilar. Agarda uni avval Payg‘ambarga va oʻzlaridan boʻlgan amirlarga yetkazganlarida edi, u xabarning asl negizini anglamoqchi boʻlgan kimsalar ulardan soʻrab bilib olar edilar. Agar sizlarga Allohning fazli va marhamati boʻlmaganida ayrim oz kishilardan tashqari koʻpchilik shaytonga ergashib ketgan boʻlar edingiz.
Ey Muhammad, agar sizga Allohning fazli va marhamati boʻlmaganda edi, ulardan bir toifa sizni yoʻldan urib adashtirishga harakat qilardi. Lekin ular faqat oʻzlarini adashtiradilar hamda sizga hech qanday zarar yetkaza olmaydilar. Chunki Alloh sizga ilohiy kitobni va hikmatni tushirdi. Shuningdek, sizga bilmagan narsalaringizni oʻrgatdi. Darhaqiqat, Allohning sizga qilgan lutfi karami ulug‘dir.
Ahli kitob boʻlgan ruhoniylar va ulamolar ularni gunoh gaplarni aytishlaridan va harom topib yeyishlaridan man qilsalar edi?! Ularning bu qilayotgan xatti-harakatlari naqadar yomondir.
Yana ular: “Uni yoniga bir farishta ham tushirilsa edi”, – deydilar. Agarda farishta tushirganimizda edi sizning ishingiz allaqachon bitirilgan boʻlar edi. Soʻngra ularga tavbalari uchun muhlat ham berib oʻtirilmas edi.
Kofirlar: “Unga Robbidan biror bir moʻʼjiza tushirilsa edi”, – deydilar. Ey Rasulim, ularga: “Hech shak-shubhasiz, Alloh moʻʼjiza tushirishga qodir boʻlgan Zotdir”, – deb ayting. Ammo ularning koʻpchiligi moʻʼjizani inkor qilish oqibatlari haqida bilmaydilar.
Koshki, ularga musibatlarimiz kelganida tazarru qilsalar edi. Lekin ularning qalblari qattiq boʻldi va shayton ularga qilayotgan amallarini chiroyli qilib koʻrsatib qoʻydi.
Jannat ahllarining dillaridan gina-kuduratlarni olib tashlaymiz. Ularning taglaridan anhorlar oqib turadi. Ular: “Bizlarni bu neʼmatlarga boshlagan Allohga hamdlar boʻlsin. Agar Alloh bizni bularga boshlamaganida, biz yoʻlimizni topa olmas edik. Robbimizning elchilari haqiqatni keltirgan ekanlar. Mana bu sizlarga qilgan yaxshi amallaringiz uchun meros qilib berilgan jannat deb, nido qilinadi.
Ey Muhammad, agarda ularga biror bir oyat keltirmasangiz sizga: “Uni oʻzing tanlab toʻqib bersayding!” – deydilar. Siz ularga: “Men faqat Robbimdan menga vahiy qilingan oyatlargagina ergashaman. Bu Qurʼon iymon keltiradigan qavmlar uchun Robbingizdan koʻrsatmalar, hidoyat va rahmat manbaidir”, – deb ayting.
Agar Allohning oldindan xatolarni kechirilishi haqidagi bitigi boʻlmaganida, olgan narsalaringiz tufayli ulkan azob yetgan boʻlar edi.
Moʻminlarning hammasi yoppasiga jangga chiqishlari shart emas. Koshki, har bir guruhdan bir nafar toifa boʻlsa-yu, safarga chiqmay dinni chuqur oʻrgansalar va qavmlariga jangdan qaytib kelgan vaqtlarida ularga pand-nasihat qilib ogohlantirsalar.
Avvaliga odamlar islom dinida birlashgan yagona ummat boʻlib, vaqt oʻtishi bilan haq dindan uzoqlashib, keyin ixtilofga tushdilar. Agarda Robbingizdan qiyomatgacha muhlat berish haqida soʻz oʻtmaganida, oralarida tortishayotgan narsalari haqida allaqachon hukm qilingan boʻlar edi.
U Muhammadga Robbisi tomonidan biz ishonishimiz uchun biror moʻʼjiza tushirilsa edi!” – deydilar. Bas, ularga: “Albatta, g‘ayb ishlari Allohga xosdir. Kutib turinglar, men ham sizlar bilan birga kutib turuvchilardanman”, – deb ayting.
Qani endi, halok boʻlgan qishloqlar ichida biror-bir qishloq ahli payg‘ambarlari ogohlantirganida azobni sezib, iymon keltirsalar edi, albatta, iymonlari foyda berib halok boʻlmagan boʻlar edilar. Faqatgina Yunus payg‘ambarning qavmi shunday qildi. Ular iymon keltirishgach, ulardan bu dunyo hayotidagi xorlik azobini ketkazdik va ularni oʻz ajallari bilan vafot etadigan maʼlum bir vaqtgacha dunyoda foydalantirdik.
Ey Rasulim, ehtimol, siz mushriklarning: “Unga osmondan xazina tushirilsa yoki u bilan birga uning payg‘ambar ekanligini tasdiqlovchi bir farishta kelsa boʻlmaydimi?” – deb gapirishlari sababli unga qalbingiz siqilib, sizga vahiy qilinayotgan oyatlarning ayrimlarini ularga yetkazishni tark qilmoqchidursiz. Siz faqatgina bir ogohlantiruvchisiz Alloh esa barcha narsaga vakildir.
Qavmi unga: “Ey Shuʼayb, sening aytayotganlaringdan koʻpini tushunmayapmiz va biz seni oramizdagi bir ojiz inson ekaningni koʻrib turibmiz. Agar yoningda qarindoshlaring boʻlmaganida, seni toshboʻron qilgan boʻlar edik. Sen biz uchun hurmatli odam emassan”, – dedilar.
Darhaqiqat, Biz Musoga ham kitob bergan edik. Bas, u haqda ixtilof qilindi. Agar Robbingizdan qiyomatgacha muhlat haqidagi soʻz oʻtmaganda edi, ularning oralarida shu dunyoning oʻzida hukm qilinar edi. Albatta, u mushriklar u haqda shubha beruvchi gumondalar.