Hamda Ismoil, al-Yasaʼ, Yunus va Lut payg‘ambarlarni ham hidoyatga yoʻlladik. Barchalarini butun olamlar uzra afzal qildik.
Siz qidirgan لُوطٍ masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 27 ta oyat mavjud.
va Lutga ham, va Lutni ham (yubordik), Lut, Lutga, va Lutni, va Lutga, va Lut, Lutning
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Hamda Ismoil, al-Yasaʼ, Yunus va Lut payg‘ambarlarni ham hidoyatga yoʻlladik. Barchalarini butun olamlar uzra afzal qildik.
Lut payg‘ambar ham oʻz qavmiga: “Sizlardan avval olamda uni hech kim qilmagan buzuq ishni qilasizlarmi?” – deganini eslang.
Farishtalar unga qoʻl uzatishmaganini koʻrgach, Ibrohim ulardan yotsiradi va ulardan qattiq qoʻrqib ketdi. Ular: “Qoʻrqma, ey Ibrohim, farishtalar taom yemaydi biz Lut qavmini halok qilishga yuborilganmiz”, – dedilar.
Keyin Ibrohimdan qoʻrquv ketib, unga xushxabar kelgach, Biz bilan Lut qavmining halokati haqida bahslasha boshladi.
Vaqtiki, elchilarimiz Lutning oldiga kelganlarida, u bundan yomon ahvolga tushdi va ularning kelishidan qoʻl-oyog‘i boʻshashib, yuragi siqildi va: “Bu kun juda qiyin bir kundir”, – dedi.
Shu payt farishtalar: “Ey Lut, biz Robbingning elchilarimiz. Senga qavming aslo tega olmaydi. Bas, tunning bir qismida oilang bilan chiqib ket. Xotiningdan boshqa sizlardan hech kim atrofga qayrilib boqmasin. Chunki ularga yetgan narsa ayolingga ham yetib keluvchidir. Ularga vaʼda qilingan falokat vaqti bomdod paytidir. Axir tong yaqin emasmi?!” – dedilar.
Ey qavmim, menga qarshi chiqishingiz tag‘in sizlarga Nuh qavmiga yo Hud qavmiga yoki boʻlmasa, Solih qavmiga yetgandek halokatlar yetib kelishiga olib kelmasin. Darvoqe, Lut qavmi ham sizlardan uncha uzoq emas.
Lekin biz Lutning iymon keltirgan barcha oilasini qutqaruvchimiz.
Shunday qilib, elchilar Lutning oilasiga yetib kelishdi.
Unga va Lut payg‘ambarga najot berib, ularni barcha olamlar uchun muborak qilgan Shom zaminiga yubordik.
Lutga esa hikmat va ilm berdik. Uni nopok ishlar qilgan qishloq ahlidan qutqardik. Darhaqiqat, ular yomon fosiqlar qavmi edilar.
Ular Ibrohimning qavmi va Lut payg‘ambarning qavmini ham yolg‘onchiga chiqargan edilar.
Lut qavmi ham payg‘ambarlarni yolg‘onchiga chiqardi.
Oʻshanda ularga birodarlari Lut: “Allohdan qoʻrqmaysizlarmi?!” – dedi.
Ular: “Qasam boʻlsinki, ey Lut, agar bu gaplaringdan toʻxtamasang, albatta, oramizdan haydab chiqarilganlardan boʻlasan”, – dedilar.
Ey Rasulim, Lutni ham yodga oling. Vaqtiki u oʻz qavmiga: “Sizlar koʻra bilib turib fahsh ishlarni qilasizlarmi?!” – dedi.
Lut qavmining javobi esa faqat: “Lutning oilasini qishlog‘ingizdan haydab chiqaringlar. Darhaqiqat, ular juda poklanib ketayotgan kishilardir, – deb masxaralab gapirishlari boʻldi.
Bas, faqat Lut unga iymon keltirdi. Keyin Ibrohim: “Albatta, men Robbim buyurgan tomonga hijrat qilib ketuvchiman. Shubhasiz, U izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Lut oʻz qavmiga: “Albatta, sizlar shunday fahsh ishni qilyapsizlarki, sizlardan oldin olamlardan hech kimda bu boʻlib oʻtmagan edi”, – dedi.
Ibrohim ularga “Axir, u yerda Lut bor-ku?” – dedi. Farishtalar: “Biz u joyda kim borligini yaxshi biluvchiroqmiz. Albatta, uni va oilasini balodan qutqaramiz. Faqat uning iymonsiz xotini azobda qoluvchilardan boʻldi”, – dedilar.