Yoki ularga bu Qurʼondan oldin biror kitob berganmiz-u, ular uni mahkam tutib oluvchi boʻldilarmi?!
Siz qidirgan م س ك masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 27 ta oyat mavjud.
yo tutish (kerak)dir, yo ularni tuting, ularni (yoningizda) tutmang, yopishgandir, tuting (chiqarmang), tutganlari, mahkam yopishadilar, uni tutsinmi?, ularni tutuvchi, tutgan edingiz
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Yoki ularga bu Qurʼondan oldin biror kitob berganmiz-u, ular uni mahkam tutib oluvchi boʻldilarmi?!
Bas, oʻzingizga vahiy qilingan Qurʼonni mahkam tuting. Albatta, siz toʻg‘ri yoʻldasiz!
Ey moʻminlar, qachonki, sizlarga Makka kofirlari tomonidan moʻminalar hijrat qilib kelsalar, sizlar ularni imtihon qilib koʻringlar! Alloh ularning qalblaridagi iymonlarini juda yaxshi biluvchidir. Bas, agar ularning chindan ham moʻmina ekanliklarini bilsangiz, u holda ularni kofirlarga qaytarmanglar! Bular endi kofirlar uchun halol emas va u kofirlar bu ayollar uchun halol emasdir. Sizlarning oldingizda qolgan moʻminalarning Makkada qolgan kofir erlariga mana shu xotinlari uchun sarflagan mahrlarini erlariga qaytarib beringlar. Qachonki, ularga mahrlarini bersangizlar keyin ularni nikohlaringizga olishda sizlarga gunoh yoʻqdir. Shuningdek, sizlar ham xotinlaringiz kofira boʻlgan hollarida kofirlar bilan qolishni istasa, ularning yoʻllarini toʻsib, nikohlaringizda saqlamanglar va kofir ayollarning qoʻllarini tutmanglar. Oʻzlaringiz sarflagan mahrni ulardan talab qilinglar va ular ham sarflagan mahrlarini moʻminlardan talab qilsinlar! Bu Allohning hukmidir. U sizlarning oʻrtangizda hukm qiladi. Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Bas, qachonki, idda muddatlariga yetsalar, bas, ularni yaxshilik bilan olib qolinglar yoki yaxshilik bilan mahrlarini berib ajrashinglar. Shuningdek, yarashayotgan yoki ajralishayotganda oʻzlaringizdan ikki adolatli kishini guvoh qilinglar va guvohlikni Alloh uchun mukammal ado qilinglar. Bu hukmdan faqat Allohga va oxirat kuniga iymon keltiruvchi kishi pand-nasihat oladi. Kim Allohga taqvo qilsa, unga tashvishlardan chiqish yoʻlini paydo qiladi.
Ular ustilarida qanotlarini yoyib va yig‘ib uchib yurgan qushlarni koʻrmadilarmi?! U qushlarni yolg‘iz Rahmon havoda tutib turadi. Albatta, U barcha narsani koʻrib turuvchidir.
Yoki Rahmon Oʻz rizqini tortib qoʻysa, sizlarga rizq beradigan oʻsha kim oʻzi?! Yoʻq, kofirlar qaysarlikda va haqdan qochishda bardavom boʻldilar.
u mayning muhri mushkdir. Bas, musobaqa qiluvchilar mana shunday mangu neʼmatga yetishish yoʻlida musobaqa qilsinlar!