U sizlarga quruqlik va dengiz qorong‘iliklarida adashmay yoʻl topishingiz uchun yulduzlarni yaratgan Zotdir. Haqiqatan, biladigan qavmlar uchun oyatlarni batafsil bayon qilib berdik.
Siz qidirgan ن ج م masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 13 ta oyat mavjud.
yulduzlarni, va yulduzlarni, va yulduzlar ham, va yulduz(lar) bilan, va yulduzlar, yulduzlarga, yulduzlarning, yulduzga qasamki, najm (o'simliklar-yulduzlar), yulduzlar
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
U sizlarga quruqlik va dengiz qorong‘iliklarida adashmay yoʻl topishingiz uchun yulduzlarni yaratgan Zotdir. Haqiqatan, biladigan qavmlar uchun oyatlarni batafsil bayon qilib berdik.
Shubhasiz, Robbingiz Alloh koʻklarni va Yerni olti kunda yaratgan keyin Arsh uzra hukmron boʻlgan Zotdir. Alloh kunduzga kechani kiritib qoplaydi. Kecha shitob bilan kunduzni quvlab yuradi. Hamda quyosh, oy va yulduzlarni amriga tobe holda yaratgan Zotdir. Ogoh boʻlinglar, yaratish va amr qilish, faqat Unga xosdir. Olamlarning Robbisi boʻlgan Alloh eng ulug‘dir.
Alloh sizlarga soʻngra u bekam-koʻst hayot kechirishingiz uchun kecha va kunduzni, quyosh va oyni boʻysundirib qoʻydi. Yulduzlar ham Uning amriga boʻysungandirlar. Albatta, bularda aql ishlatadigan qavmlar uchun ibratli belgilar bordir.
Alloh oʻz yoʻlingizni belgilashingiz mumkin boʻlgan yana boshqa koʻplab alomatlar ham yaratdi. Ular kechalari dengizda yoki choʻlda yulduzlar bilan yoʻl topadilar.
Ey Rasulim, osmonlardagi va Yerdagi bor jonzot, quyosh, oy, yulduzlar, tog‘lar, daraxtlar va barcha jonivorlar hamda insonlarning koʻpchiligi yolg‘iz Allohga sajda qilayotganini koʻrmadingizmi? Odamlarning koʻpchiligiga esa kufr keltirganlari uchun azob haq boʻlgan edi. Alloh kimni xor qilsa, bas, uni aziz qiluvchi yoʻqdir. Albatta, Alloh nimani xohlasa oʻshani qiladi.
Keyin u yulduzlarga bir nazar soldi.
Shuningdek, kechadan bir vaqt ajratib va yulduzlar botgach, saharda ham Unga tasbeh ayting.
Botayotgan yulduzga qasam boʻlsin.
Oʻt-oʻlan ham daraxtlar ham Allohga sajda qiladilar.
Yulduzlarning manzillari bilan qasamyod qilaman.
Bas, qachonki, yulduzlarning nurlari soʻndirilsa,
Yulduzlar ham oʻz falaklaridan toʻkilganda,
U nuri oʻtkir yulduzdir.