Firʼavn qavmiga nido qilib: “Ey qavmim, Misr podshohligi va mana bu ostimdan oqib turgan daryolar meniki emasmi?! Axir, koʻrayapsizlarmi?!” – dedi.
Siz qidirgan ن د و masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 53 ta oyat mavjud.
va baqirishdan, ularga nido qildilar, bir chaqiruvchi, chaqiruvchi, chaqirilganingiz, va ularga nido qildi, ularga nido qilindi, va nido qildi, va nido qildilar, chaqiring
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Firʼavn qavmiga nido qilib: “Ey qavmim, Misr podshohligi va mana bu ostimdan oqib turgan daryolar meniki emasmi?! Axir, koʻrayapsizlarmi?!” – dedi.
Ular doʻzax farishtasiga: “Ey Molik, Robbing bizlarga hukmini qilib, jonimizni olsin”, – deb nido qiladilar. Shunda qoʻriqchi farishta: “Sizlar bu yerda mangu qoluvchisiz”, – deydi.
Ey Muhammad, albatta, ayollaringiz yashaydigan hujralar orqasidan turib, sizni chaqiradigan kimsalarning koʻplari aql ishlatmaydilar.
Jarchi Isrofil farishta yaqin bir makondan turib nido qiladigan kunda unga quloq tuting.
Jarchi Isrofil farishta yaqin bir makondan turib nido qiladigan kunda unga quloq tuting.
Soʻngra Samud qabilasi oʻzlarining bir sheriklarini tuyani soʻyishga chaqirgan edilar, u qilichini oldi-da, tuyani soʻyib yubordi.
Ular moʻminlarga: “Biz dunyoda sizlar bilan birga emasmidik”, – deb nido qilganlarida, moʻminlar: “Ha, lekin sizlar oʻzlaringizni fitnaga soldinglar va bizlarga musibat yetishiga koʻz tutdinglar hamda dinimiz toʻg‘risida gumonda boʻldinglar va Allohning amri boʻlgan oʻlim kelguncha xomxayollar sizlarni aldab yurdi. Sizlarni Alloh haqida yolg‘onchi shayton ham aldab qoʻydi” – deydilar.
Ey iymon keltirganlar, qachonki, juma kunidagi namozga azon chaqirilsa, darhol Allohning zikri sari shoshilinglar va savdo-sotiqni tark qilinglar! Agar bilsangiz, mana shu ish oʻzingiz uchun yaxshidir.
Ular tong saharda bir-birlarini meva terish uchun chaqirdilar.
Bas, ey Muhammad, Robbingizning hukmiga sabr qiling va nahang balig‘i sohibi Yunus payg‘ambar singari besabr boʻlmang! Qaysiki, u baliq qornida turib g‘amga toʻlgan holda Robbisiga nido qilgan edi.
Oʻshanda, Robbisi unga muqaddas Tuvo vodiysida shunday nido qilgan edi:
Soʻngra oʻz odamlarini toʻpladi va jar soldi:
Bas, u oʻzining jamoasini yordamga chaqiraversin!