Muhammad ummatlaridan boʻlgan keyingilar esa ozchilikdir.
Siz qidirgan أ خ ر masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 250 ta oyat mavjud.
va oxiratga ham, oxirat, oxiratni berib, oxiratda, oxiratda ham, boshqa, orqada qolsa, oxiratda (ham), va oxirat, boshqasiga
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Muhammad ummatlaridan boʻlgan keyingilar esa ozchilikdir.
Keyingilaridan ham koʻpchilik jannat ahli boʻladi.
Ey Muhammad, ularga: “Albatta, avvalgilar ham, keyingilar ham qayta tiriladilar”, – deb ayting.
U Avval, Oxir, Zohir va Botindir. U barcha narsani biluvchidir.
Ey insonlar, bilinglarki, bu dunyo hayoti faqat oʻyin, behudalik, ziynat, oʻzaro faxrlanish va mol-dunyo hamda farzandlarni koʻpaytirishdan iboratdir. U bamisoli bir yomg‘irki, uning sababidan unib chiqqan giyoh kofirlarni taajjubga soladi. Soʻngra u qurigach, uni sarg‘aygan holda koʻrasiz. Soʻngra u xas-choʻpga aylanib qoladi. Oxiratda esa kim uchundir qattiq azob, kim uchundir Alloh tomonidan mag‘firat va rizolik bordir. Dunyo hayoti faqat aldov matosidir.
Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan qavmning Allohga va Uning Rasuliga dushmanlik qiluvchilar bilan doʻstlashganlarini topmaysiz. Hatto ular oʻz otalari, yoki farzandlari, yoki aka-ukalari, yoki qarindosh urug‘lari boʻlsa ham. Aynan ularning qalblariga Alloh iymonni bitib qoʻygan va ularni oʻz tomonidan boʻlgan ruh bilan quvvatlantirgan. Alloh ularni taglaridan anhorlar oqib turadigan va u yerda mangu qoladigan jannatlarga kiritadi. Alloh ulardan rozi boʻladi va ular ham Allohdan rozi boʻladilar. Aynan ular Allohning hizbidirlar. Ogoh boʻlinglarki, albatta, Allohning hizbigina najot topuvchilardir!
Agar Alloh ularga surgun boʻlishni yozmaganida, albatta, ularni mana shu dunyoda qatl qilish yoki asrga olish bilan azoblagan boʻlar edik. Ular uchun oxiratda doʻzax azobi ham bordir.
Darhaqiqat, sizlar uchun Alloh va oxirat kunidan umidvor boʻlgan kishilar uchun Ibrohim payg‘ambar va u zot bilan birga boʻlgan moʻminlarning tutgan yoʻllarida goʻzal namuna bordir. Kimki iymondan yuz oʻgirib ketsa, bas, albatta, Alloh hech kimga muhtoj boʻlmagan – G‘aniy va maqtovga loyiq – Hamid Zotdir.
Ey iymon keltirganlar, Allohning g‘azabiga duchor boʻlgan qavmni doʻst tutmanglar. Xuddi barcha kofirlar qabr egalarining qayta tirilishlaridan noumid boʻlganlaridek, ular ham oxiratdan noumid boʻlgandirlar.
Alloh sizlarga yana boshqa sizlar uni yaxshi koʻradigan bir neʼmatni ham beradi. U Alloh tomonidan boʻladigan g‘alaba va yaqinda roʻy beruvchi fathdir. Ey Rasulim, moʻminlarga mana shu xushxabarni yetkazing.
Alloh Muhammadni yana ulardan boshqalarga – dunyoga keyin kelib ularga yetisha olmagan insonlar uchun ham yubordi. U izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Sizlardan biringizga oʻlim oni kelganda: “Ey Robbim, meni ozgina hayotda qoldirsang, men sadaqa qilib, solih bandalardan boʻlsam”, – deb aytib qolishidan oldin, Biz sizlarga rizq qilib bergan narsalardan ehson qilinglar!
Alloh biror jonni ajali kelganida ortga surmaydi. Alloh barcha qilayotgan amallaringizdan xabardordir.
Bas, qachonki, idda muddatlariga yetsalar, bas, ularni yaxshilik bilan olib qolinglar yoki yaxshilik bilan mahrlarini berib ajrashinglar. Shuningdek, yarashayotgan yoki ajralishayotganda oʻzlaringizdan ikki adolatli kishini guvoh qilinglar va guvohlikni Alloh uchun mukammal ado qilinglar. Bu hukmdan faqat Allohga va oxirat kuniga iymon keltiruvchi kishi pand-nasihat oladi. Kim Allohga taqvo qilsa, unga tashvishlardan chiqish yoʻlini paydo qiladi.
Idda saqlayotgan xotinlaringizga oʻzlaringiz yashab turgan joydan imkoniyatingizga qarab joy beringlar va ularni turgan joylaridan siqib chiqarish maqsadida ularga zarar yetkazmanglar. Agar ular homilador boʻlsalar, u holda, to homilalarini qoʻygunlaricha, ularga nafaqa berib turinglar. Bas, agar taloq qilgan ayollaringiz sizlar uchun bola emizsalar, u holda ularning haqlarini beringlar. Emizish xususida yaxshilik bilan oʻzaro kelishib olinglar. Agar kelisha olmasdan qiyinchilikka uchrasangiz, bas, u ota uchun bolasini boshqa bir ayol emizadi.
Azob mana shunday boʻladi! Albatta ular agar bilsalar, oxirat azobi yanada kattaroqdir.
Shunda Alloh sizlarni gunohlaringizni mag‘firat qiladi va sizlarni belgilangan muddatgacha hayotda qoldiradi. Agar bilsangiz edi, Allohning muddati kelganda, aslo ortga surdirilmaydi.
Shunda Alloh sizlarni gunohlaringizni mag‘firat qiladi va sizlarni belgilangan muddatgacha hayotda qoldiradi. Agar bilsangiz edi, Allohning muddati kelganda, aslo ortga surdirilmaydi.
Ey Muhammad, albatta, Robbingiz siz va siz bilan birga bir toifa sahobalaringiz kechaning uchdan ikkisidan ozrog‘ida, baʼzida uning yarmida va goho uchdan birida bedor boʻlib, namozga turishingizni biladi. Kecha va kunduz miqdorini Alloh belgilaydi. Alloh fasllar oʻzgarishi bilan tunning uzun va qisqa boʻlib turishi sababli sizlar u kechalarda bedor boʻlishlaringiz lozim boʻlgan soatlarning sanog‘iga yeta olmaslaringizni bilib, tavbalaringizni qabul qildi. Endi kechalari namozlaringizda Qurʼondan oson boʻlgan miqdorda oʻqiyveringlar. U sizlarning orangizda bemorlar boʻlishini, boshqalar Allohning fazlini istab, Yer yuzida safar qilishlarini va yana boshqalar esa Alloh yoʻlida jangga chiqib ketishlarini ham bildi. Bas, qiynalmay Qurʼondan oson boʻlgan miqdorda oʻqiyveringlar. Namozni toʻliq ado qilinglar, zakotni muhtojlarga beringlar va miskinlarga ehson qilish bilan Allohga “qarzi hasana” beringlar! Oʻzlaringiz uchun taqdim qiladigan yaxshilikni qiyomat kuni Allohning huzurida yanada yaxshiroq va ulug‘roq mukofot holida topasizlar. Allohdan mag‘firat soʻranglar! Shubhasiz, Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.