Shaytonlar u yaltiroq gaplarga oxiratga iymon keltirmaydigan kimsalarning koʻngillari moyil boʻlib og‘ishi, u soʻzlardan rozi boʻlib, qiladigan gunohlarida davom etishlari uchun vasvasa qiladilar.
Siz qidirgan أ خ ر masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 250 ta oyat mavjud.
va oxiratga ham, oxirat, oxiratni berib, oxiratda, oxiratda ham, boshqa, orqada qolsa, oxiratda (ham), va oxirat, boshqasiga
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Shaytonlar u yaltiroq gaplarga oxiratga iymon keltirmaydigan kimsalarning koʻngillari moyil boʻlib og‘ishi, u soʻzlardan rozi boʻlib, qiladigan gunohlarida davom etishlari uchun vasvasa qiladilar.
Robbingiz hech narsaga muhtoj boʻlmagan rahmat egasidir. Xuddi sizlarni boshqa qavmning zurriyotidan yaratganidek, istasa, sizlarni ham ketkazib, ortingizdan Oʻzi istagan boshqa qavmni oʻrinbosar qiladi.
Ey Rasulim, ularga: “Mana bularni Alloh harom qilganligiga doir guvohlik beruvchi shohidlaringizni keltiringlar”, – deb ayting. Agar ular guvohlik bersalar ham, siz ular bilan birga guvohlik bermang. Hamda oyatlarimizni yolg‘onga chiqargan kimsalarning havoyi nafslariga ergashmang. Ular Robbilariga boshqalarni tenglashtirib shirk keltiryaptilar.
Ey Rasulim, ularga: “U barcha narsaning Robbisi boʻlgani holda, men Allohdan boshqa bir robni izlaymi?” – deb ayting. Har bir nafsning qilgan yomonligi oʻzining zararigadir. Hech bir gunoh koʻtarib yuruvchi boshqasining yukini koʻtarmaydi. Oxirida qaytar joyingiz Robbingiz huzurigadir. Ana oʻshanda sizlarga tortishayotgan narsalaringiz haqida xabar beradi.
Har bir ummat uchun belgilangan bir ajal bordir. Qachonki, ularning ajali kelsa, uni bir soat kechga ham oldinga ham sura olmaydilar.
Alloh ularga: “Sizlardan oldin oʻtgan jin va insonlardan iborat ummatlar orasida doʻzaxga kiringlar”, – deb aytadi. Har bir ummat doʻzaxga kirganda, dindosh birodarini laʼnatlaydi. Qachonki u yerda barchalari topishishgach, keyingi ummatlar avvalgilari uchun: “Ey Robbimiz, hov anavilar bizlarni yoʻldan adashtirgan edilar, endi ularga doʻzax azobini bir necha barobar bergin”, – deydilar. Shunda Alloh: “Har biringiz uchun bir necha barobar azob beriladi, lekin sizlar buni bilmaysizlar”, – deydi.
Avvalgilari keyingilariga qarata: “Sizlarning bizlardan ortiq joyingiz yoʻq. Qilgan ishlaringizga yarasha azob totaveringlar”, – deydilar.
Chunki ular dunyoda Allohning yoʻlidan toʻsadigan, haq yoʻlda egrilik istaydigan va oxiratga kufr keltiradigan kimsalar edilar.
Oyatlarimizni va qiyomatga yoʻliqishni yolg‘onga chiqargan kimsalarning amallari behuda ketgandir. Ular faqatgina qilgan yomon ishlari uchun jazoga tortiladilar.
Muso yana duo qilib: “Ey Robbim, bizlarga bu dunyoda ham, oxiratda ham yaxshilikni bitgin. Biz Senga tavba qilib qaytdik”, – dedi. Alloh unga: “Azobimni istagan bandamga yetkazaman, biroq rahmatim hamma narsadan keng boʻlgandir. Bas, u rahmatimni Mendan qoʻrqadigan kimsalarga, zakot beradiganlarga hamda oyatlarimizga iymon keltiradiganlarga yozib qoʻyaman”, – dedi.
Ulardan keyin Tavrot kitobiga voris boʻlgan va “Bizlar baribir kechirilamiz”, – deb, bu oʻtkinchi dunyo manfaatlarini tanlab olgan bir avlod oʻrinbosar boʻlib oʻrtaga chiqdi. Agar ularga yana shunga oʻxshash tuban matohlar kelib qolsa, uni ham olaveradilar. Axir ulardan Allohga nisbatan faqat haq soʻzni aytishlariga doir Tavrot kitobining ahdi olingan emasmidi?! Buning ustiga ular kitobdan dars olib oʻrganishgan edi-ku!. Oxirat diyori Allohdan qoʻrqadigan kimsalar uchun oʻtkinchi dunyo manfaatidan koʻra yaxshiroqdir. Nahotki aql ishlatmaysizlar?!
Ular uchun qoʻlingizdan kelganicha harbiy kuch-quvvat va egarlangan otlarni tayyor qilib qoʻyinglar, bu bilan Allohning dushmanini, oʻz dushmaningizni va ulardan boshqa oʻzingiz bilmaydigan, lekin Alloh biladiganlarni ham qoʻrqitasiz. Alloh yoʻlida nimani sarf qilsangiz, sizga toʻla-toʻkis qilib adolat bilan qaytariladi va sizlarga zulm qilinmaydi.
Biror bir Payg‘ambar uchun toki Yer yuzida dushmanlarga zarba berib kuchga toʻlmaguncha asirlarga ega boʻlib, keyin ularni fidya evaziga qoʻyib yuborish toʻg‘ri boʻlmaydi. Siz moʻminlar esa oʻtkinchi dunyoning manfaatini xohlaysiz. Holbuki, Alloh sizlarga oxirat neʼmatlarini berishni xohlaydi. Alloh izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Allohning masjidlarini, faqat Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan, namozni toʻliq ado etgan, zakotni egalariga bergan hamda faqatgina yolg‘iz Allohdan qoʻrqadigan kishilargina obod qila oladi. Ajab emaski, ana oʻshalar toʻg‘ri yoʻlni topuvchi kimsalardan boʻlsalar.
Kaʼbani ziyorat qilish uchun kelgan hojilarga suv tarqatish va Masjid ul-Haromni obod qilish ishlarini bajarayotgan mushriklarni Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan, Alloh yoʻlida jang qilganlar bilan teng qildingizmi?! Aksincha, Alloh nazdida ular teng emasdirlar. Alloh zolimlar qavmini hidoyatga boshlamaydi.
Allohga va oxirat kuniga iymon keltirmaydigan, Alloh va Rasuli harom qilgan narsalarni harom deb bilmaydigan, haq din boʻlmish Islomni din deb qabul qilmaydigan ahli kitob berilgan yahudiy va nasroniylar toki boʻysungan hollarida oʻz qoʻllari bilan jizya bermagunlaricha, jang qilinglar.
Ey iymon keltirganlar, sizlarga nima ham boʻldiki, agarda Alloh yoʻlida dushmanga qarshi qoʻzg‘alinglar deyilsa, yerga qattiq yopishib oldingiz. Oxirat hayotidan koʻra dunyo hayotiga rozi boʻldingizmi? Axir, dunyo hayotidagi neʼmatlar oxiratdagidan koʻra juda oz narsa-ku?!
Ey iymon keltirganlar, sizlarga nima ham boʻldiki, agarda Alloh yoʻlida dushmanga qarshi qoʻzg‘alinglar deyilsa, yerga qattiq yopishib oldingiz. Oxirat hayotidan koʻra dunyo hayotiga rozi boʻldingizmi? Axir, dunyo hayotidagi neʼmatlar oxiratdagidan koʻra juda oz narsa-ku?!
Zero, Allohga va oxirat kuniga ishongan kimsalar molu jonlari bilan jihod qilishdan ortda qolish uchun sizdan izn soʻramaydilar. Alloh taqvodorlarni yaxshi biluvchi Zotdir.
Faqatgina Allohga va oxirat kuniga ishonmaydigan va koʻngillari gumonda boʻlganlargina sizdan jangga bormaslik uchun izn soʻraydilar. Chunki ular oʻz gumonlarida doimo ikkilanib yuradilar.