Shuningdek, yetimning moliga to voyaga yetguncha unga foyda boʻladigan eng chiroyli yoʻldan boshqa tarzda yaqinlashmanglar. Oʻlchov va tarozini adolat bilan bajaringlar. Hech qaysi bir jonga kuchi yetmaydigan narsani taklif qilmaymiz. Agar guvoh boʻlib soʻzlasangiz, garchi qarindoshingiz boʻlsa ham, adolatli boʻlinglar. Allohga bergan ahdingizga vafo qilinglar. Shoyad, oʻgit olarsizlar deb, Alloh sizlarga bularni tavsiya qildi.

