Axir, ular Alloh Oʻzi xohlagan kishining rizqini keng qilishini va xohlagan kishining rizqini tor qilishini bilmadilarmi?! Albatta, bunda iymon keltiradigan qavmlar uchun ibratlar bordir.
Siz qidirgan ب س ط masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 25 ta oyat mavjud.
ochadi-da, kuchini, cho'zishga (hujumga), sen cho'zsang, cho'zmayman, ochiqdir, cho'zgan, ustunlik, kuch, cho'zgan kishi kabidir, mo'llashtiradi
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Axir, ular Alloh Oʻzi xohlagan kishining rizqini keng qilishini va xohlagan kishining rizqini tor qilishini bilmadilarmi?! Albatta, bunda iymon keltiradigan qavmlar uchun ibratlar bordir.
Osmonlar va Yer xazinalarining kalitlari Unikidir. U Oʻzi xohlagan kishilarning rizqini keng qiladi va xohlaganini tor qiladi. Darhaqiqat, U barcha narsani biluvchidir.
Agar Alloh bandalarining rizqlarini keng-moʻl qilib yuborsa, albatta, ular yer yuzida haddan oshib ketgan boʻlar edilar. Lekin Alloh rizqni xohlagancha oʻlchov bilan tushiradi. Albatta, U bandalaridan xabardor va barchasini koʻrib turuvchidir.
Ey moʻminlar, agar mushriklar sizlardan ustun kelsalar, dushmanlaringiz boʻladilar va sizlarga qoʻl va tillarini yomonlik bilan uzatadilar. Yana ular sizlarni oʻzlariga oʻxshab kofir boʻlishingizni xohlaydilar.
Alloh yerni sizlar uchun gilamdek toʻshab qoʻydi.