Oʻshanda sizlardan ikki musulmon toifa, garchi Alloh ularning qoʻriqchisi boʻlsa ham, umidsizlikka tushib orqaga chekinmoqchi boʻldilar. Moʻminlar, faqat Allohga tavakkal qilsinlar.
Siz qidirgan و ك ل masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 70 ta oyat mavjud.
tayansinlar, tayan, o'ziga tayanib ishonganlarni, vakildir, va tayan, vakil sifatida, vakil, tayaning, biz vakil qoldirganmiz, tayanganmiz
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Oʻshanda sizlardan ikki musulmon toifa, garchi Alloh ularning qoʻriqchisi boʻlsa ham, umidsizlikka tushib orqaga chekinmoqchi boʻldilar. Moʻminlar, faqat Allohga tavakkal qilsinlar.
Ey Rasulim, Allohning rahmati tufayli ularga yumshoq muomalada boʻldingiz. Agar siz ularga qoʻpol, qattiq qalbli boʻlganingizda, shubhasiz, atrofingizdan tarqalib ketishardi. Shunday ekan, ularni kechiring va xatolari uchun Allohdan mag‘firat tilang. Qilinadigan ishlarda ular bilan maslahatlashing. Qachonki yakuniy qarorni qabul qilsangiz, unda Allohga tavakkul qiling. Albatta, Alloh Oʻziga suyanib ish qiluvchilarni sevadi.

Agar sizga Alloh nusrat bersa, u holda sizning ustingizga g‘olib keluvchi yoʻq. Bordi-yu sizlarni qarovsiz tashlab qoʻysa, Undan boshqa kim ham sizlarga nusrat berar edi. Moʻminlar, faqat Allohga tavakkul qilib suyansinlar.
Baʼzi odamlar ularga: “Olomon sizga qarshi lashkar toʻpladilar, endi ulardan qoʻrqinglar”, – deyishganda, ularning bu gapi iymonni yanada orttirdi. Ularga qarata: “Bizga Allohning Oʻzi kifoya va U eng yaxshi vakil!” – deb aytganlar.
Munofiqlar: “Xoʻp, itoat qilamiz”, – deydilar. Biroq sizning oldingizdan chiqqach, ulardan boʻlgan bir toifa aytgan gaplaringizdan boshqasini qilishga kechalari til biriktiradilar. Bilib qoʻysinlar, Alloh ularning kechalari xufyona til biriktirib yurganlarini yozib qoʻymoqda. Bas, ey Rasulim, ulardan yuz oʻgiring va Allohga suyanib tavakkul qiling. Vakillikka Allohning Oʻzi kifoya qiladi.

Siz shunday insonlarsizki, bu oʻtkinchi dunyo hayotida ularning yonini oldingiz. Endi qiyomat kunida kim ularni Allohning azobidan himoya qilib yonlarini oladi. Yoki kim ularga vakil boʻladi?
Osmonlar va Yer yuzidagi barcha mulk Allohnikidir. Alloh har ishda vakil boʻlib kifoya qildi.
Ey ahli kitoblar, Iso payg‘ambarni xudo deb diningizda haddingizdan oshib, chuqur ketmanglar. Alloh shaʼniga, faqat haq gapni aytinglar. Maryam oʻg‘li Iso Masih, albatta, Allohning Rasulidir. Hamda u Maryamga tashlagan kalimasi va Oʻzidan kelgan bir ruhdir. Shunday ekan, Alloh va Uning Rasuliga iymon keltiringlar. Xudo uchtadir demanglar. Bu boʻhton gapdan tiyilinglar, shunda oʻzingizga yaxshi boʻladi. Hech shak-shubhasiz, Alloh yakkayu yagona ilohdir. Subhanalloh, Uning bolasi boʻlmaydi, axir, osmonlar va Yer yuzidagi barcha mulk Allohnikidir. Alloh hammasi uchun yetarli vakildir.
Ey iymon keltirganlar, Allohning sizlarga bergan neʼmatini eslanglar. Bir guruh sizga qoʻl uzatib, hamla qilmoqchi boʻlgan paytda, Alloh qoʻllarini sizdan qaytargan edi. Allohdan qoʻrqinglar, moʻminlar, faqat Allohga tavakkul qilib suyansinlar.
Shunda itoatsizlikdan qoʻrqadigan hamda Alloh ularga inʼom qilgan ikki kishi: “Ularning ustiga shahar darvozasidan toʻg‘ri bostirib kiringlar. Unga kirib olgach, albatta, g‘olib keluvchi boʻlasizlar. Agarda chin moʻmin boʻlsangiz, u holda yolg‘iz Allohga suyaninglar”, – deb aytdi.
Ey Muhammad, qavmingiz bu Qurʼonning haqligini bilgani holda, yolg‘onga chiqardi. Ularga: “Men sizlarga kafil emasman”, – deb ayting.
Ana ular, biz ularga kitob, hikmat ilmi va payg‘ambarlik bergan zotlardir. Bularni anavi mushriklar inkor qilsalar, u holda ularni inkor etmaydigan qavmni unga vakil qilib qoʻyganmiz.
Mana shu Robbingiz boʻlgan Allohdir. Undan oʻzga hech qanday iloh yoʻqdir. U barcha narsaning yaratuvchisidir, demak, faqat Unga ibodat qilinglar. U har narsaning ustida vakildir.
Ey Rasulim, Agar Alloh xohlasa edi, ular shirk keltirmagan boʻlardilar. Sizni esa ularning tepasiga qoʻriqchi qilib qoʻymaganmiz hamda siz ularga vakil emassiz.
Alloh bizni undan qutultirgandan keyin ham agar diningizga qaytadigan boʻlsak, unda, albatta, Allohga yolg‘on toʻqigan boʻlamiz. Robbimiz Alloh xohlamaguncha bizlar uchun aslo qaytish boʻlmaydi. Robbimiz hamma narsani ilmi bilan keng qamrab olgandir. Biz faqat Allohga suyanganmiz. Ey Robbimiz, bizni va qavmimiz orasini haq bilan ochib hukm qilgin. Zero, Sen hukm qiluvchilarning eng yaxshisisan.
Albatta, haqiqiy moʻminlar Allohning nomi esga olinganda qalblari titraydigan, Uning oyatlari tilovat qilinganda iymonlari yanada ortadigan va yolg‘iz Robbilariga suyanadigan kimsalardir.
Munofiqlar va qalblarida illat boʻlgan kimsalar: “Hov anavi musulmonlarning dinlari ularni juda mag‘rurlantirib yuboribdi”, – deganlarini esga oling. Kimki Allohga suyansa, albatta, g‘olibdir. Shubhasiz, Alloh izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Agar ular tinchlikka moyil boʻlsalar, siz ham unga moyil boʻling. Hamda har bir ishda Allohga suyaning, shubhasiz, Alloh hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va boʻlayotgan ishlarni bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.