Shubhasiz, mening yolg‘iz Egam bu kitobni nozil qilgan Allohdir. U solih kishilarni oʻziga doʻst tutadi.
Siz qidirgan هُوَ masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 436 ta oyat mavjud.
U, va U, u, va u, holbuki u, udir, U bo'lganida, u(ning), Undan, holbuki u
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Shubhasiz, mening yolg‘iz Egam bu kitobni nozil qilgan Allohdir. U solih kishilarni oʻziga doʻst tutadi.
Yana ularning: “Yo Alloh, agarda mana shu Qurʼon Sening huzuringdan, haqiqatan, nozil qilingan boʻlsa, u holda mayli, ustimizga samodan tosh yog‘dir yoki bizlarga alamli azobni keltir”, – deganlarini eslang.
Agar ular tinchlikka moyil boʻlsalar, siz ham unga moyil boʻling. Hamda har bir ishda Allohga suyaning, shubhasiz, Alloh hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va boʻlayotgan ishlarni bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
Agar kofirlar hiyla qilib sizni aldamoqchi boʻlsalar, shubhasiz, Allohning Oʻzi sizga kifoya qiladi. U Oʻz yordami bilan moʻminlarni qoʻllab-quvvatlagan Zotdir.
Ular Allohni qoʻyib oʻzlarining donishmandlari va rohiblarini xudolar qilib oldilar. Maryam oʻg‘li Iso Masihni ham xudo deb bildilar. Vaholanki, faqat yagona Ilohga ibodat qilishga buyurilgan edilar. Allohdan oʻzga iloh yoʻqdir, faqat yolg‘iz Uning Oʻzi bordir. U Zot ularning sherik qilayotganlaridan munazzah va pokdir.
U Zot garchi mushriklar yoqtirmasa ham, Rasuli Muhammadni hidoyat va haq din bilan, barcha dinlardan uni ustun qilish uchun yuborgandir.
Ularga: “Bizga Allohning yozib qoʻyganidan boshqa narsa yetmaydi. U bizning xojamizdir”, – deb ayting. Shunday ekan, Allohga, faqat moʻminlar tavakkul qilsinlar.
Ularning orasida payg‘ambarga aziyat beradigan va u har narsani eshitaveradigan “quloqdir”, – deydiganlar ham bor. Ularga: “U sizlar uchun haqni eshituvchi yaxshilik qulog‘idir. Allohga iymon keltiruvchi, moʻminlarga ishonuvchi va sizlardan iymon keltirganlaringiz uchun rahmat manbaidir”, – deb ayting. Allohning Rasuliga aziyat beruvchilar uchun alamli azob bordir.
Alloh moʻmin va moʻminalarga tagidan anhorlar oqib turuvchi jannatlarni hamda u yerda abadiy qolishni va barqarorlik jannatidagi pokiza maskanlarni vaʼda qildi. Allohdan boʻladigan rozilik esa barchasidan ulug‘roqdir. Mana shu ulkan yutuqdir.
Yoki ular Allohning, albatta, bandalari tomonidan chin koʻngildan qilinadigan tavbani qabul qilishini va sadaqalarni olishini hamda Alloh tavbalarini qabul qiluvchi va marhamatli Zot ekanini bilmasmidilar?!
Yoki ular Allohning, albatta, bandalari tomonidan chin koʻngildan qilinadigan tavbani qabul qilishini va sadaqalarni olishini hamda Alloh tavbalarini qabul qiluvchi va marhamatli Zot ekanini bilmasmidilar?!
Shubhasiz, Alloh moʻminlardan jonlari va mollarini sotib oldi. Albatta, uning evaziga ular uchun jannatni beradi. Alloh yoʻlida jang qilib, oʻldiradilar va yoki oʻldiriladilar. Bu Tavrotda ham Injilda ham Qurʼonda ham Uning zimmasidagi haq boʻlgan vaʼdadir. Allohdan koʻra ahdiga vafodorroq kim bor?! Shunday ekan, ey moʻminlar, bu kelishgan savdolaringizdan xursand boʻlinglar. Ana shuning oʻzi katta yutuqdir.
Shuningdek, jangga chiqmay ortda qolgan uch kishining ham tavbalarini qabul qildi. Ularga shuncha keng boʻlgan Yer ham torlik qilib qoldi va yuraklari siqilib ketdi. Allohdan qochib, oʻzga joydan panoh yoʻqligini bilishdi. Soʻng butunlay tavba qiluvchilardan boʻlishlari uchun Alloh ularning tavbalarini qabul qildi. Shubhasiz, Alloh koʻplab tavbalarni qabul qiluvchi – Tavvob va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Ey Muhammad, agar ular ana shulardan keyin ham haqdan yuz oʻgirsalar, ularga: “Menga yolg‘iz Alloh kifoyadir. Undan oʻzga iloh yoʻq va men Unga suyandim. U buyuk Arshning Robbisidir!” – deb ayting.
Ey Muhammad, agar ular ana shulardan keyin ham haqdan yuz oʻgirsalar, ularga: “Menga yolg‘iz Alloh kifoyadir. Undan oʻzga iloh yoʻq va men Unga suyandim. U buyuk Arshning Robbisidir!” – deb ayting.
U Zot quyoshni ziyo taratuvchi va oyni esa nur sochuvchi qildi hamda yillarning sanog‘ini va vaqt oʻlchovlaridagi hisobni bilishingiz uchun u oyni manzillarga ajratib oʻlchab qoʻydi. Bularni Alloh faqat haq hikmat bilan yaratdi. Alloh tushunib yetadigan va biladigan qavm uchun oyatlarni batafsil bayon qiladi.
U sizlarni quruqlik va dengizda sayr qildiradigan Zotdir. Sizlar kemada boʻlgan chog‘ingizda va mayin shamollar bilan u yoʻlovchilarni olib ketardi. Hamda ular bu sayr bilan xursand boʻlib turganlarida birdan qattiq shamol esib, ularga har tarafdan toʻlqin urib kelib, oʻzlarini u toʻlqin bilan qurshovda qolganlarini sezib, Allohga dinni xolis qilgan hollarida: “Agar bizni mana shundan xalos qilsang, albatta, shukr qiluvchi bandalardan boʻlamiz”, – deya iltijo qiladilar.
Ey Rasulim, ular sizdan: “U vaʼda qilingan azob haqmi?” – deb soʻraydilar. Ularga: “Robbimga qasam boʻlsinki, ha, u, albatta, haqdir. Sizlar esa U Zotni ojiz qoldiruvchi emassizlar”, – deb ayting.
U tiriltiradi va oʻldiradi hamda barchangiz Uning huzuriga qaytarilasizlar.
Ey Rasulim, shunday ekan, ularga: “Allohning fazli boʻlgan Islom dini va rahmati boʻlgan Qurʼon bilan, ha, mana shular sababli moʻminlar shod boʻlsinlar. Mana bu dunyoparastlar chirpinib toʻplayotgan boyliklaridan koʻra yaxshiroqdir”, – deb ayting.