Ey odamlar, sizlarni ham sizlardan oldingi qavmlarni ham yaratgan Robbingizga ibodat qilinglar. Shoyad, shunda Allohdan qoʻrqib, taqvo qilsangizlar.
Siz qidirgan يَا masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 360 ta oyat mavjud.
Ey!, ey, Ey, -, ey!, oh!, va ey, va Ey, oh, ey-
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Ey odamlar, sizlarni ham sizlardan oldingi qavmlarni ham yaratgan Robbingizga ibodat qilinglar. Shoyad, shunda Allohdan qoʻrqib, taqvo qilsangizlar.
Shundan keyin Alloh: “Ey Odam, qani, farishtalarga u narsalarning nomlarini birma-bir aytib ber-chi!” – dedi. Odam farishtalarga ularning ismlari haqida xabar bergach, Alloh farishtalarga qarata: “Albatta, Men osmonlaru Yerning barcha sir-asrorini bilaman hamda sizlar oshkora qilgan va ichingizda yashirgan narsalaringizni ham bilaman, demaganmidim?” – dedi.
Shundan keyin: “Ey Odam, endi sen va jufting Havvo bilan jannatga joylashinglar va u neʼmatlardan xohlagan joyingizdan bemalol tanovul qilaveringlar. Faqat mana bu daraxtga yaqinlasha koʻrmang va uning mevasidan yeb qoʻymanglar, aks holda, nafsingizga zulm qilganlardan boʻlib qolasizlar”, – dedik.
Ey bani Isroil avlodlari, sizlarga avvallari inʼom etgan neʼmatimni esga olinglar. Menga bergan ahdga vafo qilinglar, shunda Men ham sizga bergan ahdga vafo qilaman. Hamda yolg‘iz Mendangina qoʻrqinglar.
Ey bani Isroil avlodlari, sizlarga inʼom etgan neʼmatlarimni va bir paytlar sizlarni boshqa qavmlarga koʻra olamlarga ustun qilib qoʻyganimni yodga olinglar!
Shundan soʻng Muso oʻz qavmiga qarata: “Sizlar bir buzoqni iloh qilib olib, unga sig‘inish bilan oʻzingizga oʻzingiz qattiq zulm qildingizlar. Endi Yaratganingizga tavba qilib, oʻz-oʻzingizni oʻldiringlar. Bu ishni amalga oshirishingiz sizlarni yoʻqdan bor qiluvchi Boriy Zot nazdida yaxshiroq boʻlar edi”, – deganini ham yodga olinglar. Shundan soʻng, Alloh yana tavbangizni qabul qilib sizlarni kechirdi. Albatta, U kechiruvchi – Tavvob va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Boʻlib oʻtgan hodisalarga qaramay yana: “Ey Muso, biz Allohni aynan koʻz bilan koʻrmagunimizcha senga aslo ishonmaymiz”, – deganingizni yodga olinglar. Bu gapni aytishingiz bilan koʻz oʻngingizda sizlarni halok qiluvchi yashin urgan edi.
Shuncha moʻʼjizalarga qaramay Musoga qarata: “Ey Muso, faqat bir xil taomga sabr qilib, toqat qilolmaymiz. Biz uchun Robbingga duo qilib soʻra, endi U bizga Yer undirib chiqaradigan narsalardan ham, yaʼni sabzavot, bodring, sarimsoq, mosh, piyoz kabilarni chiqarib bersin”, – deganlaringizni eslanglar. Shunda Muso qavmiga qarab: “Xayrli boʻlgan narsani past narsaga almashtirishni xohlaysizlarmi?! Unda, har qanday bir shaharga tushing u yerda shundoq ham siz soʻragan narsalaringiz bor!” – degan edi. Bani Isrol avlodlarining bu qilmishlari uchun ularga xorlik va zorlik tamg‘asi urildi hamda Allohning g‘azabiga duchor boʻldilar. Bunga esa, Allohning oyatlarini inkor qilganlari va payg‘ambarlarni nohaq oʻldirganlari sabab boʻldi. Yana bir sababi esa, ularning isyon qilganlari va haddan oshganlari edi.
Ey iymon keltirganlar, “roino” emas, “unzurno”, – deb aytinglar. Hamda sizga aytilayotganlarga quloq solinglar. Kofirlar uchun esa alamli azob bordir.
Ey bani Isroil avlodlari, bir paytlar sizlarga bergan neʼmatlarimni va sizlarni olamdagi ummatlar uzra afzal qilib qoʻyganimni yodga olinglar.
Ibrohim payg‘ambar oʻg‘illariga, undan keyin kelgan Yaʼqub payg‘ambar ham farzandlariga bu dinni vasiyat qilib: “Ey oʻg‘illarim, shubhasiz, Alloh sizlar uchun bu dinni tanladi. Shunday ekan, sizlar dunyodan, faqat musulmon boʻlgan holda oʻtinglar!” – degan edi.
Ey moʻminlar, musibatlarga sabr qilish va namoz oʻqish bilan Mendan yordam istanglar. Shubhasiz, Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir.
Ey odamlar, Yer yuzidagi narsalardan halol va pokiza boʻlganlarini yenglar, shaytonning izidan ergashmanglar. Shubhasiz, u sizlarga ochiq-oydin dushmandir.
Ey iymon keltirganlar, Biz sizlar uchun rizq qilib bergan neʼmatlarimizdan halol va pokizalarini tanlab yenglar. Agarda yolg‘iz Ungagina qullik qiluvchi boʻlsangizlar, unda Allohga shukr qilinglar.
Ey moʻminlar, sizlarga nohaq va qasddan oʻldirilgan kishilar xususida ozod kishi muqobiliga ozod kishidan, qul uchun quldan, ayol kishi uchun ayoldan qasos olish farz qilindi. Bordi-yu oʻldirilganning tug‘ishgan birodari tomonidan tovon toʻlash evaziga rozi boʻlinib u afv qilinsa, unda maʼqul tomonga ergashish va unga xunini chiroylik tarzda toʻlab berishi kerak. Bu hukm Robbingiz tomonidan sizlarga yengillik va rahmatdir. Agar kimda-kim shunday yengillik va rahmatdan keyin ham haddidan oshadigan boʻlsa, unga alamli azob bordir.
Ey aql egalari, sizlar uchun qasos olish hukmida hayotni saqlab qolish bordir. Shoyad, bu hukm sababli qotillik qilishdan qoʻrqsangizlar.
Ey iymon keltirganlar, sizlardan avvalgi ummatlarga farz qilinganidek, sizlarga ham roʻza tutish farz qilindi. Shoyad, bu roʻza sababidan Allohdan qoʻrqib, taqvo qilsangizlar.
Haj maʼlum oylarda ado etiladi. Kim u oylarda hajni niyat qilib uni oʻziga farz qilsa, haj ibodatida ayoliga yaqinlik qilish, fisq-fujur ishlar va janjal-toʻpolon qilishi mumkin emas. Yaxshilik turidan nimaiki qilsangiz, Alloh uni biladi. Ey moʻminlar, oxirat hayoti uchun ozuqa g‘amlanglar. Shubhasiz, ozuqaning eng yaxshisi – bu taqvodir. Ey aql egalari, faqatgina Mendan qoʻrqinglar.
Ey iymon keltirganlar, hammangiz birdan tinchlik va omonlik dini boʻlgan Islomga kiringlar va shaytonning izidan ergashmanglar. Shubhasiz, u sizlarga ochiq-oydin dushmandir.
Ey iymon keltirganlar, oldi-sotdi, doʻst-birodarlik va shafoat qilib boʻlmaydigan kun kelmasidan burun sizlarga rizq qilib bergan narsalarimizdan xayru ehson qilinglar. Kofirlar esa, ular zolimlardir.