Yahudiylar: “Qalblarimiz Islom uchun toʻsib qoʻyilgan”, – deydilar. Yoʻq, unday emas, aksincha, Alloh ularning kufrlari sababli laʼnatlagandir. Ulardan, faqat ozchilik iymon keltiradi.
Siz qidirgan بَلْ masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 127 ta oyat mavjud.
aksincha, allaqachon, aksincha (ogohlantiramiz), yo'q aksincha, yo'q, (yo'q) aksincha, Yo'q, faqat, yo'q, lekin, aslida, hatto
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Yahudiylar: “Qalblarimiz Islom uchun toʻsib qoʻyilgan”, – deydilar. Yoʻq, unday emas, aksincha, Alloh ularning kufrlari sababli laʼnatlagandir. Ulardan, faqat ozchilik iymon keltiradi.
Yahudiylar qachon biror bir ahdlashuv ustida kelishsalar, ulardan bir guruh chiqib u ahdni buzmadimi? Haqiqat shuki, ularning koʻpchiligi iymonga kelmaydilar.
Yahudiylar va nasroniylar: “Allohning oʻg‘li bor”, – dedilar. Subhanalloh, Alloh bunday sifatdan pokdir. Aksincha, koʻklardagi va Yer yuzidagi hamma narsa Uning mulkidir. Barcha maxluqotlar Unga qullik qilib, boʻyin eguvchidir.
Ular sizga: “Yahudiy yoki nasroniy dinida boʻlinglar, shunda hidoyat topasizlar”, – deydilar. Ey Rasulim, ularga: “Yoʻq, aksincha, biz hanif, haq yoʻldan toymagan Ibrohimning diniga ergashamiz va u mushriklardan emas edi”, – deb ayting.
Alloh yoʻlida oʻldirilgan shahidlarni “oʻlikdirlar”, – deb aytmanglar. Aksincha, ular tirikdirlar, lekin sizlar ularni tirik ekanligini sezmaysizlar.
Agarda u mushriklarga: “Alloh tushirgan hukmlarga ergashinglar”, – deyilsa, ular: “Yoʻq, bizlar ota-bobolarimizni nimaga ibodat qilganlarini koʻrgan boʻlsak, oʻsha yoʻlga ergashamiz”, – deb aytishadi. Bordi-yu ota-bobolari hech narsaga aqllari yetmagan va toʻg‘ri yoʻlni topmagan boʻlsalar hammi?!
Yoki yana boshqa bir kishi haqidagi xabarni bilmaysizmi? U kimsa tomlari bosib vayronaga aylangan va huvillab qolgan bir qishloqdan oʻtib ketayotganda oʻziga oʻzi: “Alloh xarobaga aylanib oʻlgandan keyin bu qishloq aholisini qanday qilib qayta tiriltirarkin-a?!” – dedi. Shunda Alloh uni oʻldirib, yuz yil muddatga shu holda tashlab qoʻydi. Yuz yildan keyin uni qayta tiriltirib: “Necha yil shu oʻlik holda yotding?” – dedi. U esa: “Bir kun yoki yarim kun”, – deb javob berdi. Alloh unga: “Yoʻq, sen yuz yil oʻlik holda yotding. Ana taoming va ichimligingga qaragin, buzilib oʻzgarmagan. Endi eshagingga qara, chirib yotibdi. Bunday hodisani koʻrsatishdan maqsad seni insonlarga ibrat qilib koʻrsatishdir. Bu suyaklarni qanday qilib tiklab, keyin ularga goʻsht qoplab, kiydirishimizni koʻrgin”, – dedi. Unga Allohdan boʻlgan moʻʼjiza ochiq-oydin maʼlum boʻlgach: “Albatta, Alloh hamma narsaga kuchi yetadigan Zot ekanini bilaman”, – dedi.
Holbuki, sizning doʻstingiz Allohdir va U eng yaxshi yordam beruvchidir.
Alloh yoʻlida oʻldirilganlarni hargiz oʻlikdirlar deb hisoblamang. Balki ular tirikdirlar va Robbilari huzurida rizqlantirilmoqdalar.
Alloh Oʻz fazlidan bergan narsalarni ehson qilmay ziqnalik qiladigan kimsalar buni oʻzlariga yaxshilik deb oʻylamasinlar. Aksincha, bu ular uchun yomonlikdir. Ziqnalik qilib bermagan narsalari qiyomat kunida boʻyinlariga oʻraladi. Osmonlaru Yerning merosi Allohga oiddir. Alloh barcha qilayotgan ishlaringizdan xabardor Zotdir.
Oʻzlarini goʻyoki oqlab pok qilayotgan kimsalarni koʻrmaysizmi? Unday emas, balki Alloh Oʻzi xohlagan bandasini gunohlardan tozalab poklaydi. Hech kimga qilchalik ham zulm qilinmaydi.
Ahdlarini buzganlari, Allohning oyatlarini inkor qilganlari, anbiyolarni nohaqdan oʻldirganlari va “Daʼvatga quloq tutmaymiz, chunki qalblarimiz qulflangan”, – degan soʻzlari tufayli laʼnatga duchor boʻldilar. Yoʻq, unday emas, aslida Alloh kufrlari tufayli ularning qalblarini muhrlab qoʻygandir. Shunday ekan, ichlaridan, faqat ozchilik iymon keltiradi xolos.
Aksincha, Alloh uni Oʻz huzuriga koʻtarib oldi. Alloh izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Yahudiylar va nasroniylar: “Biz Allohning bolalari va suyukli bandalarimiz”, – deydilar. Ey Rasulim, ularga: “Unday boʻlsa, nega sizlarni gunohlaringiz tufayli azoblaydi?” – deb ayting. Yoʻq, aslo, sizlar ham U yaratgan bashariyat kabisizlar. Alloh istagan kishisini mag‘firat qiladi va istaganini azoblaydi. Osmonlaru Yer va ular orasidagi barcha borliqning hukmronligi, shubhasiz, Allohga oiddir. Oxir-oqibat qaytib boriladigan joy yolg‘iz Uning Oʻzigadir.
Yahudiylar: “Allohning qoʻli bog‘langandir”, – dedilar. Baxillik qilganlari tufayli oʻzlarining qoʻllari bog‘liq boʻlib qolar va bu aytgan soʻzlari sababli laʼnatlanadilar. Aksincha, Allohning ikki qoʻli ochiqdir. Oʻzi qanday istasa shunday beraveradi. Robbingizdan sizga nozil qilingan Qurʼon ulardan koʻpchiligining tug‘yon va kufrini yanada orttiradi. Ularning oralariga qiyomat kunigacha adovat va nafrat oʻtini solib qoʻyganmiz. Qachonki ular sizlarga qarshi urush olovini yoqsalar, Alloh uni darhol soʻndirib qoʻyadi. Yer yuzida buzg‘unchilik qilishga harakat qiladilar. Alloh fasod tarqatuvchilarni sevmaydi.
Yoʻq, unday emas! Ularning oldindan yashirib yurgan qilmishlari fosh boʻlib qoldi. Bordi-yu ular yana bu dunyoga qaytarilsalar ham, man qilingan ishlarga qaytgan boʻlar edilar. Ular, albatta, yolg‘on aytuvchilardir.
Yoʻq, Uning oʻzigagina iltijo qilgan boʻlardinglar. Alloh xohlasa, balodan qoʻrqib iltijo qilayotganingizni daf qiladi. Sizlar esa shirk keltirib yurganlaringizni unutib yuborasizlar.
Chunki sizlar ayollarni qoʻyib shahvat bilan erkaklarga kelmoqdasizlar. Yoʻq, sizlar haddan oshuvchi qavmdirsizlar.
Darhaqiqat, jin va insonlarning bir qanchasini jahannam uchun yaratganmiz. Ularda qalblar bor, lekin u qalblar bilan haqiqatni fahmlamaydilar. Ularda koʻzlar bor, lekin u koʻzlar bilan dalillarimizni koʻrmaydilar. Ularda quloqlar bor, lekin u quloqlar bilan daʼvatni eshitmaydilar. Ular xuddi hayvonlardek, balki ular adashishda hayvondan ham battaroqdirlar. Ana oʻshalar g‘aflatda qolgan kimsalardir.
Aksincha, ular Qurʼon ilmini egallamay va uning taʼvil va tafsiri ularga kelmay turib, uni yolg‘onga chiqardilar. Ulardan oldingi qavmlar ham payg‘ambarlarini xuddi shunday yolg‘onchiga chiqargan edilar. Ana, zolimlarning oqibati qanday boʻlganiga nazar soling.