Aksincha, Alloh ularning bu qilmishlari tufayli istehzo qiladi. Hamda bu dunyoda ularni haddan oshishlari va tug‘yonlarida tentirab yurishlariga bir muddat qoʻyib beradi.
Siz qidirgan بِهِمْ masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 41 ta oyat mavjud.
o'zlari bilan, ularning, o'zlariga, ularni, , ularga qarshi, bu bilan, o'zlarining, ulardan, ularga
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Aksincha, Alloh ularning bu qilmishlari tufayli istehzo qiladi. Hamda bu dunyoda ularni haddan oshishlari va tug‘yonlarida tentirab yurishlariga bir muddat qoʻyib beradi.
Orqasidan odamlarni ergashtirib yuruvchi kimsalar hisob-kitob kunidagi qattiq azobni koʻrgach oʻzlariga ergashgan kimsalardan tonadilar hamda ularni bu dunyoda birlashtirib turgan barcha sabab va aloqalar uziladi.
Ular Alloh Oʻz fazlidan bergan neʼmatlardan xushnuddirlar. Hamda hali ortlaridan yetib kelmagan hayotdagi birodarlariga oxiratda hech qanday xavfu xatar yoʻq va g‘am-tashvish ham chekmasliklari haqida xushxabar bermoqdalar.
Aksincha, ular Allohga, oxirat kuniga iymon keltirib, Alloh rizq qilib bergan narsalardan ehson qilganlarida ularga nima zarar boʻlardi?! Zero, Alloh ularning qilayotgan amallarini bilib turuvchi Zot edi.
Kufr keltirganlar hamda Rasulga osiy boʻlganlar qiyomat kunida gunohlari tufayli yer bilan bir boʻlib ketishni istab qoladilar. Hamda Allohdan hech bir soʻzni yashira olmaydilar.
Bir paytlar biz qudratimizni koʻrsatish uchun Tur tog‘ini joyidan sug‘urib, yahudiylar uzra xuddi soyabondek koʻtarib qoʻyganimizni yodga oling. Shunda ular goʻyo u tog‘ ustilariga tushib ketadi deb oʻylagan edilar. Keyin ularga: “Biz sizlarga keltirgan Tavrot hukmlarini mahkam ushlanglar va undagi oyatlarni yodda tutinglar. Shoyad, shunda Allohdan qoʻrqsangizlar”, – degan edik.
Bas, agar ularni jang maydonida uchratib qolsang, yoʻq qilish bilan ularni shunday tarqatib yuborki, ortlaridan ularga yordamga keluvchi kimsalar ham shoyad, hurkib eslatma olib qolsalar.
Darhaqiqat, Alloh payg‘ambarning hamda muhojirlar va ansorlarning tavbalarini qabul qildi. Ulardan bir guruhining qalblari toyib ketay deganidan keyin ham qiyinchilik soatida unga ergashdilar, keyin esa ularni kechirdi. Chunki U Zot ularga oʻta shafqatli va rahmlidir.
U sizlarni quruqlik va dengizda sayr qildiradigan Zotdir. Sizlar kemada boʻlgan chog‘ingizda va mayin shamollar bilan u yoʻlovchilarni olib ketardi. Hamda ular bu sayr bilan xursand boʻlib turganlarida birdan qattiq shamol esib, ularga har tarafdan toʻlqin urib kelib, oʻzlarini u toʻlqin bilan qurshovda qolganlarini sezib, Allohga dinni xolis qilgan hollarida: “Agar bizni mana shundan xalos qilsang, albatta, shukr qiluvchi bandalardan boʻlamiz”, – deya iltijo qiladilar.
U sizlarni quruqlik va dengizda sayr qildiradigan Zotdir. Sizlar kemada boʻlgan chog‘ingizda va mayin shamollar bilan u yoʻlovchilarni olib ketardi. Hamda ular bu sayr bilan xursand boʻlib turganlarida birdan qattiq shamol esib, ularga har tarafdan toʻlqin urib kelib, oʻzlarini u toʻlqin bilan qurshovda qolganlarini sezib, Allohga dinni xolis qilgan hollarida: “Agar bizni mana shundan xalos qilsang, albatta, shukr qiluvchi bandalardan boʻlamiz”, – deya iltijo qiladilar.
Agarda ulardan azoblashni maʼlum muddatgacha kechiktirib tursak, albatta, ular: “U azob kelishini nima toʻsib turibdi?” – deydilar. Ogoh boʻlsinlarki, u azob kelgan kunda ulardan qaytib ketuvchi boʻlmaydi va masxara qilib yurgan narsalari oʻzlarini oʻrab oladi.
U kema ularni tog‘lardek toʻlqinlar ichida olib borar ekan, Nuh bir chetda qolgan oʻg‘liga nido qilib: “Ey oʻg‘ilcham, biz bilan kemaga mingin. Kofirlar bilan birga boʻlmagin”, – dedi.
Vaqtiki, elchilarimiz Lutning oldiga kelganlarida, u bundan yomon ahvolga tushdi va ularning kelishidan qoʻl-oyog‘i boʻshashib, yuragi siqildi va: “Bu kun juda qiyin bir kundir”, – dedi.
Vaqtiki, elchilarimiz Lutning oldiga kelganlarida, u bundan yomon ahvolga tushdi va ularning kelishidan qoʻl-oyog‘i boʻshashib, yuragi siqildi va: “Bu kun juda qiyin bir kundir”, – dedi.
Yaʼqub ularga: “Aksincha, sizlarga nafsingiz yomon ishni chiroyli qilib koʻrsatibdi. Endi mening ishim chiroyli sabr qilmoqdir. Shoyad, Alloh ularning ikkovini jamlab yana bag‘rimga keltirsa. Albatta, U hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi – Hakim Zotdir”, – dedi.
Qolaversa, sizlardan oldin oʻzlariga zulm qilgan va shu sabab vayron boʻlgan qabilalarning yashagan joylaridan maskan tutdingiz. Sizlarga ularni nima qilganimiz ayon edi. Shuningdek, sizga saboq olishingiz uchun koʻplab misollar keltirdik.
Bas, qilgan yomonliklari ularning oʻzlariga yetdi va u bilan istehzo qilgan narsalari azob bilan oʻzlarini oʻrab oldi.
Makr ishlatib yomonliklarni qilganlar Alloh ularni yerga yuttirib yuborishidan yoki sezmagan tomonlaridan ularga azob kelib qolishidan qoʻrqmay xotirjam boʻldilarmi?!
Shunday qilib, ularga Allohning qayta tiriltirish haqidagi vaʼdasi haq ekanini va qiyomat soatining kelishi, shubhasiz ekanini bilishlari uchun g‘or egalari voqeasidan odamlarni xabardor qildik. Ular vafot etgan paytda odamlar oʻzaro ularning ishlari haqida tortisha boshladilar. Baʼzi kishilar: “Bas, ularning ustiga xotira uchun binolar quringlar. Robbilari ularni yaxshi biluvchidir”, – dedilar. Ishlari yuzasidan ularga ustun kelganlari esa: “Aksincha, biz, albatta, ularning ustiga bir masjid qurib olamiz”, – dedilar.
Ey Rasulim, ularga: “Bu Qurʼon Robbingiz tomonidan kelgan haqiqatdir. Bas, xohlagan kishi iymon keltirsin, xohlagan kimsa kofir boʻlsin”, – deb ayting. Albatta, Biz zolimlar uchun devorlari ularni oʻrab oladigan doʻzaxni tayyorlab qoʻyganmiz. Agar ular tashnalikka chidolmay suv deb yordam soʻrasalar, yuzlarni kuydiruvchi, eritilgan yog‘ga oʻxshash suv bilan yordam beriladilar. U naqadar yomon ichimlik va naqadar yomon boshpana.