Agarda u munofiqlarga: “Yer yuzida buzg‘unchilik qilmanglar!” – deb aytilsa, munofiqlar: “Bizlar, faqat odamlar orasini tuzatuvchi kimsalarmiz”, – deydilar.
Siz qidirgan أ ر ض masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 461 ta oyat mavjud.
yer yuzida, yerni, yer yuzi-, va yerning, yerning, va yerda, va yer, dunyo, yerda, va yerni
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Agarda u munofiqlarga: “Yer yuzida buzg‘unchilik qilmanglar!” – deb aytilsa, munofiqlar: “Bizlar, faqat odamlar orasini tuzatuvchi kimsalarmiz”, – deydilar.
U sizlarga hayot kechirishingiz uchun Yerni toʻshak, osmonni tom kabi bino qilgan hamda osmondan suv yog‘dirgan, keyin u suv tufayli sizlarga rizq boʻlsin deb turli mevalar undirib chiqargan Zotdir. Shunday ekan, bas, sizlar bilib turib boshqa soxta maʼbudlarni Allohga teng qilmanglar.
U fosiqlar shunday kimsalarki, Allohga bergan ahdini qatʼiy iqrordan keyin buzadilar, Alloh bog‘lanishiga buyurgan islomiy-axloqiy, qarindosh-urug‘chilik, doʻstlik kabi rishtalarni uzadilar va Yer yuzida fasod tarqatib yuradilar. Ana shunday kimsalar ziyon koʻruvchilardir.
U Yer yuzidagi barcha narsalarni siz insonlar uchun yaratgan, soʻngra samoga yuzlanib, ularni yetti qavat osmon qilib tiklagan Zotdir. U barcha narsani hikmatini bilib turuvchi Zotdir.
Ey Rasulim, Robbingiz farishtalarga qarata: “Men Yer yuzida Odamni xalifa qilmoqchiman”, – deganida, farishtalar: “U yerda buzg‘unchilik qiladigan, nohaq qon toʻkadigan kimsalarni xalifa qilib yaratasanmi? Shundoq ham biz Senga hamd va sanoing bilan tasbeh aytib va Seni muqaddas deb bilamizku”, – deb aytganlar. Shunda Alloh: “Albatta, Men sizlar bilmagan narsalarni bilaman”, – dedi.
Shundan keyin Alloh: “Ey Odam, qani, farishtalarga u narsalarning nomlarini birma-bir aytib ber-chi!” – dedi. Odam farishtalarga ularning ismlari haqida xabar bergach, Alloh farishtalarga qarata: “Albatta, Men osmonlaru Yerning barcha sir-asrorini bilaman hamda sizlar oshkora qilgan va ichingizda yashirgan narsalaringizni ham bilaman, demaganmidim?” – dedi.
Biroq shayton Odam va Havvo ikkovini vasvasa qilib, undan toydirdi hamda boʻlib turgan joylari jannatdan chiqardi. Shunda Biz: “Endi bir-biringizga dushman boʻlgan holda jannatdan pastga tushinglar. Yer yuzida siz uchun ajalingiz kelguncha maʼlum bir vaqtgacha qarorgoh, hayot va manfaat bordir”, – deb aytdik.
Ey bani Isroil avlodlari, Muso oʻz qavmi uchun suv talabida boʻlganida, “asong bilan toshga urgin”, – deganimizni esga olinglar. Oʻshanda undan oʻn ikkita buloq otilib chiqqan edi. Shundan soʻng oʻn ikki qabilaning har bir odamlari oʻzlarining suv ichadigan joylarini bilib oldilar. Alloh ato etgan rizqidan yeb-ichinglar va Yer yuzida fasod tarqatuvchilardan boʻlib, buzg‘unchilik qilmanglar.
Shuncha moʻʼjizalarga qaramay Musoga qarata: “Ey Muso, faqat bir xil taomga sabr qilib, toqat qilolmaymiz. Biz uchun Robbingga duo qilib soʻra, endi U bizga Yer undirib chiqaradigan narsalardan ham, yaʼni sabzavot, bodring, sarimsoq, mosh, piyoz kabilarni chiqarib bersin”, – deganlaringizni eslanglar. Shunda Muso qavmiga qarab: “Xayrli boʻlgan narsani past narsaga almashtirishni xohlaysizlarmi?! Unda, har qanday bir shaharga tushing u yerda shundoq ham siz soʻragan narsalaringiz bor!” – degan edi. Bani Isrol avlodlarining bu qilmishlari uchun ularga xorlik va zorlik tamg‘asi urildi hamda Allohning g‘azabiga duchor boʻldilar. Bunga esa, Allohning oyatlarini inkor qilganlari va payg‘ambarlarni nohaq oʻldirganlari sabab boʻldi. Yana bir sababi esa, ularning isyon qilganlari va haddan oshganlari edi.
Oxiri Muso oʻz qavmiga qarata: “U Zotning amr qilishicha sigir, yer haydash, suv tashib ekin sug‘orish uchun boʻyniga arqon tortilib egilmagan, benuqson va tanasida dog‘i boʻlmagan bir sigir boʻlsin”, – dedi. Shundan soʻnggina u yerdagi qavm nochor: “Ana endi barcha maʼlumotni toʻg‘risini keltirding”, – deb aytdilar. Bunday sifatga ega sigirni bazoʻr topib, uni soʻydilar. Oz qolsa, bu ishni qila olmas edilar.
Osmonlar va Yerning boshqaruvi, shubhasiz, Allohga oid ekanini bilmadingizmi?! Shuni bilib qoʻyinglar, sizlarga Allohdan oʻzga biror bir doʻst va bir yordamchi yoʻqdir.
Yahudiylar va nasroniylar: “Allohning oʻg‘li bor”, – dedilar. Subhanalloh, Alloh bunday sifatdan pokdir. Aksincha, koʻklardagi va Yer yuzidagi hamma narsa Uning mulkidir. Barcha maxluqotlar Unga qullik qilib, boʻyin eguvchidir.
U osmonlaru Yerni yoʻqdan bor qiluvchi Zotdir. Agar biror ishni qiladigan boʻlsa, unga, faqat “Boʻl!” desa bas, albatta, u boʻladi.
Shubhasiz, osmonlar va Yerning mukammal holda yaratilishida, kecha va kunduzning vaqti-vaqti bilan almashib turishida, odamlarga nafi tegadigan foydali narsalarini tashib ketayotgan dengizdagi kemalarning suzishida, Alloh osmondan tushirgan va u sababli oʻlik boʻlib yotgan quruq yerga hayot bergan hayotbaxsh suvda va Yerda har xil jonzotlarni tarqatib qoʻyishida, shamollarni yoʻnaltirishida, osmonu Yer oʻrtasidagi Yaratganning amriga itoatda shay turgan bulutlarda aql yurituvchi qavmlar uchun Allohning qudratiga doir aniq dalillar bordir.

Ey odamlar, Yer yuzidagi narsalardan halol va pokiza boʻlganlarini yenglar, shaytonning izidan ergashmanglar. Shubhasiz, u sizlarga ochiq-oydin dushmandir.
Sizning oldingizdan ayrilgach esa, Yer yuzida fisqu fasod tarqatish ishlari bilan shug‘ullanadi. Hamda ekin-tikin, nabotot olami, hayvonot va odamzot naslini halokatga uchratish payida boʻladi. Alloh esa fisqu fasodni sevmaydi.
Shunday qilib, Allohning izni bilan ularning qoʻshinlarini tor-mor qildilar, Dovud esa Jolutni oʻldirdi. Soʻngra Alloh Dovudga podshohlik va hikmat berdi hamda Oʻzi xohlagan ilmlardan taʼlim berdi. Agar Alloh odamlarning baʼzilarini baʼzilari bilan daf qilib turishi boʻlmasa edi, shubhasiz, Yer yuzi fitna-fasodga toʻlib ketardi. Lekin Alloh barcha olamlar ustida fazlu karam Egasidir.
Allohdan oʻzga hech qanday iloh yoʻqdir, faqatgina Uning Oʻzi bordir. U hamisha tirik boʻlgan – Hay va abadiy bor boʻlib turuvchi – Qayyum Zotdir. Uni mudroq ham, uyqu ham tutmaydi. Osmonlar va Yer yuzidagi barcha narsa Unga oiddir. Uning izni boʻlmay turib, huzurida kim ham boshqa birovni shafoat qila oladi?! U barcha bandalarning oʻtmishi va kelajagini biladi. U bandalar esa Uning ilmidan agar Oʻzi xohlamasa, hech bir narsani bilib, qamray olmaydilar. U Zotning kursisi osmonlaru Yerni qamrab olgandir. Osmon va Yerdagi barcha narsalarni muhofaza qilish, ularni boshqarish Unga og‘ir kelmaydi. Alloh qudrati keng – Aʼliy va barchadan ulug‘ boʻlgan – Azim Zotdir.