Kimki Allohning huzuriga bir yaxshi amal bilan kelsa, unga uning oʻn misli savob beriladi, kimki bir yomon amal bilan kelsa, unga faqat uning bir mislicha jazo beriladi va ularga nohaqlik qilinmaydi.
Siz qidirgan ج ي أ masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 278 ta oyat mavjud.
keltirding, sizga kelsa, ularga keldi, o'zlariga kelgach, sizga kelgan edi, ularga kelgan bo'lsa, senga kelgan, sizga kelganidan keyin, kelganidan keyin, o'zlariga kelganidan keyin
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Kimki Allohning huzuriga bir yaxshi amal bilan kelsa, unga uning oʻn misli savob beriladi, kimki bir yomon amal bilan kelsa, unga faqat uning bir mislicha jazo beriladi va ularga nohaqlik qilinmaydi.
Qanchadan-qancha shahar va qishloq aholisini halok qildik. Ularga azobimiz tun kechasi yoki kunduz kuni orom olayotganlarida birdan kelib qoldi.
Ularga azobimiz kelgan chog‘da iltijolari: “Albatta, biz oʻzimiz zolimlardan boʻlgan edik”, – deyishdan iborat boʻlgan.
Har bir ummat uchun belgilangan bir ajal bordir. Qachonki, ularning ajali kelsa, uni bir soat kechga ham oldinga ham sura olmaydilar.
Allohning shaʼniga yolg‘on toʻqigan yoki Uning oyatlarini yolg‘onga chiqargan odamdan ham zolimroq kimsa bormi? Ularga oʻzlari uchun yozib qoʻyilgan kitobdagi nasibalari yetib keladi. Oqibatda farishtalarimiz ularga kelib jonlarini olayotganda: “Allohni qoʻyib, iltijo qilayotgan narsalaringiz qaerda?” – deydilar. Ular: “Bizdan yoʻqolib qoldilar”, – deydilar. Shunday qilib, kofir boʻlganliklari toʻg‘risida oʻzlariga qarshi guvohlik beradilar.
Jannat ahllarining dillaridan gina-kuduratlarni olib tashlaymiz. Ularning taglaridan anhorlar oqib turadi. Ular: “Bizlarni bu neʼmatlarga boshlagan Allohga hamdlar boʻlsin. Agar Alloh bizni bularga boshlamaganida, biz yoʻlimizni topa olmas edik. Robbimizning elchilari haqiqatni keltirgan ekanlar. Mana bu sizlarga qilgan yaxshi amallaringiz uchun meros qilib berilgan jannat deb, nido qilinadi.
Haqiqatan, biz ularga, yaʼni Makka aholisiga ishongan qavmlar uchun yoʻl koʻrsatuvchi va rahmat qilib, unda aniq ilm bilan batafsil bayon qilgan Qurʼon kitobni keltirdik.
Ular Qurʼon taʼvilining haqiqatini kutib oʻtiribdilar. Taʼvili kelib maʼlum boʻlgan qiyomat kunida ilgari uni esga olmagan kimsalar: “Robbimizning elchilari haqiqatni keltirgan ekanlar. Qani endi, bizning shafoatchilarimiz boʻlib, bizlarni himoya qilsalar yoki koshki, yana dunyoga qaytarilganimizda qilgan ishlarimizdan boshqa ishlarni qilgan boʻlardik”, – deydilar. Ular chindan ham oʻzlariga ziyon qildilar va toʻqib olgan butlari ulardan g‘oyib boʻldi.
Sizlarni ogohlantirish, Allohdan qoʻrqish, rahm qilinishingiz uchun Robbingiz tarafidan kelgan eslatma oʻz orangizdan boʻlgan kishiga berilganidan hayron qoldingizmi?
Sizlarni ogohlantirish uchun Robbingiz tarafidan kelgan eslatma oʻz orangizdan boʻlgan kishiga berilganidan hayron qoldingizmi? Alloh sizlarni Nuh payg‘ambar qavmidan keyin Yer yuzida oʻrinbosar qilib qoʻyganini va yaratilish bobida sizlarning kuch-quvvatingizni ziyoda qilganini ham eslanglar. Shunday ekan, Allohning sizga bergan neʼmatlarini yodga olinglar shoyad, shunda najot topasizlar.
Ular payg‘ambarga qarata: “Bizga yolg‘iz Allohga ibodat qilishimiz va ota-bobolarimiz sig‘ingan narsalarni tark etishimiz uchun keldingmi? Agar rost aytuvchilardan boʻlsang, bizga vaʼda qilayotgan narsalaringni keltir”, – dedilar.
Keyin Samud oʻz qavmiga esa birodarlari Solihni payg‘ambar qilib yubordik. Solih payg‘ambar ularga: “Ey qavmim, yolg‘iz Allohga ibodat qilinglar. Sizlar uchun Undan oʻzga iloh yoʻqdir. Darhaqiqat, Robbingizdan sizlarga dalil keldi. Mana bu Allohning sizlarga moʻʼjiza qilib bergan tuyasidir. Uni Allohning yerida oʻtlab yeb yurishi uchun oʻz holiga tashlanglar. Unga yomonlik qilib tegmanglar, aks holda, sizlarni alamli azob tutadi”, – dedi.
Madyan oʻz qavmiga esa birodarlari Shuʼaybni payg‘ambar qilib yubordik. U oʻz qavmiga qarata: “Ey qavmim, Allohga qullik qilinglar. Sizlar uchun Undan oʻzga iloh yoʻqdir. Haqiqatan, sizlarga Robbingizdan aniq hujjat kelgandir. Shunday ekan, oʻlchov va tarozini toʻliq qilib oʻlchanglar, odamlarning ashyolarini urib qolmanglar. Payg‘ambarlar yuborilishi natijasida Yer yuzi isloh qilingach buzg‘unchilik qilmanglar. Agarda haqiqiy moʻmin boʻlsangizlar, mana shu sizlar uchun yaxshiroqdir”, – dedi.
Ey Muhammad, Biz sizga ana shu oʻlkalarning baʼzi xabarlarini sizga qissa qilib bermoqdamiz. Chindan ham payg‘ambarlari ularga ochiq-oydin dalillarni keltirgan edilar. Lekin ular dalillar kelmasdan oldin ham payg‘ambarlarni yolg‘onchiga chiqarganlari sababli moʻʼjizalar kelganidan keyin ham, iymon keltirmadilar. Ana shunday qilib, Alloh kofirlarning qalblariga tamg‘a bosib qoʻyadi.
Alloh haqida faqat toʻg‘ri soʻzdan boshqani aytmaslik zimmamdagi haq vazifadir. Soʻzlarimning isboti uchun, shubhasiz, sizlarga Robbingizdan ochiq-oydin dalilni keltirdim. Shunday ekan, oʻzingga qul qilib olgan bani Isroil avlodlarining yurtlari boʻlgan Shom diyoriga men bilan birga yuborgin.
Shunda firʼavn: “Agarda biror bir moʻʼjiza keltirgan boʻlsang, agar chindan ham rostgoʻylardan ekansan, uni bizlarga koʻrsat”, – dedi.
Shunday qilib, sehrgarlar firʼavnga yetib keldilar va unga: “Bordi-yu bizlar Musoga qarshi g‘alaba qiluvchilardan boʻlsak u holda bizga biror bir mukofot bormi?” – dedilar.
Muso ularga: “Avval sizlar otinglar”, – dedi. Ular qoʻllaridagi tayoqlarini yerga tashlagach, odamlarning koʻzlarini sehrlab ularni dahshatga tushirdilar. Shu tariqa ular katta sehr keltirib koʻrsatdilar.
Hamda ular: “Sen faqat Robbimizdan bizga kelgan aniq oyatlarga iymon keltirganimiz uchun bizlardan oʻch olmoqdasan. Ey Robbimiz, bizlarga sabru toqat yog‘dirgan va Senga taslim boʻlganlar qatorida jonimizni olgin”, – dedilar.
Musoning qavmi: “Sen bizning oramizga kelishingdan oldin ham kelganingdan keyin ham koʻp ozor chekdik”, – dedi. Shunda Muso: “Ajab emas, Robbingiz dushmaningizni halok qilsa. Shunda qanday ishlar qilishingizni koʻrish uchun sizlarni Yer yuzida ularning oʻrniga oʻrinbosar qilar.