قُلْ إِنِّي عَلَىٰ بَيِّنَةٍ مِنْ رَبِّي وَكَذَّبْتُمْ بِهِ ۚ مَا عِنْدِي مَا تَسْتَعْجِلُونَ بِهِ ۚ إِنِ الْحُكْمُ إِلَّا لِلَّهِ ۖ يَقُصُّ الْحَقَّ ۖ وَهُوَ خَيْرُ الْفَاصِلِينَ
Ey Rasulim, ularga qarata: “Men, albatta, Robbimdan kelgan aniq hujjatga egadirman. Sizlar esa uni yolg‘onga chiqardingiz. Sizlar tez boʻlishni xohlayotgan azobning hukmi menda emas. Hukm faqat Alloh uchun xosdir. U faqat haqiqatni bayon qilib beradi. U haq va botil orasini eng yaxshi ayiruvchidir.

